Baholash
mazkur kategoriya yuqorida ko‘rsatilgan barcha kategoriyal
bo‘yicha o‘quv natijalarga erishishni va aniq ifodalangan mezonlarga asoslanib
baholash mulohazalarini taqozo etadi. Ichki va tashqi mezonlar asosida baholaydi,
o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-
xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar
va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi.
Blum fikrlash jarayonini sistemalashtirgan holda bir necha bosqichli
savollar tizimini ishlab chiqqan.
MAVZU
1. Oddiy savollar
Kim? Nima? Qachon? Qayer? Qanday?
2. Aniqlashtiruvchi savollar
“Sizning aytishingizcha,…”, ”Agar sizni to‘g‘ri
tushungan bo‘lsam,…”, ”Balkim adashayotgandirman, ammo siz…dedingiz”.
3. Tushuntiruvchi savollar
“Nima uchun…bo‘ldi?”
4. Ijodiy savollar
“Agar…bo‘lsa nima qilar edi?”, “Siz nima deb o‘ylaysiz…bo‘lsa
nima bo‘ladi?”
5. Baholovchi savollar
“Nima uchun bu salbiy, bu ijobiy?”, ”Bu narsa bunisidan
nimasi bilan farq qiladi?”
6. Amaliy savollar
“Buni qanday qo‘llash mumkin?”, ”Bunday hollarda nima qilish
mumkin?”
Benjamin Blumning bilish va emotsional sohalardagi pedagogik
maqsadlarning taksonomiyasi o‘quvchini fanga qiziqtirish, bilish faoliyatini
jadallashtirish, intellektual salohiyatini aniqlash uchun eng maqbul yo‘ldir.
Savollar:
1. Kreativ fikrlash bizga nima uchun kerak?
2. 4K modeli
nima?
3. XXI asr o‘quvchilarida qanday ko‘nikmalar rivojlangan bo‘lishi kerak?
4. Blum taksanomiyasi tafakkur darajasiga ko‘ra necha turga bo‘linadi?
|