|
Reja: Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Windows operatsion tizimi Mobil operatsion tizimlar Operatsion
|
bet | 4/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #242629 |
Bog'liq \'Mobil OT
Shaxsiy kompyuterlar inqilobi bundan 30 yil avval aynan shu haftada boshlangan edi — Microsoft 1985- yil 20-noyabr kuni MS-DOS o‘rniga yangi tizim — Windows’ning birinchi versiyasini taqdim etgandi.
Windows 1.0 bugun biz foydalanayotgan Windows tizimlaridan keskin farq qilardi. Shunga qaramay, kompyuterlar uchun mo‘ljallangan jahondagi eng ommabop operatsion tizimning so‘nggi versiyasi — Windows 10’da ham 30 yil avvagi tizimda ko‘rsa bo‘ladigan skroll-barlar, drop-daun menyular, yorliqlar, muloqot oynalari va Notepad hamda MS Paint kabi dasturlar bor.
WINDOWS OPERATSION TIZIMI
Windows 1.0’da grafik interfeys joriy etilgan, unda sichqoncha bilan ishlash mumkin edi, shuningdek, bir qator muhim dasturlar bor edi.
Windows 2.0 (1987)
Word va Excel kabi ommabop dasturlar birinchi bo‘lib Windows 2.0’da paydo bo‘lgan.
Windows 3.0 (1990)
Windows 3.0’da interfeys sezilarli yaxshilangan, yangi Dastur va Fayl menejerlari paydo bo‘lgan. Tizimning 3.1 versiyasida davr o‘yini — “Sapyor” paydo bo‘lgan.
Windows NT 3.5 (1994)
Windows NT’ning ikkinchi chiqishi — Windows NT 3.5’da Microsoft xavfsizlikni ta’minlash va fayllar almashinuviga katta e’tibor qaratdi.
Windows 95 (1995)
Windows 95 — operatsion tizim tarixidagi eng muhim yangilanishlardan biri. Windows’da Start (“Pusk”) menyusi tatbiq etildi, xilma-xil dasturlar, jumladan, Internet Explorer paydo bo‘ldi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Windows operatsion tizimi Mobil operatsion tizimlar Operatsion
|