o‘quvchilarning xatti-harakatlarini tasniflash ekanligini ta’kidlaydi. Maqsadli xatti-
harakatlar o‘qitish jarayonida harakat, fikr yoki hissiyot sifatida namoyon bo‘ladi.
Shunday ekan, Blum taksonomiyasidan maqsad o‘quvchilarning
maqsadli xulq-
atvori bilan ularning ma’lum bir o‘qitish jarayonidan keyingi haqiqiy xatti-
harakatlari o‘rtasidagi farqni obyektiv ravishda ochib berishdan iborat. Shunday
qilib, o‘quvchilarning ishlash ko‘rsatkichlari kuzatiladi.
Amerikalik mashhur psixolog va pedagog Benjamin
Blum tomonidan asos
solingan savol va topshiriqlar tizimi - bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv
maqsadlari taksonomiyasi zamonaviy ta’lim olamida yetarli darajada keng
tarqalgan.
Taksonomiya –
borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va
sistemalashtirish nazariyasidir.
Blum taksonomiyasi
Bilish –
dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni, aniq
qoidalar,
tushunchalar, faktlar, mezonlar, yo‘nalishlar, kategoriyalar, tasniflar,
shuningdek, abstract bilimlar:
tamoyillar, aksiomalar, teoremalar, umumlashma
fikrlar, strukturalar
va shu kabilarni biladi, eslaydi, takrorlaydi, asar voqea-
hodisalarini bayon qila oladi.
Tushunish
darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar,
qoidalar, chizmalar, jadvallarni tushunadi, qayta tuza oladi, o‘zgartira oladi (so‘zdan
raqamga yoki obrazga), mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy
tafsiflay oladi.
Qo‘llash
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy
emas, noan’anaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni ma’lum
bir model,
formula, ko‘rsatma asosida to‘g‘ri qo‘llaydi.
Tahlil
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, mantiqiy
fikrlash asosida xatolarni
ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning
ahamiyatini baholaydi.
Umumlashtirish
darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror
tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, bir nechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.
Ayrim materiallar asosida butunning, yaxlitning obrazini, ko‘rinishini yaratadi. Bu
bosqich tegishli natijalardan yangi jadval tuzishga urg‘u
beruvchi ijodiy
xarakterdagi faoliyatni taqozo etadi. Masalan: insho yozish, faoliyat rejasini ishlab
chiqish.