|
mavzu. Oʻzbekistonda turizmni rivojlantrishni iqtisodiy samaradorligi
|
bet | 57/59 | Sana | 21.01.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #142301 |
Bog'liq TURIZM DARSLIK
Reja:
Oʻzbekiston turizm salohiyati
Turizimni rivojlantiruvchi omillar
Turizimni rivojlantirishga eʼtibor qaratilgan hududlar.
O’zbekiston o’zining ko’plab tarixiy-me’moriy yodgorliklari, turfa xil iqlimi va tez sur’atlarda rivojlanishi bilan butun dunyo diqqatini o’ziga tortmoqda.
Asrlar mobaynida O’zbekiston Buyuk ipak yo’lining savdo, savdogarlar va sayohatchilar, jo’g’rofiyashunoslar va missionerlar, isti’lochilar va zabt etuvchilarning yo’lida joylashgan edi. Ayni paytda esa, O’zbekiston tashabbuskor, madaniyat, tarix, an’ana va ekzotik
mamlakatlarga qiziquvchilar uchun maftunkor sayyohlik yo’nalishlaridan biriga aylanmoqda.
O’zbekiston ajdodlardan bugungi kungacha saqlanib qolgan me’moriy yodgorliklari bilan faxrlanadi. Xivadagi Ichan-Qala majmuasi, Buxorodagi tarixiy markazlar, Shahrisabz va Samarqand shaharlari UNESCO ning “Butun dunyo me’rosi” ning maxsus ro’yxatiga kiritilgan. Bu shaharlardagi takrorlanmas yodgorliklar va me’moriy inshoatlar o’tmish zamonlarni o’zida aks ettirib, mamlakat tarixida katta rol o’ynaydi .
O‘zbekistonning hududlarida turizmning zamonaviy infratuzilmasini yaratish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadlarda Dasturga ko‘ra, Andijon viloyatining Xonobod shaharchasida dam olish zonasi, Jizzax viloyatining Forish va Arnasoy tumanlari hududidagi «Aydar-Arnasoy» ko‘llari sohilida beshta yangi dam olish zonalari, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz va Qarshi shaharlarida to‘rt yulduzli mehmonxonalar qurish, Bo‘stonliq tumanining Chimyon tog‘ massivida mehmonxona majmuasi barpo etish, shuningdek, ichki turizm uchun Navoiy viloyatidagi «To‘dakul» ko‘lining janubiy sohillarida, xorijiy turistlar uchun «Aydarko‘l» ko‘li sohillarida plyajlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018–2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirishning birinchi galdagi chora-tadbirlari haqida»gi Qarori qabul qilindi.
UshbuQarorda yana bir qator vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, muqaddas ziyoratgohlarga ziyorat turizmini rivojlantirish, buning uchun charter reyslar tashkil etish, Buxoro va Samarqand shaharlarida tashkil
etilayotgan turistik zonalar singari Toshkent, Urganch va Farg‘ona shaharlarida ham bosqichma-bosqich turistik zonalar tashkil etish, shuningdek, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tog‘oldi dam olish zonalari klasterlari yaratish mo‘ljallangan.
Shaharlardagi turistik zonalar va tog‘oldi turistik klasterlariga xorijiy investitsiyalar, yetakchi mehmonxona brendlarini mehmonxona qurish imkonini taqdim etish yoki mavjud mexmonxona xo‘jaliklarini berish bilan jalb qilish nazarda tutilgan.
Turizm industriyasi jahon xo‘jaligining yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lib, milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli soha hisoblanadi. Turizm dunyo yalpi ichki mahsulotining taxminan 5%ini tashkil etadi, rivojlangan mamlakatlarda deyarli 10% aholi turizm sohasida band. COVID-19 pandemiyasi oqibatida turizm sohasi eng katta talafot ko‘rgan tarmoqlardan hisoblanadi. Jahon turizm tashkiloti (UNWTO)ning ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda xalqaro turizm 72%ga yoki turizm xizmatlaridan tushumlar 1,1 trillion dollarga kamayib, 1990 yil darajasiga tushib qoldi.Natijada 935 mlrd. dollar miqdorida eksport daromadlari yo‘qotildi.Ma’lumki, 2020 yil 16 martdan mamlakatimiz tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bular, gidlar, milliy hunarmandchilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlanish, transport va boshqalar bilan qo‘shib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy ta’sir qildi.O‘zbekistonda tarixiy yodgorliklar, ulug‘ ajdodlarimizning yuksak iste’dodi bilan bunyod etilgan obidalar, muqaddas qadamjolar kabi 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga
kiritilgan. Shu sababli, keyingi yillarda davlatimiz tomonidan mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo’yicha ko‘plab normativ huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6199 sonli Farmoni ga binoan Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi. Moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targ‘ib qilish davlat reyestri, elektron katalogi, davlat kadastrini yuritish, qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish kabilar agentlikning asosiy vazifalari sifatida belgilanganligi mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni yanada rivojlantirishga oid tizimli ilmiy-metodologik tadqiqotlar olib borish muhim. Shunday qilib, tarixiy-madaniy turizmning hozirgi holatini, uni rivojlantirish istiqbollarini va milliy iqtisodiyotga ta’sirini tahlil qilish dolzarbdir. Bunda eng avvalo “tarixiy-madaniy turizm” tushunchasining mazmunini aniqlash lozim.
Ta’kidlash kerakki, hozirgi pandemiya sharoitida turizm infratuzilmasini tashkil qiluvchi tarmoqlarni inqirozdan saqlab qolish borasida ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona tushuncha mavjud emas. Fikrimizcha bu borada hali olib borilishi kerak bo‘lgan tadqiqotlarning ko‘lami keng bo‘lib, turizm tarmoqlari rivojlanishini ta’minlashimizda xalqaro tajribalarni ham hisobga olishimiz lozim.Iqtisodiy adabiyotdlarda tarixiy-madaniy turizmga oid masalalar qator olimlar tomonidan o‘rganilgan va turlicha ta’riflar berilgan. Gollandiyalik tadqiqotchi Richard Greg tarixiy-madaniy turizmni “kishilarning o‘z madaniy
ehtiyojlarini qondirish uchun yangi ma’lumotlar va tajriba to‘plash maqsadida odatiy yashash joyidan uzoqda joylashgan madaniy, diqqatga sazovor joylarga borishi” deya ta’riflaydi. Rossiyalik mutaxassis Y.V. Kolotova tarixiy-madaniy turizmni “mamlakatning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan an’ana va urf-odatlari, uy xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘langan ijtimoiy-madaniy muhit salohiyati” deya ta’riflaydi.
I.T. Frolova esa tarixiy madaniy turizmga global miqyosda xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi omil va vosita sifatida qarab, rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va bir-birini to‘ldiruvchi uchta:
madaniyat va madaniy merosga oid bilimlarni boyitish,
madaniyatni muhofaza qilish va qayta tiklash,
madaniyatlar muloqoti kabi yo‘nalishlardan iborat deya hisoblaydi. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda madaniy turizmning asosiy gumanitar funksiyalari, sifatida quyidagilar qayd etiladi:
madaniy-ma’rifiy va ta’limiy;
madaniy muhofaza va saqlash;
aloqalar o‘rnatish va tinchlikparvarlik.
G.Karpov. L.Xorovalar esa tarixiy va madaniy turizmni “kishilarning yangi axborot,tajriba va taassurotlarga ega bo‘lish uchun madaniy diqqatga sazovor joylar, muzeylar va tarixiy joylar, san’at galereyalari, musiqa va drama teatrlari, konsert maydonchalari, ijrochilik san’ati, klassik qadriyatlar hamda tarixiy merosni aks ettiruvchi mahalliy aholining an’anaviy dam olish hududlari, innovatsion badiiy ijodiyot uylariga tashrif buyurishi” deb hisoblaydilar.Mamlakatimiz olimlari va tadqiqotchilari I.To‘xliyev, R.Amriddinova, Sh.Ro‘ziyev,O.XamidovN.
Ibadullayev F.Aziztoyeva, B. Mamatov va boshqalar boshqalarning ilmiy asarlarida turizm sohasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlariga doir ko‘plab masalalar yoritilgan lekin, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishga oid ayrim masalalar yetarlicha o‘rganilmaganligi bois ba’zi muammolar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini gosaqlab qolmoqda.
Xususan, N.To‘xliyev: “Turizm (frans. tour – sayr, sayohat) sayyohlik-sayohat (safar) qilish, faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy amaliy yoki boshqa maqsadlarga borilgan joyda (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan holda jo‘nab ketishi tushuniladi” deb hisoblaydi.
Tadqiqotchi Sh. Ro’ziyev tarixiy-madaniy turizmning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishda yaratiladigan konsepsiyalar, metodlar va turistik faoliyat subyektlarining o‘zaro integratsiyasini amalga oshiruvchi indikativ boshqaruv metodikasini yoritib bergan.Iqtisodchi olim O.H.Xamidovning e’tirof etishicha “Turizm murakkab, ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u ... boy va xilma-xil tabiat, madaniy-tarixiy obyektlardan tabiat muhofazasi va ekologik xavfsizlikni ta’minlash asosida tomosha qilish orqali samarali foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi.”
Tadqiqot metodlari
Tadqiqotda turizm iqtisodiyoti bo‘yicha mavjud nazariyalar o‘rganildi va mamlakatimizdagi uning rivojlanish jarayonlari tahlil qilindi. Tizimli tahlil qilishda 2019-2021-yillardagi statistik ma’lumotlar qo‘llanildi. Statistik manba sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
statistika qo‘mitasining ma’lumotlaridan keng foydalanildi. Tadqiqot mavzusi doirasida muammoni atroflicha tahlil qilish, ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida induksiya va deduksiya, statistik, tizimli va qiyosiy tahlil, PEST tahlil kabi usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
Tarixiy va madaniy turizm - bu faol turizmning eng keng tarqalgan turi. U ta’lim va axborot maqsadlariga yo‘naltirilgan barcha turizm turlarini o‘z ichiga oladi. Bunday turizm dasturlari insoniyatning turli xil tabiiy tarixiy va madaniy meroslariga qiziqishiga asoslangan.
Bunda turistik mahsulot madaniy tajribalar shaklida taklif etiladi. Etnik va etnografik turizmni o‘ziga xos tarixiy-madaniy turizm deb hisoblash mumkin, bu o‘z maqsadlariga (saqlab qolish, zarar yetkazmaslik) ko‘ra, ekologik turizmga yaqin turadi. Mamlakatlar va xalqlar madaniyati turistik qiziqishning asosiy elementlaridan biridir. Turistlarning turli shaharlarga, dunyoning chekka burchaklariga va ularda istiqomat qiladigan xalqlarga bo‘lgan qiziqishi sayohat qilishning eng kuchli rag‘batlantiruvchisidir. Shuning uchun turizm boshqa madaniyatlar bilan, boshqa xalqlarning tarixi va hayoti bilan, badiiy asarlar bilan tanishishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Boshqa mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishish insonning ma’naviy dunyosini boyitadi.
Tarixiy madaniy turizm boshqa dam olish turlariga qaraganda muhim afzalliklaridan biri – u butun yil davomida talabga ega bo‘lib, uning sezilarli farqi mavsumiy emasligidir.
Ushbu tur yilning istalgan vaqtida dolzarbdir, chunki sayyohlar muzeylarga tashrif buyurish, tarixiy obidalar va mamlakatning diqqatga sazovor joylarini ko'rish uchun ekskursiya qilishlari mumkin. Turistik jozibadorlikni shakllantirish uchun tarixiy-madaniy turizm quyidagi jihatlarni o'z ichiga olishi kerak (1-rasm).1-rasmda keltirilgan jihatlar
tarixiy-madaniy turizmning mohiyatini ochishi bilan birga, uning o‘ziga xos jihatlarini ham yoritib beradi. O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, xalqning boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob madaniy merosni asrab avaylashni kuchaytirish sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy–texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilg‘or tajribalarini samarali qo‘llash hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biridir.
Tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda hududlarda mavjud bo’lgan tarixiy hamda arxeologik obyektlarning o’rni muhimdir. Ularning tarixiyligi, hudud tarixida tutgan o’rni hamda saqlanganlik darajasi unga qiziquvchi turistlarning sonini oshishiga yordam beradi.Har qanday tashrif buyuradigan sayyoh uchun bir manzilgohda bir nechta obyektlarning mavjud bo’lishi, uning safar vaqtining davomiyligini uzaytirib beradi. Bu jarayon esa turistik xizmatlarni ko’proq export qilish imkoniyatini va yondosh tarmoqlarning ham rivojlanishiga turtki beradi. Bugungi kunda O'zbekistonda 2 mingdan ziyod tarixiy yodgorliklar mavjudligi tarixiymadaniy turizmni rivojlantirish salohiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi (2-rasm).
2-rasm ko‘rinib turganidek, respublikamiz katta turistik imkoniyatlarga ega. Mamlakatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun jahonda ham turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ma’lum hududda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirishda shu joyning tarixiymadaniy obyektlarи asosiy o’rinni egallaydi. Lekin ulardan alohida muhim ahamiyatga egalari xalqaro miqyosdagi obyektlar va yodgorliklar ro‘yxatiga kiritiladi. Bunday ro’yxatni YUNESKO har yili aniqlab boradi. Keyingi yillarda Oʻzbekiston hududidagi noyob madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, tarixiy shaharlarning bosh loyihasi va menejment rejasini YUNESKO xalqaro standartlari hamda talablariga muvofiq ishlab chiqishda mazkur tuzilmaning xalqaro ekspertlari ham keng jalb etilmoqda. YUNESKO bilan yaqin hamkorlikda moddiy va nomoddiy meros obektlarini asrashga doir turli xalqaro anjumanlar tashkil qilinmoqda. Mazkur chora-tadbirlar madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishni oqilona tashkil etish va
boshqarishni hamda shu sohadagi dolzarb muammolarni koʻrib chiqish, xalqaro tajribani oʻrganish, tarixiy-madaniy meros saqlanishini taʼminlashga doir milliy tizimni takomillashtirish, bu boradagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini aniqlash imkonini bermoqda. Iqtisodiy tadqiqotlarda ta’kidlanishicha tarixiy-madaniy turizmning moddiy merosini boshqarish uchun obyektlar soni, holati, shuningdek, asliga mos obyektlar ya’ni restavratsiya va tamirlash jarayonida o’zgartirilmagan asli saqlanib qolingan ulushi va obyektlarning har xilligini hisobga olish zarur. Obyektlar har xil hajmlarga ega bo‘lgani bois, ularni shu belgi bo‘yicha tasniflash zarur. Quyidagi toifalarni ajratish tavsiya qilinadi:
me’moriy majmualar;
alohida turgan me’morchilik obyektlari;
kichik me’moriy shakllar;
turmush, xo‘jalik va ijtimoiy hayot obyektlari.
turistik biznes korxonalari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish ko‘rsatkichlari.
Ushbu ko‘rsatkichlar turistik xizmatlar ko‘rsatishga jalb qilingan tashkilotlar o‘rtasidagi gorizontal aloqalarning rivojlanganlik darajasini tavsiflaydi.
Tarixiy turistik obyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni turizm barqaror rivojlanishining asosini belgilab beradi. Turizm tizimli o‘rganish obyekti sifatida ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik qismlardan tashkil topib, ko‘plab ichki va tashqi aloqalarga egadir. Ijtimoiy sohaning bir qismi
sifatida turizmning vazifasi inson hayotiy kuchini tiklash, ruhiy bosimni yengillashtirish, intellekti va jismoniy darajasini rivojlantirishdir.
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasida “bo‘sh vaqtda dam olish huquqi va haq to‘lanadigan ta’til huquqi, hamda bu vaqtdan ta’limiy va ko‘ngil ochish maqsadida foydalanish uchun sayohatga chiqish –ichki va xalqaro turizmning ne’matlaridir” deb ko‘rsatilgan. Iqtisodiy yondashuvda turizm o‘z ichiga tarixiy-madaniy, rekreatsion va boshqa tashkilotlarning kompleks xizmatlar va mahsulotlar ishlab chiqarish, maqsadli investitsiyalar kiritish faoliyatini qamrab oluvchi o‘ziga xos tarmoq sifatida belgilanadi. Iqtisodiy hodisa sifatida turizm mintaqa iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, bir vaqtning o‘zida unga bog‘liqligi nuqtai nazaridan jiddiy e’tiborga molikdir. Mamlaktimizda tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish salohiyatini yuqoriligini e’tiborga olgan holda, iqtisodiy adabiyotlar ma’lumotlar tahlili asosida turizmning iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini qayd etish mumkin:
ish o‘rinlarini ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini oshishi. Rivojlangan mamlakatlarda turizm sohasiga 3-5% ish o‘rinlari to‘g‘ri keladi;
turizm o‘z rivojlanishi jarayonida bilvosita boshqa tarmoqlarni ham rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi (qurilish, transport, yo‘l, oziq-ovqat savdo sanoati va boshqalar);
turizm industriyasi yuqori o‘sish sur’atlariga ega, pandemiya inqirozi oldingi davrda dunyo mamlaktlarida turizmdan tushadigan valyuta tushumlari har yili o‘rtacha 8-12 foizga o‘sgan;
turizmning “ko‘paytiruvchi samarasi”, ya’ni turizmga sarflangan mablag‘larning yuqori aylanuvchanlikka egaligi;
milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi”;
xorijiy sarmoyalar jalb etish va chet el valyutasida daromadni keltirishi;
chet ellarda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy imijini yaxshilaydi;
milliy parklar va qo‘riqxonalar vujudga kelishini va rivojlanishini rag’batlantiradi;
san’at asarlari va urf-odatlar saqlanishiga xizmat qiladi va boshqalar.
Shuningdek, tarixiy-madaniy turizm rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan ayrim salbiy omillarni ham keltirish lozim. Xususan, tarixiy
–madaniy obyektlarni saqlash, rekonstruksiya qilish katta investitsiyalarni talab qiladi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar kapital tanqisligidan kelib chiqib, ularni saqlab qolish uchun yetarlicha mablag‘ ajrata olmasligi mumkin. Shuningdek, sohani rivojlanishi bevosita davlat siyosatiga bog‘liqdir.Davlatning olib boriladigan oqilona siyosati tarixiy- madaniy turizm sohasini rivojlanishiga, xalqaro hamkorlikni kuchayishiga, sohada innovatsiyalar va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilishiga olib keladi va aksincha nooqilona siyosat turizm obyektlari va yodgorliklari qarovsiz qolishiga, talon taroj qilinishiga olib keladi.
Ko‘rinib turganidek, tarixiy-madaniy turizmni rivojlanishiga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimizda tarixiy-madaniy turizmni PEST tahlili3ni amalga oshirish ushbu sohani rivojlanishi holati haqida to‘liq tasavvurni shakllantirish imkonini beradi.
Siyosiy va huquqiy omillar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining (O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-6199 sonli Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora- tadbirlari to’g’risida”gi 939-son qarori.) Sohaga oid boshqa farmonlar Prezident va hukumat qarorlari (jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar berilishini yengillashtirilishi);
Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik ta’minlanganligi;
YUNESKO Xalqaro tashkilotining mamlakatimizdagi tarixiy arxeologik yodgorliklar va madaniy san’at asarlarini tiklash, saqlash va muhofaza qilish bo‘yicha aniq mexanizm va dasturlarning mavjudligi;
90 ta mamlakat sayyohlariga O‘zbekistonga vizasiz kirish rejimining o‘rnatilishi;
Mamlakatda barqaror tinchlik ta’minlanganligi hamda jinoyatchilik darajasining pastligi;
O‘zbekiston tashqi siyosating oshkoralikni ilgari surishga hamda mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilganligi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishining yangi mexanizmi joriy etilgani davlat boshqaruvida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik mexanizmlarining shakllantirilishi;
O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab “Xavfsiz turizm” konsepsiyasi va standartlarining joriy etilishi;
Pandemiya sharoitida chegaralarning yopilishi natijasida turistlarning erkin sayohat qilishning taqiqlanishi PEST – bu marketing dastagi bo‘lib, sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi muhitning Siyosiy (Political), iqtisodiy (Economic), ijtimoiy (Social) va texnologik (Technological) jihatlarini aniqlashga qaratilgan.
Iqtisodiy omillar:
Madaniy yodgorliklarni saqlash va restаvratsiya qilish uchun pul mablag‘larini ajratilishi hamda maxsus jamg‘armalar tashkil etilgani;
Mavjud xizmatlar narxlarining tartibga solinishi ва mo’tadillashtirilganligi;
Madaniy obyektlardan olinadigan soliqlarning kamaytirilgani;
Turistik mahsulotlar va xizmatlar turini ko‘paytirish (diversifikatsiyalash) choratadbirlarining amalga oshirilayotganligi;
Sohada raqobat muhitini yaratilishi;
Pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz;
Aholi daromadlari va turmush darajasining yuksalishi. Ijtimoiy omillar:
aholining qadriyatlar to’g’risida sobit tasavvurlari madaniy meroslarni asrab avaylashga bo‘lgan munosabati va diniy e’tiqodi;
aholida shakllangan urf-odat va qadriyatlar;
ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi;
malakali kadrlarni tayyorlash;
nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati;
ekskursovod va mutaхassislarning malakasini oshirish;
mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli va namunali xizmat ko’rsatish.
Texnologik omillar:
tarixiy me’moriy obidalarning internet va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali reklama qilinishi;
tarixiy madaniy-meroslarni o’rganish bo’yicha Veb-saytlarni yaratilishi va muntazam boyitib borilishi;
madaniy tarixiy obyektlar va muzeylarda Wifi internet zonalarining tashkil etilishi;
аrxeologik yodgorliklarni muhofaza etishning innovatsion tehnologiyalar qo’llanilishi;
mintaqada mavjud muzeylar faoliyatini yo’lga qo’yishda raqamli texnologiyalardan foydalanish;
barcha tarixiy va madaniy resurslar zahiralarining yagona bazasini yaratish;
virtual sayyohlik turlarning tashkil etilishi ва b.
Yuqorida keltirilgan PEST tahlildan xulosa qilish mumkinki, mamlakatda tarixiymadaniy turizmning ijtimoiy-iqtisodiy rolini oshirish uchun barcha ta’sir etuvchi omillarni hisobga olish, imkoniyatlardan samarali foydalanish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish zarur hisoblanadi.
Tarixiy-madaniy turizm obidalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini tadqiq etishda, ulardan samarali foydalanish oshirish
yo’llari, ularga ta’sir etuvchi omillar va ularni aniqlash, hamda turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlarini baholashда resurslarni guruhlarga ajratish hamda ularni saqlash, qayta tiklash faoliyatining
indikativ ko’rsatkichlarini aniqlash аниқлаш zarur.Sohaning iqtisodiy samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatdan o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi va tavsiyalar ishlab chiqildi:
muzeylar va madaniy meros obyektlariga sifatli va namunali xizmat ko’rsatishni takomillashtirish va bu orqali ularning obro’sini
mustahkamlash;
mamlakatning tarixiy merosini jahon turistik bozorida namoyish etishda xalqaro ko’rgazma, konferensiya, festival kabi madaniy
tadbirlarni tashkil etish;
arxeologik yodgorliklarning tarixiy madaniy turizm sohasidagi rolini sezilarli darajada oshirish orqali, ularni xorijiy va mahalliy turistlar
orasida brend darajasiga yetkazish;
arxeologik yodgorliklarni qisman (konservatsiya va restavratsiya) qilib muzey ko’rgazmasiga tayyorlash;
sayyohlar uchun xalq amaliy san’ati markazlarida mahorat darslarini tashkil etishni yo’lga qo’yish bilan milliy hunarmandchilik
an’analarini dunyoga tanitish;
xorijiy turistlarni tarixiy-madaniy obyektlarga tashrifini oshirishda. malakali mutaxassislar tomonidan ekskursiya xizmatlarini
sifatli tashkil etish;
tarixiy madaniy turizmga oid turistik axborot markazlari faoliyatini rag’batlantirishda ilmiy-ommabop ma’lumotlarni radio, teleko’rsatuv hamda internet tarmoqlaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yish.
Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilib, tarixiy-madaniy turizmni rivojlantirish nafaqat,madaniy sohani qo’llab-quvvatlashga ijtimoiy- iqtisodiy barqarorlikni oshirish imkoniyatini taqdim eta oladigan sohalardan biri sifatida qarash kerak bo’ladi.
|
| |