|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 31/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
36
haqida oʻrgangan she’rlarini aytadilar. Shuningdek, u haqdagi maqollarni ham
keltiradilar: “Kitobdan yaxshi doʻsty oʻq”, “Kitob – bilim manbai” kabi.
Oʻquvchilar bunda kitob haqidagi hikoya yoki ertaklarni ham aytadilar.
Ular musiqa darslarida oʻrgangan shu mazmundagi qoʻshiqlarni ham aytishlari
mumkin.
Ona tili darslarini ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil
qilganda ham mustaqil ishlardan foydalanish samarador boʻladi. Ayniqsa, kichik
guruhlar bilan ishlashda har bir guruhga mustaqil ish topshiriqlarini berish va shu
asosda oʻquvchilarning faoliyatini tashkil qilish yaxshi natija beradi.
Koʻrinadiki, darslikdan tashqari boʻlgan namuna asosidagi mustaqil ishlardan
foydalanish dars samaradorligini oshirishda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi.
Mustaqil ishlar ta’limning turli bosqichlarida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma
va malakalarini aniqlashda, oʻqitishning muvaffaqiyatli boʻlishiga yordam beradi
va kamchiliklarini tugatadi, sababini izohlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Demak, barkamol, bilimli, yetuk shaxsni tarbiyalashda uning mustaqil fikr
yurita olish salohiyatiga ega ekanligi diqqatga sazovordir. Chunki har qanday bilim
zamirida mulohaza va tafakkur yotadi. Til ta’limi yosh avlodni- oʻquvchilarni fikr
bayon etish faoliyatiga tayyorlar ekan uni amalga oshirishda ta’limning yangi
shakllari va ta’lim texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Fоydalanilgan adabiyotlar:
1.
Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi, - Toshkent,
2017.
2.
Qosimova K., Matchonov S. , Gʻulomova X., Yoʻldasheva Sh., Sariyev
Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. -Toshkent, “Nosir”, 2009.
|
| |