|
Oraliq relening tuzilishi
|
bet | 6/7 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 412,36 Kb. | | #232703 |
Bog'liq Rele qurilmalarining umumiy asoslariOraliq relening tuzilishi.
Ko‘p xollarda oralik relelar buraluvchi yakorli sistemada bajariladi. Ular kabul kilgan kichik kuvvatda katta elektromagnit kuch xosil bo‘ladi. Oralik relesini yig‘ish jarayonida tortiluvchi yakorli sistemalar ham qo‘llaniladi.
Oraliq relesining ishlash vaqti.
Relening cho‘lg‘amidagi kuchlanish turg‘un qiymatga birdaniga erishmaydi. U tok noldan ma’lum bir qiymatga ma’lum bir vaqt mobaynida etadi. Relening ishlashi uchun ketgan vaqt rele chulg‘amidagi ishlash tokining oshish vaqti bilan yakorning xarakatlanish vaqti yig‘indisiga teng. Tez ishlovchi oraliq relelari uchun vaqtni kamaytirish kerak, ya’ni relening teskari ta’sir qiluvchi prujinasini bo‘shatish kerak va tokning karraliligi oshiriladi. Releni qo‘shgan paytda uning o‘zagida uyurma toklar xosil bo‘ladi. Bu toklar magnit oqimini oshishini sekinlatadi va ish vaqtini oshishiga olib keladi. Ishlash vaqtini kamaytirish tez ishlovchi relelarda asosan harakatlantiruvchi qismni engillashtirish va ishqalanishni kamaytirish hisobiga erishiladi.
Ko‘rsatgich relelari
Ko‘rsatkich relelari tegishli himoyalarni ishlaganlari to‘g‘risida xabar berish uchun mo‘jallangan. Bu relelar boshqa rele va apparatlarning zanjirlariga kema-ket (8.8-rasm, b) va parallel (8.8-rasm, a) ulanadi.
a) b)
8.8-rasm. Ko‘rsatkich relesining ulanish sxemalari.
8.8-rasmda ko‘rsatgich rele KH o‘chirgichning ximoya ishlashi natijasida o‘chishi xaqida signal beradi. Ko‘rsatgich relelarining ishini ko‘rsatuvchi signal bayroqchasi (blinker) va kontaktlari xizmat ko‘rsatuvchi shaxs orqaga qaytarmaguncha ish xolatida bo‘ladi. Ketma-ket ulanuvchi ko‘rsatkich relelar qulay va shuning uchun ko‘p ishlatiladi.
RU-21 turdagi ko‘rsatkich relelar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas toklarda xam ishlatilishi mumkin.
Vaqt relelari
Vaqt relelari rele ximoyasi qurilmalari va avtomatik uskunalarini ulash va uzish xarakatlarini suniy sekinlatish uchun xizmat qiladilar.
8.9-rasmda ximoyalarda vaqt relelarini qullanish sxemasi berilgan.
8.9-rasm. Vaqt relesini ulash sxemasi.
Vaqt relesining cho‘lg‘amiga kuchlanish berilgandan keyin to u o‘z kontaktlarini ulaguncha ketgan vaqt relening sabr vaqti deyiladi.
Rele ximoyasi sxemalarida ishlovchi vaqt relelariga bo‘ladigan asosiy talablardan biri bu ularning aniqligidir. Vaqt relelarining ishlash vaqtlaridagi xatolik 0,25 sek, ayrim xolatlarda 0,06sek.dan oshmasligi kerak. Ayrim xabar va avtomatika qurilmalarida vaqt relelaridagi xatolik kattaroq xam bo‘lishi mumkin.
Vaqt relelari nominal kuchlanishining 80% qiymati berilganda ishonchli ishlashlari kerak.
KT relelari qayta ulashga tezda tayyor bo‘lishlari uchun o‘zlarida operativ tok manbasi o‘chganda ishlaydigan va bir zumda qaytaradigan qismga ega bo‘lishi zarur.
|
| |