“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
126 
Ta’kidlash joizki, Turkistonda jadidichilik harakatining katta ijtimoiy siyosiy 
kuch sifatida maydonga chiqishida barcha shart-sharoit va omillar yetilgan edi. 
Ayniqsa, o‘lkada millatning dard alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali, og‘ir 
qismatini o‘z qalbi va vujudidan o‘tkazib, o‘zining butun borlig‘ini, aql-zakovatini, 
ongli hayotini erk ozodlik taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir 
yangi avlodi shakllangan edi. Turkistonda jadidchilikning maydonga kelishi va 
rivojlanishida Usmonli Turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy 
g‘oya va harakatlarning ham ta’siri kuchli bo‘ldi.
Jadidchilik harakatining asoschilari oʻz davri uchun yangicha tafakkur yarata 
olishdi. Bunda ochilgan yangi usul maktablarida dunyoviy fanlar oʻtish bilan bir 
qatorda yosh avlod ongiga milliy gʻoya tuygʻusini singdirishdi. Jadidchilik dastlab 
XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar 
oʻrtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari oʻzlarini 
taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor 
taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon 
taraqqiyotidan orqada qolayotganligini va ilm borasida yosh avlodni oʻylagan holda
jamiyatni tubdan isloh qilish zaruriyatini tushundilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori 
bilan avvalo siyosiy harakat edi. Keyinchalik Turkiston hududiga keng yoyilishi 
orqali koʻplab jadidchilarimiz yetishib chiqdi. Jumladan, jadidchilik otasi deya 
taʼriflangan Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ishoqxon 
Ibrat, Abdulhamid Choʻlpon, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjavev va boshqalar. 
Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy 
(1871-1919)dir. U tarixda “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan. 
Mahmudxo‘ja Behbudiy istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan 
yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo‘jaev Behbudiy haqida bunday degandi: 
«Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o‘sha zamon 
Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak» [3:36]. 
Marhum sharqshunos olim Laziz Azizzoda «Behbudiyning sobiq Turkiston 
o‘lkasining ijtimoiy, madaniy va adabiy rivojidagi o‘rni, roli va ahamiyatiga juda 
katta baho berib, uni hatto fransuz ma’rifatparvari Jan Jak Russo, rus inqilobchi 
demokratlari 
N.G.Chernishevskiy, 
Dobrolyubovlar, 
tatar 
va 
ozarbayjon 
ma’rifatparvarlari Shahobiddin Marjoniy, Qayum Nosiriy, Mirza Fatxali Oxundov, 
Naxafbek Vazirovlar bilan qiyoslagan. O‘zbekistonda Alisher Navoiy, Mirzo 
Ulug‘bek kabi buyuk zotlar bilan birga Behbudiyga ham haykal o‘rnatish kerak» 



Download 44,19 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish