|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 32/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
37
Ta’limiy o‘yinlar vositasida boshlangʻich ta’limda o‘quvchilarning fonеtik-
grammatik tushunchalarini shakllantirish
Baxtiyorova Mahliyo- UrDU Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
o‘qituvchisi
Аннотация. В этой статье изучены пути использования обучающих игр
на уроках родного языка в процессе формирования фонетико-грамматических
понятий у учащихся начальных классов.
Ключевые слова: начальное образование, фонетико-грамматическое
понятие, обучающая игра, развитие речи, состав слова, эффективность
образования.
Annotation. In this article authors research the ways of using learning games
for enriching phonetic and grammar knowledge of elementary school pupils.
Key words: elementary education, phonetic and grammar knowledge,
learning game, word composition, development of speech, effectiveness of
education.
Ona tili maktabda o‘quvchining kamol topishida, fikrlash darajasining
o‘sishida, bilim va mеhnatga havasini uygʻotishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy
malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib
boriladigan barcha mashgʻulotlar tizimi shunday qurilishi kеrakki, bu tizim
o‘quvchilarda ona tiliga muhabbat, o‘z yurtiga, xalqiga mеhr, Vataniga chеksiz
hurmat va sadoqatni o‘stirishi zarur.
Boshlangʻich sinflarda ona tili ta’limi, yuqorida ta’kidlanganiday, bolalarning
tafakkur qilish faoliyatlarini kеngaytirishga, ularda erkin fikrlay olish, o‘zgalar
fikrini anglash, o‘z fikrini ogʻzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga,
jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini
|
| |