“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
15
chiroyli qilib qirqishi kabilar rivojlanadi. Tasavvuri shakllanib dunyoni badiiy
tasavvur qiladi. Ikkinchi tajribamizda bizga ikkita tuxum, ikkita stakanda suv, tuz
kerak boʻladi. Bunda birinchi stakandagi suvga tuxumni solamiz , natijada tuxum
choʻkib ketdi. Endi ikkinchi stakanga bir choy qoshiq tuz solamiz. Aralashtirib unga
tuxumni solamiz natijada tuxum choʻkib ketmadi. Buning sababi tuz suvni
zichligini koʻpaytirib yuborgani sabab boʻladi. Bu tajribalardan keyin bolalarda
tabiatga boʻlgan qiziqishi hamda kreativlik qobiliyati ham shaklanib borishi
kuzatiladi.
Xulosa qilib aytganda, bolaning ijodkorligini rivojlantirish, uni kreativlik
qobiliyatini shakllantirishda ilm-fan va tabiat markazining ahamiyati katta. Bolalar
kichik tarjibalar, tabiiy hodisalar asosida uning dunyoqarashi, fikrlashi yanada oshib
boradi. Dunyoga ijodkorlik qobiliyati bilan boqadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi.
2.
cyberlenika.ru
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
16
AYOL XONANDALIGI IJODIDA “TANOVOR” ASARINING
TARIXIY NEGIZLARI
FarDU professor v.b. p.f.n. Imyaminjon Qirg‘izov,
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy
filiali o‘qituvchisi Dildora Mamajonova
Annotatsiya
Maqolada musiqa ta’limi orqali yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida
tarbiyalashda “Tanovor” asarining tarbiyashunoslik nuqtai nazardan tahlili bayon
etiladi.
Абстрактный
В статье описан анализ произведения «Тановор» с точки зрения
педагогической науки в воспитании молодежи в духе национальных
ценностей посредством музыкального образования.
Abstract
The article describes the analysis of the work “Tanovor” from the point of view
of pedagogical science in educating young people in the spirit of national values
through music education.
O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev “Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo
miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar
bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz‖ , -mazmunidagi g‘oyalaridan kelib
chiqib yurtimizning jadal rivojlanish bosqichida ma’naviy-mafkuraviy va milliy
madaniyatimizni yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. SHu nuqtai nazardan
O‘zbekistonning o‘ziga hos tarixiy, etnografik, madaniy va badiiy estetik
an’analariga ega bo‘lgan hududlardan biri Farg‘ona vodiysida istiqomat qilib
kelayotgan ko‘p millatli aholining turmush tarzi, madaniy qadriyatlari tizimining
boshqa hududlardan farqlanib turadigan jihatlari, bu yerda shakllangan an’anaviy
|