Tektonik strukturalari
Tektonik harakatlar tufayli burmali va uzilmali strukturalar hosil bo‘ladi.
Burmali strukturalar va ularning elementlari. Burma deb tektonik va boshqa tashqi kuchlar ta’sirida cho‘kindi, vulkanogen va metamorfik jinslar qatlamlarining plastik deformatsiyasi tufayli to‘lqinsimon buklanishiga aytiladi.
Burmali strukturalar orasida ularning ikkita asosiy turi: antiklinal va sinklinal strukturalar ajratiladi. Antiklinal burma morfologik tomondan
qavariq struktura bo‘lib, uning yadrosida qari jinslar ochilib yotgan bo‘ladi, qanotlarini esa yosh jinslar tashkil etadi.Sinklinal burma anticlinal burmaning aksi bo‘lib, morfologik tomondan botiq struktura va uning muldasida yosh jinslar, qanotlarida esa qari jinslar rivojlangan bo‘ladi.
Antiklinal va sinklinal burmalar
Burmalar yer po‘stida har qanday holatda yotishi mumkin. Ular qanday holatda yotishidan qat’iy nazar ma’lum bir morfologik elementlardan iborat bo‘ladi. Tabiiy holda yer yuzasida yuvilishdan to‘la saqlangan burmalar kamdan-kam uchraydi. Antiklinal va sinklinal burmalar holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy shaklini tiklash mumkin. Burmali strukturalarning o‘lchami va tartibi har xil bo‘lib, ko‘p hollarda yirik birinchi tartibdagilari mayda burmalardan tuzilgan bo‘ladi. Burmalar yer yuzasida alohida-alohida yoki katta guruhlardan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda ular burmali o‘lkalarni tashkil qiladi. Har bir burma ma’lum elementlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Yerning tashqi qiyofasi va uning geofizik xususiyatlari
REJA:
1.Geografiyning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning rivojlanishi
2. Eng yangi davr geografiyasi
Hozirgi paytda ko`pgina geograf olimlar hududiy komplekslarga va alohida tarkibiy elementlarga bo`linadigan geografik qobiq barcha geografiya fanlarining umumiy ob`yekti, umumiy geografiyaning ob`yekti, deb hisoblaydilar. Ammo uzoq yillar davomida bu oddiy haqiqat tan olinmadi va shu sababli geografiya rivojlanishning yuqori darajasiga ko`tarila olmadi.Sayyoramizning turli regionlaridagi va umuman global ekologik vaziyat asosan atrof muhitda sodir bo`ladigan ijtimoiy va tabiiy hodisalarning aloqalarini tushunib yetmaslik tufayli tarkib topdi. Geografiya umumgeografik tadqiqotlar asosida inson faoliyatining tabiiy jarayonlarga aralashuvining oqibatlarini, shu jumladan va dastavval jamiyat uchun salbiy oqibatlarini ko`ra bilishi mumkin va lozim edi. Ammo geografiya undagi differesiatsiya uning integratsiyalashuvi bilan bir paytda va integratsiyalashuv darajasiga teng bo`lmaganligi sababli butun insoniyat uchun juda muhim bo`lgan va mohiyatiga ko`ra geografik sajiyadagi vazifalarni hal etishga tayyor emas edi. Shu sababli tabiatdan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan global, milliy, regional va mahalliy miqyoslardagi atrof muhit muammolari yechimi geograflarning talablar darajasidagi ishtirokisiz sodir bo`lmoqda. Garchi bu muammolar geografik sajiyaga ega bo`lsada boshqa fanlarning namoyondalari ustunlikka ega. Bu yerda geografiyaning sustkashligi ko`p jihatdan geograflarning ko`pchiligi tomonidan ob`yektning birligini va geografik qobiqningning xilma-xillik birligini tan olmaganliklari bilan bog`liq.
Geografik qobiq insonning faoliyati kechadigan tabiiy muhitni hosil qiladi. Tabiiy muhit va uning jamiyat bilan o`zaro aloqalari haqidagi ta`limot yaxlit, o`z-o`zidan rivojlanadigan, o`zgaruvchan (dinamik) muvozanatda bo`lgan tabiiy sistema – Yerning geografik qobig`i haqidagi kontseptsiyaga asoslanadi. Bu kontseptsiya tabiatda mavjud bo`lgan o`zaro aloqalar, ayrim komponentlarning butun geografik qobiqning rivojlanishidagi va bu komponentlarning jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati haqida tasavvur beradi. J. Krcho va E. Michietova (1989) geografik qobiqni o`zaro ta`sirda bo`lgan ikki subsistemadan – sotsial – iqtisodiy qobiq hamda tabiiy geografik qobiqdan tashkil topgan fazoviy uyushgan sistema deb hisoblaydilar.
Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va juz’iyatlarini hamda unda sodir bo`ladigan jarayonlarning energiya manbalarini bilish tabiiy muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo`lib hizmat qiladi.
Geografik qobiq – barcha komponentlari muvofiqlashgan, o`z-o`zini tashkil eta oladigan eng takomillashgan sistemadir. Bu sistemaning markaziy boshqaruv organini tirik modda tashkil etadi. Inson ho`jalik (antropogen) faoliyatning o`sishiga bog`liq holda “geografik qobiq” sistemasidagi yetakchilik roli insonga o`tdi. Biosfera qonunlarini e`tiborga olmaydigan hozirgi antropogen faoliyat geografik qobiqning eng faol sohasida, ya`ni atmosfera, litosfera va hidrosfera tutashuvlidagi aylanma harakatda bo`lgan kimyoviy elementlarning belgilangan o`lchamlaridan barcha cheklovlarni olib tashlaydi. Shu sababli bu soha (oblast) kimyoviy tuzilishining asosiy qonuni buziladi va bunday holat tarkib topgan energetika balanslarining o`zgarishlariga olib keladi va global sistemani boshqa darajaga o`tishiga oliib keladi.
Geografik qobiq – bu tabiat va jamiyatning murakkaab birligidir. Jamiyatning tabiiy muhitga ta`siri tobora kuchayib borayotgan sharoitlarda uni optimallashtirish va tabiatdan foydalanishning insonning o`zi yashaydigan muhit bilan o`zaro ta`siri strategiyasini ishlab chiqish asosida tabiatdan foydalanish tizimimning muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va tabiiy muhitning manfaatlari “to`qnashadigan” joyni geografik qobiq xosil qiladi. Muayyan tabiiy holatni imkoni boricha yuqori darajada hisobga olishga qaratilgan tabiatdan foydalanishni hududiylashtirish foydalanish ob`yektlarining tuzilishi, rivojlanishi mavjudligi to`g`risidagi bilimlarga tayanmog`I lozim. Foydalanishning bu ob`yektlarini geografik qobiqning alohida bo`laklari – landshaftlar xosil qiladi. Ular geografik qobiqning turli omillar tufayli tabaqalashuvining mahsulasidir. Insonning geografik qobiq sistemalarining mavjudligi jarayonlariga aralashuvi turli maqsadlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi va turli oqibqatlarga sabab bo`ladi.
Geografik qobiq tizimli, strukturaviy va iyerarhik tuzilmaga ega bo`lganligi sababli uning bu juz’iyatlari insonning tabiat bilan o`zaro ta`sirida e`tiborga olinmog`i lozim.
Tabiiy muhit amalda V.I. Vernadskiy tushunchasidagi biosferadir, ya`ni tirik organizmlar va ularning muhitidir. Ma`lumki, litosfera, hidrosfera, atmosfera (ozon qatlamigacha) va tirik organizmlar o`zaro modda va energiya almashuvi bilan chambarchas bog`langan va dinamik muvozanatdagi bir butun moddiy tizimni xosil qiladi. Bu – to`rt agregatli tizim.
Tabiiy muhit va uning jamiyat bilan o`zaro aloqasi to`g`risidagi ta`limot asosida bir butun, o`z-o`zidan rivojlanadigan, dinamik muvozanatda bo`lgan geografik qobiq to`g`risidagi kontsepsiya turadi. Bu kontsepsiya tabiatda mavjud bo`lgan o`zaro aloqalar, geografik qobiqning rivojlanishidagi ayrim komponentlarning roli va jamiyat rivojlanishi uchun resurslik ahamiyati haqida to`gri tasavvur beradi. Shuningdek, geografik qobiq – o`zining hayoti va ishlab chiqarish faoliyati orqali chambarchas bog`liq bo`lgan jamiyat uchun muhit hamdir.
Geografik qobiq rivojlanishining asosiy xossalari va juz’iyatlarini va unda kechadigan jarayonlarning energiya manbalarini bilish butun geografik qobiq va uni tashkil etuvchi regionlar, zonalar, landshaftlar va boshqa qismlarida atrof muhitni muhofaza qilishning ilmiy asosi bo`lib hizmat qiladi.
Geografik qobiq tarixidagi eng muhim va ulkan voqealar jumlasiga
Yer tabiatini teranroq anglab yetishda fanga “biosfera” tushunchasining kiritilishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu tushuncha tabiiy fanlarda, shu jumladan geografiyda ancha avvalroq ma`lum bo`lgan bo`lsada, V.I. Vernadskiy bu tushunchaning mazmunini juda chuqurlashtirdi va kengaytirdi. U biosferani sayyoramizning geologik taraqqiyotining mahsulasi va ayni paytda bu taraqqiyotining mahsuli sifatida qaradi. V.I. Vernadskiyning fikricha (1926) “Mohiyatiga ko`ra biosfera Yer po`stining Koinot nurlanishini Yerning elektr, kimyoviy, mehanik, issiqlik va boshqa haqiqiy energiyasiga aylantiruvchi transformarorlar bilan band bo`lgan oblasti sifatida qaralishi mumkin”. V.I. Vernadskiy biosferani tor va keng hajmda qaragan. Uning fikricha tor mazmunda biosfera - Yerning barcha jonli moddalarni qamrab oladigan yupqa tashqi qatlamidir; keng mazmunda esa biosfera – Yerning quyi atmosferani va litosferaning anaerob bakteriyalar mavjud bo`la olishi mumkin bo`lgan ko`p kilometrli eng yuza qatlamini o`z ichiga oladigan hayot qobig`idir.
V.I. Vernadskiy g`oyasining asosiy mazmuni jonli mavjudot faolligining sayyoraviy miqyosdagi uyushtiruvchi samarasini kashf etishda, Yer yuzasida doimiy ravishda harakatlanadigan va shu tufayli pirovard oqibatlariga ko`ra qudratliroq bo`lgan yaxlit olingan jonli organizmlardan boshqa kimyoviy kuch yo`q ekanligi to`g`risidagi empirik umumlashmani belgilashdadir.
V.I. Vernadskiyning nazariyasiga ko`ra biosferaning chegaralarini hayotning mavjudligini ta`minlaydigan omillar belgilaydi. V.I. Vernadskiy biosferaning yuqori chegarasini tirik organizmlarga halokatli ta`sir ko`rsatadigan ultrabunafsha radiatsiyaning katta qismini tutib qoladigan ozon qatlami bilan bog`laydi. Biosferaning quyi chegarasini esa u Yerning hayotning mavjudligini ta`minlaydigan harorati 1000 C bo`lgan qatlami, ya`ni Yer yuzasidan 3,0 – 3,5 km quyida o`tkazadi. Ammo burg`ulangan quduqlarda 4,5 km chuqurliklarga qadar anaerob bakteriyalarning mavjudligi aniqlangan. V.I. Vernadskiy tushunchasidagi biosferaning qalinligi quruqlikda 20 km dan ziyodroq. Hayotning asosiy qismi Yer yuzasida va uning yaqinida to`plangan. Biosferaning bu qismini V.I. Vernadskiy “hayot pardasi” deb atagan. Bir qator olimlarning fikricha biosferaga nafaqat tirik organizmlar tarqalgan sfera, balki litosfera, atmosfera va hidrosferaning organizmlarning hayotiy faoliyati tufayli tub o`zgarishlarga duchor bo`lgan va organizmlar mavjudligining izlariga ega bo`lgan moddalarni ham o`z ichiga oladi. Shu sababli geografik qobiq parametrlarini aniqlashda biologik jihatlarning muhin ahamiyatini e`tiborga olgan holda ayrim geograflar (I.M. Zabelin, K.K. Markov va b.) biosfera parametrlariga ko`ra geografik qobiqqa teng va mazmun – mohiyatiga ko`ra bu tushunchalarni sinonimlar, deb hisoblaydilar. I.M.Zabelinning ta`biricha (1978) biosfera – bu sayyoramizning to`rtta sferasidan iborat bo`lgan sistemani ifodalovchi geografik qobiqning sinonimidir.
Umuman olganda, fazoviy chegaralari juda yaquin yoiki o`xshash bo`lsada “geografik qobiq” tushunchasi “biosfera“ tushunchasiga nisbatan kengroq. Chunki biosfera geografk qobiqning strukturaviy qismlaridan birini tashkil etadi.Ammo, geografik qobiq va biosferani bir xil hajmda (teng hajmli qobiqlar sifatida) qarash atrof muhit muhit muammolari bilan shug`ullanayotgan barcha fanlarning vakillarini – geograflar, geologlar, biologlar, tuproqshunoslar va boshqa mutaxassislarning bu sohada hamjihatlik bilan tadqiqot o`tkazishlariga va bir – birlarini o`zaro tushunishlariga imkoniyat yaratadi.
GEOGRAFIYNING OB`YEKTI VA PREDMETI TO`G`RISIDAGI TASAVVURLARNING RIVOJLANISHI
Fanning rivojlanishini o`rganish ob`yektining izchillik bilan shakllanishi va almashinuvi sifatida tasavvur qilinishi mumkin. Har qanday ilmiy fanning tadrijiy rivojlanishi esa uning tadqiqot ob`yekti barcha komponentlarining sekin – asta o`zgarishi jarayonidan iborat. Fanning bilimlarning barcha tizimining tadrijiy rivojlanishiga va, shuningdek, bu ilmiy faoliyat tizimi funksiyalarining jamiyat tizimidagi o`zgarishlarga bog`liq. Fannig rivojlanish jarayonida uning tadqiqot ob`yekti to`g`risidagi tasavvurlar ham tadrijiy rivojlanadi, muayyan paytda dolzarb bo`lgan nazariy va amaliy muammolar, o`rganish ob`yektining nomini aniqlash masalasi va boshqa vazifalar birinchi darajali ahamiyatga ega bo`ladi.
Tabiatshunoslikning juz`iy fanlarining, shu jumladan tabiiy geografiyaning umumiy muammolari bo`yicha har qanday nazariy tadqiqot uchun shu fanning ob`yektini, uning fizikaviy hajmini va ob`yektni bosqa fanlarning tadqiqot sohalaridan ajratib turadigan chegaralarini belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Zero, tadqiqot ob`yektining bunday juz’iyatlarini belgilash shu fanning mustaqilligini ta`minlaydi.Shuningdek, tadqiqot ob`yektini aniq belgilashgina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teran ochib berish uchun shart-sharoit yaratadi.
Har bir fanning, shu jumladan geografiyaning ham umumiy muammolariga doir har qanday nazariy tadqiqot uchun bajarilishi shart bo`lgan vazifanning yechimi shu fanning ob`yekti, ob`yektning o`lchamlarini, chegaralarini va asosiy juz’iyatlarini imkon darajasida aniq belgilashdan iborat. Tadqiqot ob`yekti aniq belgilangandagina uning mohiyatini va rivojlanish qonuniyatlarini teranroq va chuqurroq aniqlash va bilib olish imkoniyatlari bo`ladi. Geografiya va uning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo`lgan tabiiy geografiyaning ob`yekti va predmeti to`g`risidagi tasavvurlarning yuzaga kelishi va rivojlanishining tarixini qarab chiqish zarur bo`ladi.
Jahon gegrafik adabiyotlarida hozirgi paytda geografiya fanlarining tadqiqot ob`yekti va predmetlariga doir turli terminlarni uchratish mumkin. Bu terminlardan ba`zi birlari oldingi davrdan meros bo`lib qolgan bo`lsa, boshqalari yangi termin sifatida taklif qilinadi.
Hozirgi paytda jahon geografik adabiyotlarida geografiyaning, xususan tabiiy geografiyaning ob`yektiga taalluqli turli nomlarni uchratish mumkin. Bu nomlar orasida geografiyaning tadqiqot ob`yekti sifatida turli modifikatsiyalarda: a) Yer yuzasi, b) geografik qobig`i, c) landshaft va d) tabiiy (geografik) muhit ko`proq qo`llaniladi.
Yer yuzasi barcha davrlarda va hozirgi paytda geografiyaning, shu jumladan tabiiy geografiyaning ham tadqiqot ob`yekti bo`lgan. Yer yuzasi - insonning mavjudligi bog`liq bo`lgan va pirovardida uning barcha biologik, moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondiradigan atrof tabiiy muhitdir.Shu sababli Yer yuzasi yillar davomida geografiyaning o`rganish va tasvirlash ob`yekti bo`lib hizmat qildi, Yer yuzasini tasvirlash esa bu fanga nom berdi. Ta`kidlash joizki, “Yer yuzasi” tushunchasini sayyoramizning qattiq yuzasi, ya`ni rel`yefi sifatida tor ma`noda emas, balki insoniyatning hayoti va faoliyati kechadigan sfera sifatida – uch o`lchovli va hajmli ob`yekt sifatida tushunmoq lozim.
Geografiyaning ob`yekti sifatida Yer yuzasi muhim ahamiyat kasb etadigan o`ziga xos juz’iyatlarga ega. Umumumsayoraviy sistemaning bu qismi doirasida qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ya`ni litosfera, hidrosfera va atmosfera bir-biri bilan tutashib va elementlari orqali bir-biriga kirib turadi hamda organik olamning mavjud bo`lishi uchun sharoit yaratadi. Aynan Yer yuzasida tarkibiga jonli mavjudot sifatga inson ham kiradigan biosfera boshqa noorganik sferalar bilab tutashadi.
Yerning butun yuzasini F.Rihtgofen (va keyinchalik boshqa nemis geograflari) Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb ataydi va geografiya faoliyatinini (o`rganish predmetini) aynan quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi bilan bog`ladi.Shundan keyin olimlarning ko`pchiligi Yer yuzasini insonning uyi sifatida qaragan holda uni geografiyaning o`rganish ob’yekti deb hisoblasha boshlashdi.
Shved olimi Sten de Geer (1923) geografiyani Yer yuzasidagi hodisalarning hozirgi taqsimlanishi to`g`risidagi fan den hisoblagan holda Yer yuzasini litosfera, atmosfera, hidrosfera, biosfera va antroposfera bir-biriga tegib va kirib turadigan zona sifatida qaraydi.
D.N. Anuchin (1843 – 1923) ham geografiya Yer yuzasi tabiatini o‘rganishi lozim, deb hisoblar edi. Ammo, u F. Rixtgofendan farq qilgan holda bir butun va uning rivojlanishida qaragan. Uning fikricha, “geografiyaning ob’yektini Yer, yoki, aniqrog`i, uning aynan hozirgi paytdagi yuzasi ifodalaydi, ammo, Yer va undagi bacha narsalar yashayotganligi, ya,ni o`zgarish va qayta o`zgarishda bo`lganligi sababli …uning evolyutsiyasi uning rivojlanishining yo`nalishi to`g`isida, bu rivojlanishni yuzaga keltiradigan va taqoza etadigan jarayonlar va kuchlar to`g`isida tasavvurga ega bo`lish zarur” (Anuchin, 1954).Uning fikricha, geografiyaning ob’yektini barcha davrlarda Yer, uning olamning boshqa jismlariga, o‘z-o‘ziga, ayniqsa o‘zining yuzasiga bo‘lgan munosabati tashkil etgan. Chunki Yer yuzasi turli Koinot va tellurik kuchlar faoliyatining arenasi bo‘lib, bu kuchlarning o‘zaro ta’siri natijasida uning atmo-, hidro-, lito- va pedosfera, bio- va antroposferasi tarkib topgan.
D.N. Anuchinning shogirdi A.A.Kruber o‘zining “Umumiy Yer bilimi” kursida geografiyaning vazifasi hamma vaqt Yerning ko‘rinishini tasvirlash va uning hususiyatlarini talqin qilishdan iborat bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda, deb yozgan.Uning fikricha, geografiyaning bu vazifasi unda landshaftni o‘rganinshning ahamiyatini oshiradi. Ammo landshaftni o‘rganish uchun dastlab uning vujudga kelishida ishtirok etgan barcha kuchlarni o‘rganishni taqoza etadi. Shu sababli Yer yuzasida kechadigan kuchlar va hodisalarni o‘rganish geografiyaning vazifalaridan biri bo‘lib, bu vazifani muayyan darajada hal etmasdan asosiy vazifani bajarishga, Yerning hozirgi ko‘rinishini aniqlashga kirishib bo‘lmaydi. Sxolastik (lot. scholastikos maktabga oid < yun scholë maktab) fanga, ya’ni hayotdan va amaliyotdan ajralib qolgan fanga aylanib qolmasligi uchun Yerda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni o‘rganish geografiyaning bevosita mas’ulyatidir.
|