hamkorligi ekanligiga alohida e‘tibor qaratildi. Ma’lumki, ta’lim jarayoni ikki
yoqlama xarakterga ega bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning teng
munosabatlaridan tashkil topadi. Bu jarayonga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchi ta’lim
jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishi, ta’lim maqsadlarining to‘g‘ri amalga oshirilishi
va ta’lim natijalari uchun javobgar shaxs hisoblanadi. Ammo bu, ta’lim
jarayoni
o‘qituvchining to‘liq hukmronligi ostida amalga oshadigan jarayon, degan noto‘g‘ri
fikrning tug‘ilishiga asos bo‘la olmaydi. Hozirgi davr talabi ham kimnidir
bo‘ysundirish orqali emas, balki hamkorlik munosabati yordamida ijobiy natijaga
erishishdir. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatining shakllanishi fan asoslarini
o‘zlashtirishga oid mexanizmgina bo‘lib qolmasdan, balki shaxsning umumiy
ijtimoiy-madaniy qobiliyatlarini tarkib toptirishga ham
qaratilishini unutmaslik
lozim. Bizningcha, o‘quv vaziyati ta’lim jarayonini tashkil qiluvchi o‘zgaruvchan
tizim sanalib, u quyidagicha ikki qismdan iborat:
- o‘qituvchi bilan o‘quvchilar hamkorligi;
- o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan hamkorligi.
Har bir bolada qiziqish va qobiliyat bor. Bolalar tabiatan qiziquvchan va
o‘rganishga intiladi. Ularga o‘z g‘oyalarini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishlari
uchun kattalarning aqlli yo‘l-yo‘riqlari kerak bo‘ladi. Ijodkorlikni rivojlantirish
muammosi ko‘p qirrali va qiyin. Ijodkorlik deganda bilim, ko‘nikma,
malakalar
bilan cheklanib qolmay, balki ularni tez egallash, mustahkamlash va amaliyotda
qo‘llashni tushuntiruvchi narsa tushuniladi. Kreativ qobiliyatning ikki darajasi
mavjud: reproduktiv va ijodiy.
Birinchi bosqichda bo‘lgan bola, bilimlarni tezda o‘zlashtirish va muayyan
faoliyatni o‘zlashtirish, uni namuna bo‘yicha amalga oshirish qobiliyatini namoyon
qiladi.
Ikkinchi bosqichda bola mustaqil faoliyat yordamida yangi va o‘ziga xos
narsalarni yaratishga qodir. Kreativ va ijodiy rivojlanish har bir bola uchun mavjud.
Uni rivojlantirishda quyidagi shartlar mavjud:
-
maktabda va sinfda
avtoritarizmsiz erkin muhit;
-
o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ishonch va hurmat;
-
o‘quvchilar o‘rtasida bilim qiziqishlarining yuqori darajasi;
-
o‘qituvchining o‘yin texnikasi, turli mavzularni o‘rganishda sub’ektiv va ijodiy
muammolarni hal qilish;
-
har bir o’quvchining qiziqishlari, mayllariga, sog‘lig‘iga, qobiliyatiga e’tibor berish.
e) maktabda umumiy madaniyat muhiti.
O‘qituvchi o‘zi, shaxs sifatida ijodkorlikka,
doimiy izlanishga yot
bo‘lmasagina ko‘zlangan natijaga erisha oladi. Kreativ va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirish boshlang‘ich ta’limning eng muhim vazifasidir, chunki bu jarayon bola
shaxsi rivojlanishining barcha bosqichlarini qamrab oladi, tashabbuskorlik va
mustaqil qaror qabul qilish, o‘zini
erkin ifoda etish odatini, o‘ziga ishonchni
uyg‘otadi. O‘qituvchi natijaga erishish uchun ma’lum tartibda qo‘llaniladigan
pedagogik harakatlar va vositalar tizimini yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchiga uning
qobiliyatlarini o‘rganishga yordam berishi, uni o‘ziga jalb qilishi va qo‘llab-
quvvatlashi, unga o‘z ijodining natijasini, o‘sish istiqbollarini ko‘rsatishi, unga
o‘quv muammosini uni hal qiladigan mavzuga imkon
qadar yaqinlashtiradigan
vaziyatni modellashtirish imkoniyatini berishi kerak. Bu shaxslararo muloqot
qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradi, o‘rganishning ijodiy boshlanishiga
turtki beradi, o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini, o‘zini o‘zi hurmat qilishini
va o‘zini o‘zi qadrlashini shakllantiradi.