|
Reja: Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushuncha
|
bet | 4/7 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 238,5 Kb. | | #255108 |
Bog'liq Reja Pedagogik dasturiy vositalar haqida tushunchaA dobe Captivate— Microsoft Windows va dasturiy ta`minotni namoyish etish, video-darslarni yozish, dastur simulyasiyasini yaratish, o`quv taqdimotlarni yaratish va .swf formatda turli testlarni yaratish uchun qo`llanilishi mumkin bo`lgan Mac OS Xning 5 versiyalari uchun elektron ta`limda qo`llaniladigan elektron kurslarni yaratish va tahrirlash dasturi. Adobe Captivatedagi generasiyalangan .swf ni .aviga videoxosting saytlarga konvertasiya qilish imkoniyati mavjud. Dastur simulyasiyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o`ng sichqoncha tugmasini bosish va klavishalarni bosish mumkin. SHuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni, podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga konvertasiya qilish uchun qo`llash mumkin.
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar, yordamchi ma`lumotlar, skrinkastlar, o`yinlar va darslar yaratish va tahrirlash mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda taqdimotlarga effektlar, faol nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo`shib tahrirlashlari mumkin. Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo`lish vaqtlarini tahrirlashlari mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o`tish, shuningdek, tashqi murojaatlarga o`tishni ta`minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni, PowerPoint taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni qo`llab-quvvatlaydi. Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir. Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda yaratilgan taqdimotlar asosida o`quv materiallarni yaratish, monitordagi suratni olib, savolga berilgan javobga bog`liq ravishda o`tish imkoniyatli testlar yaratish.
CourseLab dasturi.
CourseLab — bu kuchli va shu bilan birga foydalanuvchiga oddiy bo`lganb internet tizimida, masofaviy ta`lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo`ljallangan interaktiv ta`lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo`ljallangan kuchli va ishlatish oson bo`lgan dasturiy vositadir.
|
| |