|
Reja: Reja: “Barkamol avlod yili” davlat dasturi
|
bet | 5/9 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 307,28 Kb. | | #152109 |
Bog'liq Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlariBularning barchasi zamirida yagona – dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam. Zamonaviy kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha jahonda o‘xshashi yo‘q, xalqaro hamjamiyatning haqli e’tirofiga sazovor bo‘layotgan maqsadli dasturlar asosida yurtimizning barcha joylarida, chekka-chekka qishloqlarda zamonaviy ta’lim muassasalari qad rostladi. Xususan, 2005-2010 yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi o‘rnatildi. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi samarasida o‘tgan yilning o‘zida 72 sport inshooti, 27 suzish havzasi, 46 musiqa va san’at maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi. - Bularning barchasi zamirida yagona – dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan avlodni tarbiyalash maqsadi mujassam. Zamonaviy kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash, shuningdek, maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha jahonda o‘xshashi yo‘q, xalqaro hamjamiyatning haqli e’tirofiga sazovor bo‘layotgan maqsadli dasturlar asosida yurtimizning barcha joylarida, chekka-chekka qishloqlarda zamonaviy ta’lim muassasalari qad rostladi. Xususan, 2005-2010 yillar davomida 7 ming 800 dan ortiq umumta’lim muassasasi, qariyb 1 ming 500 ta kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi hamda rekonstruksiya qilindi. Faqat 2010 yilda maktablar, kasb-hunar kollejlari va litseylarda 2 ming 300 tadan ziyod kompyuter texnikasi va multimedia uskunasi o‘rnatildi. Yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va bolalar sportini rivojlantirishga qaratilgan dasturning amalga oshirilishi samarasida o‘tgan yilning o‘zida 72 sport inshooti, 27 suzish havzasi, 46 musiqa va san’at maktablari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Mustaqilligimizning yigirma yilligi munosabati bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida “Kamolot” tomonidan joriy yil boshidan bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar, targ‘ibot-tashqivot ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 25 apreldan “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!” shiori ostida yoshlar festivallari o‘tkazilmoqda. Ushbu loyiha o‘nlab ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega tadbirlarni o‘z ichiga oladi va har bir viloyatda o‘tkaziladi. Taniqli san’atkorlar, sportchilar, xalqaro miqyosda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yigit-qizlarning yoshlar bilan uchrashuvlari o‘tkaziladi. Bunda 400 mingga yaqin yoshlarni qamrab olish ko‘zda tutilgan.
“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan ham yurtimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab maxsus loyiha tayyorlangan. Uning doirasida Orol muammosi bo‘yicha bolalar konferensiyasi, “Qadriyatlarimizni qadrlaymiz” tadbiri, tasviriy va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmasi, “BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlari – mening nigohimda” insholar tanlovi, Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya va “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida o‘quv-seminar, bolalar spartakiadasi, “Ekologiya va men” bolalar forumini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
|
| |