|
Reja: Reja: “Barkamol avlod yili” davlat dasturi
|
bet | 2/9 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 307,28 Kb. | | #152109 |
Bog'liq Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlariyosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish; - yosh avlodni jismonan barkamol etib tarbiyalash, bolalar sportini rivojlantirish sohasida, yoshlarni, ayniqsa, qishloq qizlarini sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, yangi sport majmualarini, stadionlar va inshootlarni qurish, ularni zamonaviy sport anjomlari va jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali ustoz va murabbiylar bilan mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni izchil kuchaytirish;
- iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishning muhim yo‘nalishi, aholi va o‘rta sinf mulkdorlari daromadlarini shakllantirish asosi bo‘lgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish, bu sohadagi mavjud muammolarni hal etish, yoshlar, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun sharoit yaratish;
- ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- yosh oilalarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar
- hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
| |