|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 22/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
26
tarannum etib, shu yo‘l bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni
ideal
jamiyat
degan siyosiy-
ijtimoiy g‘oyalarni ilgari surdi. Brams, SHuman va Straussdan ilhomlangan va
nemis romantiklariga samimiy sevgi izhorini baralla kuyladi.
Sovet va rus bastakori, yuzdan ortiq simfonik asarlar, solistlar, xor va orkestr
uchun kompozitsiyalar, teatr, kino va multfilmlar uchun cholg‘u asboblari
ansambllari muallifi Sofiya Gubaydulina (1931 y. t.)ning musiqasi filigri texnikasi,
intuitivlik va qat’iy hisob-kitoblarning sehrli uyg‘unligi, hissiy tembr rangi bilan
ajralib tinglovchiga tabiat go‘zalligidan saboq beradi.
Dunyodagi mashxur tarixiy asarlar orasida N.A. Kun qalamiga mansub
«Qadimgi Yunoniston afsona va rivoyatlari» antik davrning afsonaviy qahramonlari,
xususan, Danay-hukmdorii hayotida ro‘y bergan voqealar bayon etiladi.
“Xudolar Yegiptga ellik o‘gil, Danayga esa go‘zallikda tengi yo‘q ellikta qiz
ato etgan edilar. Danay qizlari o‘z tarovatlari bilan Yegiptning o‘g‘illarini rom qilib
qo‘yishadi, shunda yigitlar bu latifa qizlarga uylanishni ixtiyor qiladilar, ammo
ularning taklifi Danay tomonidan ham, uning qizlari tomonidan ham rad etiladi.
SHunda Yegiptzodalar katta qo‘shin to‘plab, Danay saltanatiga qarshi urush
ochadilar. Danay bu urushda mag‘lubiyatga uchraydi. U ma’buda Afina-Palladaning
madadi bilan dunyoda birinchi ellik eshkakli kemani quradi va shu kemada o‘z
qizlari bilan mudom betinim va poyoni yo‘q ummonda uzoq-uzoqlarga suzib ketadi.
Biroq, Danay qizlari bilan Yegiptzodalarning nikoh to‘yi zo‘r dabdaba bilan
o‘tadi. Lekin yigitlar bu nikoh boshlariga qanday ofat keltirishidan g‘ofil edilar.
Mana, dabdabali to‘y bazmi nihoyasiga yetib, tumtaroq qo‘shikdar va musiqa
sadolari tinadi: nikoh tuyida yoqilgan mash’alalar o‘chadi, butun Argosni tun
pardasi burkab oladi. Mast uyquga ketgan shahar sukunat og‘ushida. SHunda birdan
bu sukunatni jon talvasasidagi ayanchli faryod buzadi, ana, yana bir faryod, yana,
yana... Zero, Danay qizlari bu zulmat qo‘ynida eng mudhish jinoyatga qo‘l urgan
edilar. Ular erlarining pinakka ketishini poylashgan va Danay bergan xanjarlar bilan
o‘z yostiqdoshlarining joniga qasd qilgan edilar. Yegiptzodalar shu yo‘sinda halok
bo‘lishadi. SHaxzodalardan faqat bittasi - o‘ktam yigit Linkey jon saqlab qoladi.
Danayning navnihol qizi o‘z mahbubiga rahmi kelib, uning ko‘ksiga xanjar
|
| |