|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 14/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
17
ijrochilikka mansub bo‘lgan “Tanovar” turkumidagi asarlarning tarixiy
ildizlarini tadqiq qilish kun tartibiga qo‘yilayotgani hayrlidir.1
Tarixiy nuqtai nazardan XX asrning 20 – 30 yillariga kelib ayollar ijtimoiy va
madaniy hayotida musiqa san’atining qo‘shiq, yalla, ashula va tanovorlar kabi
janrlarda ijod qilish omili maydonga keladi.
Ushbu davrning turmush tarzi, hamda sharoitiga mos holda yuzaga kelgan
“ichkari” nomi bilan ayollar davrasidagi musiqa hamda “tashqari”,
ya’ni asosan erkaklar ijodiy amaliyoti bilan bog‘liq musiqa ijrolari mavjud
bo‘lgan. Shu bois, ijtimoiy hayot rivoji, bu – ma’naviyat va madaniyat rivoji bilan
uzviy bog‘liqdir. XIX – XX asrlarda avj olgan “ichkari”, ya’ni ayollar ijrochilik
amaliyotining ijobiy jihatlari odob – ahloq, hayoni asrash bilan bog‘liqdir. “Ichkari”
dardli ayollar uchun ijod maydoniga aylandi.
XX asrning 30 – yillarida “Tanovorlar”ning “Qora soch”, “Adolcha” yoki
“Adolat Tanavori”, “Endi sandek”, “Sumbula” kabi nomlar bilan bevosita bog‘liq
holda iste’molda bo‘lgani ayonlashadi. Amaliyotda “Tanovorlar” xalq orasida
mashhur bo‘lgan Netayxon, Zebiniso, Saltanatxon, Po‘latxon, Adolchaxon, Halima
Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Mukarrama Turg‘unboeva, Mukarrama
Azizova, Habiba Oxunova, Berta Davidova, Fotima Boruxova, Rahima
Mazohidova, Farog‘at Rahmatova, Yorqinoy Hotamova, Zamira Suyunova,
Munojot Yo‘lchieva, Nasiba Abdullaeva kabi san’atkorlar ijodidan keng o‘rin oldi.
“Tanovor” – o‘zbek xalq musiqa merosida lirik, jo‘shqin, raqsbop, mungli,
jozibali, ayni zamona ruhiyati xarakteriga asoslangan badiiy asar sifatida o‘z aksini
topgan. “Tanovor iborasi xalq amaliyoti og‘zaki ijodiyoti va tadqiqot jarayonlarida
turlicha tushunilgan. “Tanovor” – forscha so‘z bo‘lib, “Jasur, qudratli, kuchli” degan
ma’nolarni anglatgan. Masalan, musiqashunos olima Ye.E.Romanovskaya
“Tanovor – ishqiy qo‘shiq” yoki og‘zaki amaliyotda - go‘zal tana ma’nolarida ham
qo‘llangan”2.
Tarab sinjobidin tan istasa kom,
Anga mehnat kulida bersam orom.
Tani bir pushtakim bo‘lsa xoro,
1
|
| |