|
Reja: Reja: “Barkamol avlod yili” davlat dasturi
|
bet | 7/9 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 307,28 Kb. | | #152109 |
Bog'liq Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlariHarakat turli loyihalar orqali yoshlarning keng qatlamiga kirib bormoqda. Buni yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, “Kamolot” tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2010 yil davomida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 46 ming 607 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlandi. Shundan qariyb 3 ming nafari bevosita “Kamolot” ko‘magida ishga joylashdi. - Harakat turli loyihalar orqali yoshlarning keng qatlamiga kirib bormoqda. Buni yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, “Kamolot” tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2010 yil davomida o‘tkazilgan mehnat yarmarkalarida 46 ming 607 nafar yigit-qiz ish bilan ta’minlandi. Shundan qariyb 3 ming nafari bevosita “Kamolot” ko‘magida ishga joylashdi.
- Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda Harakatning tuman, shahar kengashlari qoshida tashkil etilgan 95 ta “Yoshlar ijtimoiy xizmatlari” markazi faoliyatini alohida qayd etish o‘rinli. Ushbu markazlarda 360 nafar turli soha mutaxassislari faoliyat yuritib, 329 to‘garakda 2010 yilning o‘zida 65 ming nafardan ziyod yigit-qiz kasbga yo‘naltirildi. Eng muhimi, bu markazlar bepul xizmat ko‘rsatishi bilan birga, ichki ishlar bo‘limlarida profilaktik hisobda turgan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini oldini olishga ham ko‘maklashmoqda.
- “Kamolot”ning “Ommaviy tahdidlar va yoshlar” mavzuidagi mamlakat miqyosida o‘tkazilgan loyihasi ham yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Yoshlarda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xuruj va tahdidlarga qarshi turish ko‘nikmalarini tarbiyalash, ularning asl maqsadini yoshlarga yetkazish borasidagi tadbirlarda minglab yigit- qizlar ishtirok etdi.
- “Talabalar festivali”, “Yozni “Kamolot” bilan o‘tkaz” an’anaviy anjumanlari, “Siz qonunni bilasizmi?” ko‘rik-tanlovi, “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” huquqiy targ‘ibot poyezdlari, “Kamolot” malikasi”, “Kamolot” kubogi”, “Kamolot” shaxmat taxtasi” kabi sport musobaqalarining ishtirokchilari doirasi yildan-yilga kengayib borayotgani mazkur loyihalarga yoshlarning qiziqishidan dalolatdir. Misol uchun, Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Talabalar festivali – 2010”da ikki mingdan ortiq yigit-qiz qatnashdi. Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, yetakchilar forumi, seminar, mahorat saboqlari, sport musobaqalari jami qirqdan ziyod tadbir va loyihalar amalga oshirildi.
Yoshlarni sport musobaqalariga keng jalb qilish va velosport turini ommaviylashtirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Kamolot-Tur” yoshlar velomarafonida 2007-2010 yillarda jami 100 mingdan ortiq yoshlar qatnashdi. “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqalari, “Biz – giyohvandlikka qarshimiz!”, “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” oyliklari yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik, sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirishga xizmat qilmoqda. Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dodlarni rag‘batlantirish maqsadida turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda qo‘shma qaror, dasturlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
|
| |