“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
9
Bugungi kunda maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirishning eng muhim
yo‘nalishlaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogika va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdir.
So‘nggi vaqtlarda ushbu yo‘nalishda maktabgacha ta’limni
boshqarishning
axborot tizimini,
shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga
Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi
Interaktiv davlat
xizmatlarining yagona portali orqali qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatish tizimlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ta’lim-
tarbiya jarayoniga zamonaviy ilg‘or o‘qitish shakllari, yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy qilish orqali tarbiyalanuvchilarning
har tomonlama
rivojlanishi ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha ta’limning hozirgi
holati telekommunikatsiya
infratuzilmasini yanada rivojlantirishni, maktabgacha ta’lim muassasalarining keng
polosali Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlashni, ma’naviy yetuk yosh avlodni
tarbiyalashning samarali tashkiliy va pedagogik shakllarini
va usullarini ishlab
chiqishni taqozo etadi.
Maktabgacha ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy
etish maqsadida quyidagi tadbirlarning amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda:
vazirlik axborot xavfsizligining munosib darajasini ta’minlash, yagona
axborot maydonini yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or
xalqaro
tajribani o‘rganish, umumlashtirish va joriy etish maqsadida xorijiy mamlakatlarga
o‘quv safarlarini tashkil qilish;
o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini tayyorlash va
nashr
etishni tashkil qilish, raqamli ta’lim resurslari, uydan turib masofali ta’lim