• Elektromagnit relelar
  • Rele qurilmalarining umumiy asoslari




    Download 412,36 Kb.
    bet3/7
    Sana14.05.2024
    Hajmi412,36 Kb.
    #232703
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Rele qurilmalarining umumiy asoslari

    Elektromexanik relelar
    Elektromexanik relelar elektromagnit induksiya, elektrodinamik induksiya, dinamik va magnitoelektrik tizimlari asoslarda qurilishi mumkin. Sanoatimiz asosan, elektromagnit induksiya asosida ishlovchi va hamma talablarga javob beruvchi relelar ishlab chiqaradi.
    Elektromexanik relelarning tuzilishlarida asosiy o‘rinni chulg‘am va kontaktlar tutadi.
    Relening kontaktlari himoya qurilmalarida eng asosiy va javobgar elementidir. Ular tokning ishonchli uzilishi va qo‘shilishini ta’min etishlari kerak va shu bilan birga bir necha marotabalab harakatlanishga chidamli bo‘lishlari zarur.
    Elektromagnit relelar
    a) Ishlash prinsipi. 5.1-rasmda elektromagnit relelarning asosiy uch xil turdagi tuzilishlari berilgan.
    Har bir relening tuzilishi o‘z ichiga elektromagnit 1 (o‘zak va chulg‘amdan iborat), ferromagnit materialdan yasalgan harakatlanuvchi yakor 2, yo‘naltirilgan harakatlanuvchi kontakt 3, harakatlanmaydigan kontakt 4, va teskari ta’sir etuvchi prujina 5 ni oladi.

    8
    .2-rasm. Elektromagnitning relelarining konstruktiv turlari.


    1-tortiluvchi yakorli;
    2-buriluvchi yakorli;
    3-ko‘ndalang xarakat qiluvchi yakorli.

    Elektromagnit chulg‘amidan oqayotgan tok Ir magnitlovchi kuch (m.k) IrWr hosil qiladi. U kuch ta’siridan elektromagnit o‘zakdan, havo oralig‘i va yakor orqali oquvchi magnit oqim hosil bo‘ladi. Bunda yakor magnitlanadi va elektromagnitning qutbiga tortiladi. Oxirgi holatigacha harakatlangan yakor bilan bog‘langan qo‘zg‘aluvchi kontakt 3 qo‘zg‘almas kontakt 4 ga ulanadi. Yakorning boshlang‘ich holati tayanch 6 bilan chegaralanadi.


    b) Relening ishlash toki, qaytish toki va qaytish koeffitsenti.
    Relening ishlashi uchun uning elektromagnit kuchi Fe yoki momenti Me prujinaning qarshilik kuchi Fp, ishqalanish va og‘irlik kuchi Fishq lardan katta bo‘lishi shart.
    yoki .
    Inersiya momenti MEI ning ma’lum bir qiymatiga relening ishlay boshlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir Ir tok to‘g‘ri keladi.
    Relening ishlash toki Ir deb ishga tushishi uchun zarur bo‘lgan eng kichik tokka aytiladi.

    Relelarning ko‘p tuzilishlarida ishlay boshlash toki Ii ni o‘zgartirish imkoniyati bor. Buni formuladan ham ko‘rish mumkin. Wr o‘zgartirish, prujinaning qarshilik momentini o‘zgartirish, havo oraliq ni o‘zgartirish (Rm=f()) bilan ishlash tokining qiymati ta’sir etishi mumkin.
    Tokning kamayishiga ta’sir javob beruvchi relelarni minimal tok relelari deyiladi. Normal holatlarda minimal relelarning yakorlari tortilgan bo‘ladilar. (5.4 rasm); bunda Me>Mp va relening kontaktlari ochiq (uzuq) bo‘ladi.

    8.3-rasm. Minimal tok yoki kuchlanish relesining tuzilishi.


    Relening ishlashi uchun rele tokini kamaytirish kerak, bunda prujinaning momenti elektromagnit moment va ishqalanish momentidan oshib ketadi:


    Mp>Me+Mishq,
    natijada relening yakori qaytadi va relening kontaktlari ulanadi. Minimal relening ishlash toki deb relening yakori qaytgandagi tokka aytiladi, qaytish toki bu relening yakorini tortadigan eng kichik tok. Maksimal reledagiday Iqayt ning Iri ga nisbati qaytish koeffitsenti deyiladi. Minimal relelarda Iqayt>Iri shuning uchun Kqayt>1.

    Download 412,36 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 412,36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rele qurilmalarining umumiy asoslari

    Download 412,36 Kb.