• Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi
  • Birinchi davr (1945-1955 yillar)
  • Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi




    Download 2,88 Mb.
    bet3/8
    Sana18.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #242629
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    \'Mobil OT

    Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:


    1. Bashorat. Operatsion tizim foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma- ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak.

    2. Moslashuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi operatsion tizim samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

    Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi:


    1. Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida operatsion tizimga yangi texnik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.

    2. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.



    • Birinchi davr (1945-1955 yillar)


    • Ikkinchi davr (1955-1965 yillar)
    • Uchinchi davr (1965-1980 yillar)


    • To’rtinchi davr (1980dan h.v.)

    Birinchi davr (1945-1955 yillar) - dasturlash faqat mashina tilida amalga oshirilar edi. Operatsion tizim to‘g‘risida gap ham yo‘q edi, chunki hisoblash jarayoni tashkil qilish masalalari, har dasturchi tomonidan boshqaruv pulti orqali “qo‘lda” echilar edi. Pult oldida faqat bitta foydalanuvchi o‘tirish mumkin edi. Dastur mashina operatsion tizimiga eng yaxshi xolatda perfokarta kolodasidan kiritilar edi, odatda esa o‘tkazish paneli yordamida yuklanar edi. Hisoblash tizimi bir vaqtning o‘zida faqat bitta operatsiyani (kiritish-chiqarish yoki hisoblashlar) bajarar edi.


    Ikkinchi davr (1955-1965 yillar) - 50 yil o‘rtalariga kelib, hammaga ma’lumki yangi texnik baza-yarim o‘tkazgich elementlarni yuzaga kelishi bilan, hisoblash texnikasi rivojlanishida yangi davr boshlandi. Ikkinchi avlod kompyuterlari ishonchliroq bo‘lib qoldi, chunki ular amaliy muhim masalalarni bajarish darajasida uzluksiz ravishda uzoq ishlay oladigan imkoniyatga ega bo‘ldilar. Aynan shu davrda hisoblash texnikasi bilan ishlaydigan mutaxassislar- dasturchilar, operatorlar, ekspluatatsiyachilar va hisoblash mashinasini ishlab chiqaruvchilarga ajraldilar.


    Uchinchi davr (1965-1980 yillar) - bu vaqtda, texnik bazada quyidagi o‘zgarishlar yuz berdi: alohida yarim o‘tkazgich elementlardan (tranzistor tipidagi) integral mikrosxemalarga o‘tildi, bu esa yangi uchinchi avlodga, yangi imkoniyatlar yaratdi. Bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, integral mikrosxemalarda yaratilgan birinchi dasturiy-mutanosib mashinalardir, ya’ni IBM/360 mashinalari seriyasidir. 60- yillar boshida yaratilgan bu mashinalar oilasi ikkinchi avlod mashinalaridan baho/unumdorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha oldinga anchagina o‘tib ketdi. Tezda, dasturiy- mutanosib mashinalar g‘oyasini umum tan olindi.


    4-chi davr (1980dan – hozirgi vaqtgacha) - Operatsion tizimlar rivojlanishidagi keyingi davr katta integral sxemalarni (BIS) yuzaga kelishi bilan bog‘liq bog‘lgan davrdir. Bu yillarda integratsiya darajasi keskin o‘sishi va mikrosxemalar arzonlashishi yuz berdi. Kompyuterdan alohida foydalanuvchilar foydalanishi imkoni yuzaga keldi, va shaxsiy kompyuterlar davri boshlandi.


    Arxitektura jihatidan, shaxsiy kompyuterlar, minikompyuterlar tiplari sinflaridan xech narsasi bilan farq qilmas edilar, faqat ularning baholarida farq bo‘ldi. Agar minikompyuter korxona va universitet bo‘limiga shaxsiy hisoblash markaziga ega bo‘lishiga imkon bergan bo‘lsa, shaxsiy kompyuter esa bunday imkoniyatni alohida inson uchun yaratdi.

    Download 2,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajaradigan vazifalaridan qatiy nazar operatsion tizim quyidagi sifatlarga ega bo’ladi

    Download 2,88 Mb.