|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 12/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
14
shakllantiradi. Ilm-fan va tabiat markazida bolalarga tabiat haqidagi ilk
tushunchalar, tabiiy hodisalar, hayotimizda ishlatiladigan koʻplab narsalarni qanday
hosil boʻlishi, tabiatni bizga bergan neʼmatlarini ehtiyotkorlik bilan asrash
koʻnikmalarini sodda koʻrinishda tushuntirib beradi. Shu bilan birga hayvonlar,
qushlar, hasharotlar va mikroorganizmlar haqida ham maʼlumot beradi. Bu
markazning maqsadi quyidagicha boʻladi. Ilm-fan va tabiat markazining maqsadi
bolalarda atrof-olam boʻyicha dastlabki ma’lumotlarni berish, dunyoni badiiy
tasavvur ettirish, kreativlikni rivojlantirish va ularni markazda faol harakatini
ta’minlashdir. Markaz esa kreativ, sogʻlom fikrlovchi, mas’uliyatli, zamon bilan
hamnafas tarbiyachini talab qiladi.
Markazlarni tashkil etishda “Markazlar yoʻriqnomasi”dan foydalaniladi.
Bunga koʻra kichik guruhda :
1.Suv va qum uchun idish,qoliplar;
2.Qumda oʻynash uchun leyka, kurakcha;
3 .Rangli qum;
4.Tabiiy materiallar;
5.Bolalar uchun oq xalat;
6.Tabiat burchagi uchun xona gullari va hokazolar.
Oʻrta guruhda ham yuqorida keltirilgan jihozlar va xona gullarini soni
koʻpaytiriladi .Katta guruhda qoʻshimcha sifatida:
1.Hasharot tutuvchi setka;
2. Urugʻ solinuvchi xalta;
3.Shishali oʻlchov idish;
4.Tarozi va boshqalar.[2.]
Tayyorlov guruhida ham yuqorida keltirilgan jihozlar boʻladi va qoʻshimcha
lupa kiritiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida bolalar ijodkorligini shakllantirishda kichik
tajribalar ham muhim rol egallaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun amaliy
tajriba. Bizga oppoq rangli salfetka, flamaster, suv va idish kerak boʻladi. Bunda oq
rangli salfetkadan kapalakchalarni qirqib olamiz va uni bir qanotini oʻzimizga
yoqqan rangli flamaster bilan boʻyab olamiz. Uni yassi idishga solingan suvga
solamiz natijada kapalak qanoti ochiladi, hamma qismini rang qoplab chiroyli tusga
kiradi. Buni koʻrgan bolada albatta xursand boʻlish holati yuzaga keladi. Tajriba
asosida bolada ijodkorlik ya’ni ranglardan foydalanishni bilishi va kapalaklarni
|
| |