|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 30/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
35
1.Soʻzlarni boʻginlarga ajratib yozing
Mustaqil Ozbekistonning baxtiyor farzandlarimiz.
2. Fonetik topshiriqlar
Soʻzlardagi unli (yoki undosh) tovushlarning ostiga chizing: istiqlol, sogʻlom
bola, yuksalish
3. Soʻzlarni boʻgin koʻchirish qoidasiga koʻra ajratib yozing
Singlim yangi she’rni yod oldi.
Ona tili darslarida oʻtilgan mavzuni mustahkamlashda grammatik
topshiriqli diktantlar ham alohida oʻrin tutadi. Buning uchun kichik hajmdagi
diktantlar yozdiriladi va oʻquvchilarga grammatik topsiriqlar ham beriladi. Bu
topshiriqlar bevosita yangi oʻrganilgan mavzular bilan bogʻliq holda
oʻquvchilarning grammatik tushunchlarni oʻzlashtirishiga yordam berishi lozim
boʻladi. Masalan, boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning soʻz turkumlari haqidagi
tushunchalarini shakllantirishda va nutq jarayonida ulardan unumli foydalanish
koʻnikmalari hosil qilishda quyidagi mustaqil ishlarni qoʻllash yaxshi samara beradi:
Nuqtalar oʻrniga kerakli sifatlarni qoʻying
Paxta …. ochildi. (oppoq, qiygʻos, kech)
… atirgullar koʻzni quvontiradi. (oppoq, koʻm-koʻk, chiroyli )
Nuqtalar oʻrniga kerakli fe’llarni qoying
Feruza bu kitobni qiziqib ….. (gapirdi, oʻqidi, koʻrdi)
Akmal koʻchatlarga suv …. (soldi, quydi, chopdi)
Bunday mustaqil ishlar oʻquvchilardan soʻzning ma’no xususiyatlarini ham
bilishni hamda ulardan nutqda toʻgʻri foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishni ham
talab etadi.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida mustaqil ishlarni integratsiyalashgan ta’lim
asosida tashkil qilish ham samarador boʻladi. Xususan, 4-sinfda soʻz turkumlari
boʻyicha umumlashtirish darslarida oʻquvchilarga muayyan bir predmet rasmi
beriladi va ulardan shu predmet nomini aytish, uning belgilarini koʻrsatish, shu
predmetni qatnashtirib gaplar tuzish, shu predmet haqida boshqa fanlar asosida,
jumladan, oʻqish, matematika, atrofimizdagi olam, musiqa, tasviriy san’at kabilarda
olgan bilimlarini umumlashtirish topshiriladi. Masalan, “kitob” rasmi berilganda
oquvchilar u haqda oʻquv quroli, bilimlar manbai, oʻquvchining oʻrtoʻgi, ma’rifat
xazinasi kabi fikrlarni bildiradilar. Uni kerakli, qiziqarli, foydali, yangi, eski,
tushunarsiz, ilmiy, badiiy kabi belgilar bilan sifatlaydilar. Oʻqish darslarida kitob
|
| |