Rele o‘zgaruvchan tokda ishlaganida yakorning titrashi (vibratsiya).
O‘zgaruvchan tok relesi o‘zgaruvchan sinusoidal tok ir=Imsint bilan ta’minlanadi, bunda elektromagnit kuchning oniy qiymati
Agar ekanligini hisobga olsak,
.
Bundan kelib chiqadiki, Fet qiymati ikki tashkil qiluvchidan iborat: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan (ikkilangan chastota bilan o‘zgaruvchi). Natijalovchi elektromagnit kuch Fe pulssimon xarakterga ega, ya’ni bir davrda noldan maksimal qiymatgacha ikki marotaba o‘zgaradi (8.4 rasm).
8.4-rasm. Elektromagnit rele chulgamidan o‘zgaruvchan tok oqqanda yakorning tortish kuchi Fe ning o‘zgarishi.
Qisqa tutashgan chulg‘amdan F1 magnit oqimini induksiyalanishi natijasida tok oqadi. Tok oqimni hosil qiladi.
Qisqa tutashgan chulg‘am o‘rab olgan yuzaning tagidan natijalovchi oqim chiqadi.
Qisqa tutashgan chulg‘am bilan o‘ralmagan ko‘ndalang kesim yuzadan rele chulg‘amining F2 oqimi va qisqa tutashgan chulg‘am oqimining bir qismi yig‘indisi oqadi.
Har bir magnit oqimi Fe1 va Fe2 kuchlar hosil qiladi. Bu kuchlarning ham vaqt bo‘yicha o‘zgarish chiziqlari xuddi magnit oqiminikiga o‘xshash.
a) b)
8.5-rasm. Qisqa tutashgan chulgamli (b) elektromagnit relening chulgamidan o‘zgaruvchan tok oqqanda yakorni tortuvchi natijalovchi kuch Fe ning o‘zgarishi (a)
Buning natijasida bir oqim kamaygan paytda ikkinchi oqim orta boradi va elektromagnit kuchni nolga teng bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Titrashni yo‘qotish uchun natijalovchi kuch vaktning har bir momentida FP dan katta bo‘lishi kerak.
Fnat= Fe1+ Fe2
Eng yaxshi natijalar =900 va F1=F2 bo‘lganda erishiladi; bunda Fnat o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi.
Xuddi shunday natija relening chulg‘amlarini ikkita seksiya ko‘rinishida ishlaganda erishiladi: Bunda 1 va 2 seksiyalar magnit o‘zakning qutblarida joylashadi (8.6-rasm).
a) b)
8.6-rasm. Seksiyalangan magnit o‘zaklii elektromagnit relesining tuzilishi.
1- chulg‘am to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlovchi manbaga ulanadi, 2- chulg‘am esa S kondensator orqali ulanadi. Buning natijasida I1 va I2 toklar relening chiqishlaridagi UR kuchlanishga nisbatan har xil burilishlarga ega bo‘ladi. 8.6.,b-rasmdagi vektor diagrammada F1 oqim F2 oqimdan -burchakka burilganini ko‘ramiz. Bundan kelib chiqadiki, natijalovchi elektromagnit kuch Fnat= Fe1+ Fe2 xuddi 8.6-rasmdagiday xarakterga ega bo‘ladi.
Tok relelari.
Elektromagnit relening chulg‘amini liniya tokiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki tok transformatori orqali ulaganda uning elektromagnit momenti ga teng. Bu xil relelar tok relelari deyiladi, chunki ularning ishlashi liniya toki IL ga bog‘liq.
Tok transformatorlarida bo‘ladigan yukni kamaytirish uchun tok relelari iloji boricha kam quvvat iste’mol qilishlari kerak. Tok relelarining chulg‘amlari yuk tokining uzoq vaqt o‘tishiga, qisqa tutashuv tokining qisqa vaqt ichida o‘tishiga moslab hisoblangan bo‘lishi kerak.
Relening ishlash toki prujinaning tortish kuchini o‘zgartirish bilan tekis o‘zgartiriladi. Relening chulg‘ami 2 ta seksiyadan iborat, bu seksiyalarni parallel va ketma-ket ulash hisobiga ishlash tokining chegarasini 4 marotaba o‘zgartirish imkonini beradi. ET-520 va shu markali relelarga nisbatan RT-40 relelarda kontakt sistemasi yaxshilangan va teskari ta’sir qiluvchi moment oshirilgan. Buning natijasida rele qabul qiladigan quvvat ko‘p. Kichik ustavkalarda RT-40 relesining har xil sezgirliklarida qabul qilayotgan quvvat miqdori 0,2 dan 8 VA gacha o‘zgaradi.
|