|
Reja: Reja: “Barkamol avlod yili” davlat dasturi
|
bet | 6/9 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 307,28 Kb. | | #152109 |
Bog'liq Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlari“Kamolot” tashabbusi bilan davlat mukofotlari sovrindorlari, sportchi va san’atkorlar, siyosatchi va iqtisodchilar va boshqa sohada ishlayotgan iste’dodli yoshlarning istiqlol haqidagi fikrlari asosida “Vatan mening faxrim” risolasini nashr etish istiqlolimizning 20 yillik to‘yiga munosib tuhfa bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. - “Kamolot” tashabbusi bilan davlat mukofotlari sovrindorlari, sportchi va san’atkorlar, siyosatchi va iqtisodchilar va boshqa sohada ishlayotgan iste’dodli yoshlarning istiqlol haqidagi fikrlari asosida “Vatan mening faxrim” risolasini nashr etish istiqlolimizning 20 yillik to‘yiga munosib tuhfa bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
- – Bugun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yurtimiz yoshlari hayotiga qanchalik darajada kirib bordi?
- – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifasi – yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Yoshlarga amaliy yordam berish, ularning hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlab olishida tayanch va suyanch bo‘lish, ezgu maqsadlar yo‘lida ularni birlashtirish, iqtidorli yosh yetakchilarni tarbiyalash, qo‘llab-quvvatlash, yigit-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, yosh oilalarga ijtimoiy ko‘mak berish Harakat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridandir.
Ayni paytda “Kamolot” o‘z saflarida besh millionga yaqin yoshlarni birlashtirgan. Ularning orasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalari, jahon va Olimpiada chempionlari, yosh tadbirkorlar, iste’dodi va qobiliyati bilan xalqaro musiqa festivallari, fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan yoshlarning ko‘pligi tashkilotimizning nufuzi tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugun “Kamolot” kirib bormagan soha yo‘q. Harakatning tashkiliy tuzilmasi bunda muhim o‘rin tutadi. Barcha o‘quv muassasalari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar ko‘plab korxonalar, xo‘jaliklar, davlat, jamoat va nodavlat tashkilot, muassasalarda 15 mingdan ziyod boshlang‘ich tashkilot yoshlarni o‘z safiga ixtiyoriy tarzda birlashtirgan. Harakat xalq ta’limi tizimida faoliyat olib boruvchi 9 ming 779, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi 1 ming 538 nafar, oliy ta’lim tizimida 72 nafar hamda korxona va tashkilotlarda 3 mingdan ziyod yetakchi orqali yoshlarimizning ko‘ngliga yo‘l topish, hamnafas bo‘lish, orzu umidlarini his etib, ularning haqiqiy yordamchisiga, maslakdoshiga aylanishga asosiy e’tiborni qaratmoqda.
Yoshlarni birlashtirishda yetakchilar muhim o‘rin tutadi. Shu bois yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bilimini, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, zamonaviy yosh rahbar kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, yoshlarga oid ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi olimlarga ko‘maklashish maqsadida Harakatning “Yetakchi” yoshlar o‘quv markazi tashkil etildi. Mazkur markaz tomonidan yetakchilar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va ularning yoshlarga ta’sir kuchini oshirishning zamonaviy mexanizmlarini yaratish bo‘yicha yangicha ish modellari qo‘llanilmoqda, turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
|
| |