|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 29/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
34
juda muhimdir. Bu maqsadga, albatta, oʻquvchilarning ta’lim jarayonidagi faolligini
oshirib borish orqali erishish mumkin. Mustaqil ishlarsiz esa hech qanday faollik
boʻlmaydi. Darslarda oʻtkaziladigan mustaqil ishlar oʻquvchilarning faolligini
oshirishning asosiy vositalaridan biridir. Shuningdek, darslarda tashkil etiladigan
mustaqil ishlar oʻquvchilarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirishning
yetakchi omilidir.
Boshlangʻich ta’lim predmetlaridan biri sanalgan “Ona tili” oʻquvchilarda
mustaqillikni taraqqiy ettirish uchun juda boy imkoniyatlarga ega. Ona tili
materiallari ustida tashkil qilinadigan topshiriqlar oʻquvchilarni til hodisalarini
kuzatish, tahlil qilish va qayta qoʻshish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqarish
kabi malakalarini oʻstiradi.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning mustaqil ishlarini
tashkil etishda innovatsion metodlardan foydalanish darsning samaradorligini
oshirishda asosiy omil sanaladi. Shu jihatdan boshlangʻich sinf ona tili darslarida
oʻquvchilarning mustaqil ishlarni samarali tashkil qilish masalasi muhim metodik
masalalardan biri hisoblanadi.
Mustaqil ta’lim belgilangan oʻquv topshiriqlarni mustaqil va ijodiy
bajarishga moʻljallangan oʻquv faoliyatdir. Mustaqil ta’lim negizini mustaqil ishlar
tashkil etadi. Mustaqil ish oʻquvchilarni oʻzaro fikr olishuvida, bogʻlanishli nutqda,
tanqidiy fikrlashda asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. Mustaqil ishlar oʻquvchilar
amaliy faolligini oshirishda katta yordam beradi.
Boshlangʻich sinflar ona tili kursini oʻrganishning yetakchi lisoniy tamoyili
tilning barcha tomonlarini oʻzaro bogʻliq holda oʻrganishdir.
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻtkaziladigan mustaqil ishlar dars turiga,
dars jarayonining turli bosqichlariga, oʻquv materialining mazmuniga bogʻliq
boʻladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ona tilidan oʻrganiladigan har bir mavzu
xarakteriga muvofiq mustaqil ishlar uyushtirishi maqsadga muvofiqdir. Xususan, 1-
2-sinf ona tili darslarida oʻquvchilarda koʻproq fonetik-grafik malakalar hosil
qilinadi. Bunday ona tili darslarida tashkil qilinadigan mustaqil ishlar
oʻquvchilarning avval olingan bilimlarini amalda qoʻllash koʻnikmasini
shakllantirishga xizmat qilishi lozim boʻladi. Shunday mustaqil ishlarga tarqatma
kartochkalar asosida beriladigan quyidagi mustaqil ishlarni namuna sifatida
keltiramiz:
|
| |