“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
116
tushuntirilganda, urug‘ni turlarga ajratishda va yuzasini bо‘yashda bir jinsli
bо‘lmagan maydon qо‘llanilishini kо‘rib chiqish mumkun. «Kondensatorlar»
mavzusini о‘rganish darsida о‘quvchilar sig‘imli nam о‘lchagich tuzilishi va ishlash
prinsipini о‘rganib, uning ish jarayoni urug‘ni dielektirik о‘tkazuvchanligi va
namligiga bog‘liq ekanligi bilan tanishadilar. Keltirilgan ikki misoldan kо‘rinib
turibdiki, kasbiy yо‘naltirilgan о‘quv materialini tushuntirishga bir necha daqiqa
sarflanadi, ammo uning mehnat malakasini shakllantirishda
nazariy bilimlarni
qо‘llash imkonini salmoqli darajada oshiradi.
Fan tо‘garaklarida kasbiy ahamiyatga ega nazariya, tushuncha,
hodisalar
chuqurroq о‘rganilishi mumkin. Dasturda belgilangan umumta’lim, maxsus fanlarni
amaliy mazmundagi о‘quv materialini о‘zlashtirish uchun keng imkoniyatlar
mavjud. Masalan, elektr yо‘nalishidagi kasb-hunar kollejini kimyo tо‘garagida
izolatsiya materiallar, о‘tkazgichlar,
sim va kabellar, optik tolali materiallar
kimyoviy tarkibi, hossalari, ularni olish, hosil qilish va ishlab chiqarishda qо‘llash
masalalari о‘rganiladi. Imkoniyat mavjud bо‘lgan sharoitda noorganik materiallarga
taalluqli elektr materiallari bilan amaliy-laboratoriya ishlari о‘tkazadilar,
elektromexanikani kimyo bilan bog‘liq ishlab chiqarish xarakteridagi masalalar
yechiladi.
О‘quvchilarda kasbiy faoliyatga oid bilimlar
shakllantirishning samarali
yо‘llaridan biri bо‘lib, fanlararo kompleks vazifalardan hisoblanadi.
Fanlararo kompleks vazifalar ishlab chiqishda umumta’lim, maxsus fanlar
о‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’limini usta-muhandislari bevosita ishtirok etadi.
Fanlararo kompleks vazifa individual xarakterga ega va ikkita о‘zaro bog‘liq
qisimdan iborat: hisoblash qismi – bunda о‘quvchi nazariy xarakterli mustaqil ishda
egallagan bilimlarini kompleks qо‘llaydilar; amaliy qisim – о‘quvchi hisoblagan,
tuzgan chizma, ish bajarish texnologiyasi asosida о‘z faoliyatini amalga oshiradi.
Vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun о‘quvchi, turli fanlardan ma’lum
bilimga ega bо‘lishi, texnik adabiyot, ma’lumotnoma bilan ishlay olishi lozim. Misol
tariqasida «Yoritish tarmoqlarini elektromantyori» mutaxassislikka
oid fanlararo
kompleks vazifani keltiramiz.
1. Elektr yoritkichiga parallel ravishda qо‘shimcha yoritgich ulanganda tokning
qiymati о‘zgaradimi ?
2. Elektr hisoblagich bо‘lmaganda elektr energiyaning sarflanishini qanday
о‘lchash mumkin ?