“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
121
Ham ermas bu bahoringg‘a xazonu intiho paydo
– matla’li g‘azal bilan boshlanadi . Komil devonida o‘nga yaqin na’t g‘azal mavjud
bo‘lib, ularda Muhammad alayhissalom bashariyatning
eng mukammal va ibratli
kishisi sifatida ulug‘lanadi, yuksak insoniy fazilatlari ta’riflanadi. Ushbu turkumdagi
she’rlarda oyat va hadislardan ko‘plab iqtiboslar keltiriladiki, bu shoirning Qur’oni
karim va hadisi
shariflarni chuqur egallagan, din ahkomlariga e’tiqodi
nihoyatda
baland inson bo‘lganini dalillaydi.
Shuningdek, Komil Xorazmiy ijodida ham islom
arkonlari tasavvufiy g‘oyalar vobastaligida qalamga olinadi. Ijodkor g’azallarida
bot-bot ilohsevar oshiq obrazini beradi va buni “junun”, “jonon”, “yor”, “may”,
“ma’shuq”, “parvona” kabi majoziy tushuncha va timsollar orqali ifodalaydi.
Jumladan, ushbu g’azalda
Muqavvas qoshing hasrati jon aro,
Erur o‘ylakim qavsi qurbon aro,
Hijob olma yuzingdingki o‘rtanmasun,
Jahon o‘t tushib, ins ila jon aro.[4]
Ya’niki, oshiq mahbubasidan yuzidagi pardani olmaslikni iltijo qilmoqda.
Negaki,uning ilohiy husnidan yer-u osmonga o‘t tushishidan xavotirda.O‘zi esa
Yaratganning beqiyos husnini hech bir yaralmishga tenglay olmaydi.
Malakdurmusen hur yoxud pari,
Ki ma’dum monanding inson aro.
Deydilarki,
bori ins-u jins zikrida, o‘t-o‘lanlar shivirida,yellarning g’ovurida
muttasil Ollohga hamd-u sano aytiladi. Uning borlig-u birligiga shohidlik beradi.
Masalan,
Yuzung ko‘rmasa bog’ aro gul nedin –
Buyolmish yuzin yirtibon qon aro