• Tarix yo‘nalishi talabasi Yusupova Laylo Umidbek qizi Annotasiyaga
  • Kalit soʻzlar
  • Research science and innovation house




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/352
    Sana23.01.2024
    Hajmi44,19 Mb.
    #143802
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   352
    Bog'liq
    46-44-PB

    UZBEKISTAN” JURNALI 
    VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
    ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
    125 
    Jadidchilik harakatining asoschilari va ularning tarixiy tafakkuri 
     
    Guliston davlat universiteti.
    Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti.
    Tarix yo‘nalishi talabasi
    Yusupova Laylo Umidbek qizi 
     
    Annotasiyaga: Mazkur maqolada jadidchilik harakatining asoschilari hamda 
    ularning gʻoyalari haqida soʻz boradi. Bilamizki, harakat asoschilari ilmli, ma’rifatli, 
    oʻz fikriga ega yetuk shaxslar hisoblanadi. Ularni yagona maqsad xalqni ilmli qilish 
    birlashtirib turganligi hech kimga sir emas. Tadqiqotchi maqolada bu harakatning 
    koʻzga koʻringan vakillari Ismoil Gasprinskiy, Mahmudxoʻja Behbudiy, 
    Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza, Abdurauf Fitrat, 
    Abdulhamid Choʻlpon, Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjavev va boshqalarning milliy 
    istiqlol, erk va ozodlik gʻoʻyalarini ilgari, haqiqat va adolat uchun kurashganliklari 
    bayon qilingan. 
    Kalit soʻzlar: , Turkiston, Jadidlar tafakkuri, Jadidchilik renesansi, Behbudiy, 
    Gaspirinskiy, Jan Jak Russo,Laziz Azizzoda. 
    Ma’lumki, Yevropa XVIII-XIX asrlarda o‘z boshidan texnika taraqqiyotini 
    kechirib, XX asr madaniyati va turmushi uchun mustahkam poydevor yaratilgan edi. 
    Osiyo, jumladan, Turkiston esa bu sohada orqada qolib ketgandi. Uchta o‘zbek 
    xonliklari (Buxoro amirligi, Xiva, Qo‘qon) ning o‘zaro birodarkushlik urush va 
    nizolari, Rossiyaning bu davlatlarga bostirib kirishi, mintaqaning mustamlaka 
    holatiga tushib qolishi, mustamlakachilik milliy zulmning o‘rnatilishi va uning 
    kuchayib ketishi o‘sha qoloqlikni yanada chuqurlashtirib yuborgan edi. Qoloqlik va 
    jaholatni, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon 
    sivilizatsiyasidan orqada qolib ketgani, islom va shariat oyoq osti qilingani va 
    bunday og‘ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o‘z 
    zamonasining ilg‘or, ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo‘la boshladi. 
    Ijtimoiy uyqudan uyg‘onish, milliy uyg‘onish tarixiy zaruriyat bo‘lib qoldi. 
    Boshqacha qilib aytganda, jadidichilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy 
    taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob tariqasida obektiv ravishda maydonga 
    keldi.



    Download 44,19 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   352




    Download 44,19 Mb.
    Pdf ko'rish