• Yuqori energiyali yadro fizikasi bo’yicha ishlar
  • Reja: O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi




    Download 48.5 Kb.
    bet2/2
    Sana07.02.2023
    Hajmi48.5 Kb.
    #41338
    1   2
    Bog'liq
    O\'zbekiston olimlarining fizika taraqqiyotiga qo\'shgan hissalari
    sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari
    Radioizotop asboblarini ishlab chiqarish ko’paytirildi, ular chet elga –Hindiston va Nigeriyadagi metallurgiya zavodlariga ham etkazilib berilla boshlandi.
    Institut hozirgi kunda O’zbekiston respublikasining Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti Dubna( Rossiya) dagi vakilidir. U tashqi iqtisodiy faoliyatda ham qatnasha boshladi. “Institut va unga qarashli “Tezlatgich” va “Radiopreparat” bo’limlari Olmoniyaning firmalaridan biri bilan radioaktiv izotoplar ishlab chiqarish bo’yicha “Tezinko” qo’ma korxonasini tuzdilar. Mazkur qo’shma korxonaning asosiy maxsuloti U-150-II stiklotronida tayyorlanadigan kobalt-57 radioizotopidir. Uning sifatining yuqoriligini halqaro ilmiy texnikaviy uyushma e’tirof etdi. Shu tariqa institutning yuqori darajadagi maxsulini ishlab chiqarish va keng miqyosda eksport qilish yo’lga qo’yildi. “Tezinko»ning maxsuloti AQSh, Angliya, Avstraliya, Belgiya, Janubiy Koreya, Kanada, Chexiya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning ko’pgina firmalarida qiziqish uyg`otdi.
    Yuqori energiyali yadro fizikasi bo’yicha ishlar – Mazkur sohaning asosiy vazifasi materiyaning mikroskopik strukturasini va elementar zarralar orasidagi ta’sirlashuvchi kuchlar tabiatini o’rganishdan iborat. Shunday tadqiqotlar 1948 yilda boshlandi. Shu yil O’zbekiston FA Fizika-texnika institutida Moskva fizika institutining Pomirdagi stanstiyasi bilan birgalikda ishlovchi kosmik nurlar laboratoriyasi tashkil etildi. Shu stanstiyada S. A. Azimov ishtirokida maxsus aylanma qurilmada tajriba o’tkazidi. unda kosmik nurlarning muvozanatda bo’lmagan yumshoq komponentasi aniqlandi. Keyinchalik bu elektron-foton komponenta yadro to’qnashishlarida hosil bo’lgan πo-mezonlarning ikkita fotonga parchalanishining oqibati ekani ma’lum bo’ldi.
    Elliginchi yillar o’rtalaridi Moskva Fizika instituti laboratoriyasining tadqiqot ishlarida faol qatnashgan R.B.Bekjonov “Olago’z” (Aragats) tog`ida (dengiz sathidan 3860 m balandlikda) mukammallashtirilgan magnit spektrometri yordamida yuqori energiyali pi-mezonlar va protonlarning turli moddalaridagi yadroviy noelastik o’zaro ta’sir kesimini o’lchadi.
    U magnit spektrometrining yorug`lik kuchini hisoblovchi formulani ilk bor taklif etdi. Va kata energiyali zarralarni moddalar bilan noelastik to’qnashish ko’ndalang kesimini aniqlashda optimal tajriba o’tkazish va statistik hatolarni hisoblash yo’lini ko’rsatdi.
    R.B.Bekjonov protonlar va pi-mezonlarning moddadagi noelastik yadroviy o’zaro ta’sirlashuvi to’g`risidagi ma’lumotlarni boshqa olimlarning turli moddalardagi ayni shunday natijalari bilan taqqoslash asosida moddaning atom nomeri kattalashishi bilan yadroning “shaffof”ligi kamaya borishini ko’rsatdi. Nuklonlar va pi-mezonlarning yuqori enegyadagi erkin nuklonlar bilan o’zaro ta’sir kuchlari bog`langan nuklonlar bilan o’zaro ta’sir kuchlariga o’xshash ekanligi haqidagi xulosa xam juda diqqatga sazovor edi.
    1950 yillar oxirigada S.A.Azimov Fizika texnika institutida keyinchalik, Yadro fizikasi institutida yuqori energiyali yadro fizikasi bo’yicha tadqiqot ishlarini tashkil etadi. U vaqtda yuqori energiyalarning asosiy manbai tog` tepasidagi kosmik nurlar edi.
    1960 yillarda S.A.Azimov, T.S.Yo’ldoshboev va Y.P.Kratenkolar boshchiligida Qumbel tog` devonida maxsus ilmiy stanstiya qurildi. Mazkur qurilmada zarralarning ko’plashib hosil bo’lishining umumiy harakteristikalari, masalan 200 dan to 2000 GeV gacha energiya oralig`ida o’rtacha ko’plashishning birlamchi protonlar va pionlar energiyasiga bog`liqligi o’rganildi. Olingan natijalar kuchli o’zaro ta’sirlarda adronlarning ko’planib hosil bo’lishining turli modellarini tekshirishda muhim rol o’ynadi.
    60- yillardan boshlab, dunyoda ikkinchi bo’lib, qiziq bir jarayon me’zonlarining difrakstiyadissostiastiyasi bo’yicha ilmiy ish S.A.Azimov, U.G`.G`ulomov tomonidan o’tkazildi. Birlamchi adron yadroda, qora sharda bo’lganidek, difrakstion sochilib, ikkilamchi adronlarning ingichka oqimiga aylanishi mumkin. Bu aylanish gogerent holatda o’tadi. Barionlarning gogerent difrakstion dissostiastiyasini topish maqsadida dispersion tahlil uslubi qo’llanildi va izlangan jarayon ilk bor kuzatildi.
    70 – yillarda hamkorlikda (kollaborastiya) olib boriladigan tadqiqotlar keng tarqaldi. Gamma-oilalarining rentgen-emulsiya kamerali uslubi yordamida S.A.Azimov, T.S.Yo’ldoshboev va E.Mullajonovlar tomonidan to’la energiyali 50 dan 500 TeV gacha bo’lgan azimutal anizotrop oilalar borligi isbot qilindi. Natijada kuchli o’zaro ta’sirlar nazariyasini tuzishda asos bo’lgan kvant xromadinamikasi doirasida qilingan nazariyotchilarning hisoblari bilan tasdiqlandi.
    70 - va 80 – yillarda O’z FA FTI va YaFI da fotoemulsiya (U.G`.G`ulomov, Q.G`.G`ulomov va b.) kamera (A.A.Yo’ldoshev, B.S.Yo’ldoshev va b.) uslublari bilan keng ko’lamda tadqiqot ishlari olib borildi.
    Adron-yadro va yadro-yadro tshqnashishlarini tadqiq etish ishlari Yadro tadqiqotlari birlashgan institutining ishtirokchi – mamlakatlari, AQSh universitetlari, Shvestiya universitetlari va h.k. lar bilan tuzilgan turli halqaro hamkorliklar doirasida o’tkaziladi va o’tkazilmoqda.
    O’zbekiston yadro fizikasi tarixining yuqorida keltirilgan qisqacha bayonidan ko’rinadiki, bu sohada tadqiqot ishlari Fanlar akademiyasi tizimida hamda, O’zbekistonning boshqa ilmgohlarida ham turli yo’nalishlarda olib borilmoqda. Bular bevosita atom yadrosi fizikasining muammosi bo’yicha fundamental tadqiqotlar va yadro fizikaviy effektlardan foydalanib, qilingan amaliy ishlar, radiastiya fizikasi va radiokimyolardir.
    Toshkent va Samarqand davlat universitetlari qoshidagi Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot institutining T.M.Mo’minov rahbarligidagi boshqa bir guruh olimlari yadroning uyg`ongan holatlarini turli uslublar bilan o’rgandilar. Mutaxassilarga yaxshi tanish bo’lgan bu ishlar asosan Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti, yadro muammolari laboratoriyasi (Dubna shahri, Rossiya) xodimlari bilan birgalikda bajariladi.
    Mamlakatimizda yuz bergan chuqur o’zgarishlar, tarixiy dalillar va voqealarni qayta tahlil etish, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi inqilobiy yangilanishlar xalq ta’limi faoliyatini qayta qurish zarurligini taqazo etadi. Shular asosida yadro fizikasi faninig yutuqlarini o’quvchilarga etkazish, zamonaviy fizika fani tushunchalarini kengroq va chuqur izohlash, bayon etish uchun pedagogika sohasida katta ishlar qilinmoqda. Bu sohada ayniqsa B.Mizahmedov, D.Shodiev, A.Sadriddinov, R.Burxanov, S.Ro’ziev, N.Hamroev,J.Toshxonova, Sh.Yoqubova va boshqalarning ishlari diqqatga sazovordir.
    Download 48.5 Kb.
    1   2




    Download 48.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: O’zbekistonda birinchi ta’lim markazi

    Download 48.5 Kb.