|
Reja: Reja: “Barkamol avlod yili” davlat dasturi
|
bet | 3/9 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 307,28 Kb. | | #152109 |
Bog'liq Davlatimizning yosh avlodni tarbiyalsh va sog’lig’ini himoya qilish yo’lidagi olib borayotgan ishlari2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklansin. - 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 9 dekabrdagi 3329-farmoyishiga binoan tuzilgan Respublika komissiyasiga “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi bajarilishini tashkil etish va uning ijrosi monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklansin.
- 3. “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):
ikki hafta muddatda vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, jamoat tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har bir vazirlik, idora, mintaqa, shahar, tuman va aholi punkti bo‘yicha hududlar hamda tarmoqlarga oid “Barkamol avlod yili” dasturlari ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta’minlasin;
mazkur Dasturning bo‘limlari va bandlarini davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi respublika organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar darajasida to‘liq va o‘z vaqtida bajarish ishlarini muvofiqlashtirsin, Dasturga kiritilgan tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga har chorak yakuni bo‘yicha “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida tasdiqlangan tadbirlarning bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar)da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli hududlar hokimlari rahbarligida Dasturni amalga oshirish bo‘yicha tegishli komissiyalar tashkil etilishini ta’minlasin, ularning zimmasiga Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklasin.
5. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalari:
aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng tushuntirish;
Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida muntazam axborot berib borish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, jamoat va nohukumat tashkilotlarning Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shgan amaliy hissasini yoritishni ta’minlasin.
|
| |