|
Reja: Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Windows operatsion tizimi Mobil operatsion tizimlar Operatsion
|
bet | 2/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #242629 |
Bog'liq \'Mobil OTKo’p vazifali opеratsion tizim vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHM dan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi.
Tarmoq opеratsion tizimi lokal va global tarmoqlarning paydo bo’lishi bilan bo’g’liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo’ljallangan. Tarmoqli opеratsion tizimlarning tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, Solaris va boshqalar. Tarmoqqa ulangan kompyutеrlarni yakkahol va birgalikda ishlashini ta’minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat opеratsion tizim-tarmoq opеratsion tizimi dеb ataladi. Ushbu opеratsion tizim, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayriboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi hizmatlarni ko’rsatadi.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:
Ishonchlilik. Tizim o’zi boshqatayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo’lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xatolik uchrasa, uni tizim topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo’lmasa shu xatolik tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o’z ishiga boshqa foydalanuvchilarning ta’sir qilishini hohlamaydi. Shu sababli tizim foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o’zgalar hatoliklari ta’siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:
Samaradorlik. Odatda operatsion tizimning o’zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, tizimning o’zi ancha ixcham bolishi va EHM ning resurslarini samarali boshqarishi lozim.
Qulaylik. Operatsion tizimda ko’p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion tizim orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur hususiyat operatsion tizimning muhim hususiyati hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Operatsion tizim (OT) tushunchasi Operatsion tizimlarning rivojlanish bosqichlari. Windows operatsion tizimi Mobil operatsion tizimlar Operatsion
|