ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
123 
bilan ovora bo‘lsa, ma’shuqa ko‘ziga hatto Xo‘tanda ohu oshiqligi, labining rangi 
oldida Yaman yoquti ojiz, so‘zi Adan gavharidan a’lo ekanligi juda chiroyli 
dalillanmoqda. Dalillash asnosida shoir talmeh san’atidan ham juda unumli 
foydalangan. Komil g’azallarida oshiqning qalb to‘lqinlari juda sodda, hayajonli 
tasvirlanadi…Bu jarayonda u yangi-yangi o‘xshatishlar, so‘z o‘yinlari bilan 
traditsion tasvirdan yuqori turadigan original misralar yaratgan.[5] 
Boshqa bir g’azalda, 
Ko‘zim giryonliqig’a ul labi xandon erur bois, 
Ko‘ngul mahzunliqig’a kulfati hijron erur bois.
Oshiq o‘zidagi barcha holatlarning sababi ishq ekanligidan xabar bermoqda. Shoir 
ijodida bunday ruhdagi g’azallar birmuncha va ularning barchasi komilona mahorat 
ifodasidir. Asarlarni mutolaa qilar ekanmiz, shakl va mazmun bir-birini mutanosib 
tarzda to‘ldirib borishiga guvoh bo‘lamiz.
Shoir hijron qiynoqlari, ma‘shuqa vasfi, u bilan bog`liq kechinmalarni o`ziga hos 
tarzda mahorat bilan tasvirlaydiki, o`quvchi ko`z oldida chin muhabbat manzarasi 
paydo bo`ladi. Shoir bir ishqiy manzumasida: 
Ul quyosh meni vahkim, asru zor etib ketti, 
Zarradek dilu jonim beqaror etib ketti. 
deya quyoshga mengzagan, quyosh deb atagan sevgilisini vasliga zor, uning hajrida 
dilu jonu beqaror ekanligidan kuyunsa, yana bir ishqiy she‘rida yorning tavsifini
uning baland sarv qomati-yu, o`ynoqi fusunkor ko`zlarini erkalabgina jozibalik 
misralarda ifodalaydiki, ko`z oldiningizda malaksiymo bir pari suratlanadi:
Qomatim ham aylagan ul sarvi sarafrozlar, 
Ko`zlarim nam aylagan ul chashmi afsunsozlar. 
Lirik 
qahramonimizga 
mahbubaning 
yoqimli 
harakatlari-yu 
nozu 
karashmalarigacha yoqadi va shuning izhorini ishqqa to`la iliq sartlarda beradi: 
Bani shaydo edon ul mahvashi tannozlardurlar, 
Niyozim qilmayin manzuri masti nozlardurlar.
Oshiq mutlaqo asir bo`lgach, Laylini sevgan Majnun kabi ishq tuzog`iga tushadi, 
sahrolar kezib sargardon, ma‘shuqa ishqi o`tida otashparast bo`ladi: 



Download 44,19 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish