“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
120
Komil Xorazmiy serqirra ijodkor, uning ijodini jumladan, she’riyatini tamoman
go‘zal insoniy tuyg’ular, ishqiy kechinmalar tasviri qamrab olgan.Komil Xorazmiy
asarlarida ishq-muhabbat, may-u mahbub, ma’rifatparvarlik, do‘stlik, ijtimoiy
hayot, o‘zaro ahillik, birdamlik g‘oyalarini ilgari sursa-da, g‘azallarining asosiy
qismini ishqiy lirika tashkil qiladi.[1] Ijodkor lirik asarni yaratishda o‘z oldiga
qo‘ygan maqsad va rejalarining yuzaga chiqishiga ta’sir etgan bir qator omillar
quyidagicha tasniflangan: 1) ijodkorning diniy-ma’rifiy qarashlari aks etgan
she’rlar; 2) an’anaviy ishqiy mavzudagi she’rlar; 3) sayohat natijasida yuzaga kelgan
she’rlar; 4) ijtimoiy adolatsizlikdan norozilik mazmunidagi she’rlar; 5)
zamondoshlari obrazi aks etgan she’rlar.[2]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Komil Xorazmiyning adabiy merosi bizgacha bir necha qo‘lyozma va toshbosma
variantlardan iborat bitta devoni yetib kelgan. Bu variantlar bir biridan farq qiladi.
M. Yunusov o‘zining Komil Xorazmiy hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadqiqotida
“Devoni Komil”ning tuzilishi va toshbosma variantlarini o‘rganar ekan: “Komil
devonlarining variantlari ichida shoirning hamma asarlarini o‘z ichiga olgani,
mukammal deb hisoblash mumkin bo‘lgani, O‘zSSR FA. Sharqshunoslik institutida
1025 va 1949 inventar raqamlari ostida saqlanayotgan devonlardir... Bizning
taxminiy hisobga ko‘ra mazkur nusxadagi she’rlar 3680 baytni tashkil qiladi deyish,
haqiqatga to‘g’ri keladi.”[3] Shoirning bizga qoldirgan adabiy merosining asosiy
qismi g`azallar, muxammas, musaddas, musabba’, murabba’, muammo, ruboiy,
qasida va masnaviylardan iborat bo‘lib, bular orasida asosiy o‘rinni g’azallar tashkil
qiladi.