|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 37/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
43
“So‘z zanjiri” o‘yini.
O‘yin tartibi: 5 – 6 ta o‘quvchi doska oldiga tiziladi. Boshlovchi o‘yin shartini
tushuntiradi va narsa nomini bildirgan so‘zni aytadi, navbatdagi o‘quvchi bu so‘zing
oxirgi tovushi bilan boshlanadigan otni aytadi. To‘xtalib qolgan o‘quvchi o‘yindan
chiqadi. Namuna: Ayiq – qargʻa – asal – lola – ariq – qalam – maktab – bola – alla
– arra – alam – mashina – adolat – tandir – ruchka – ayoz….
“So‘z tarkibi” ga oid mavzularni mustahkamlashda ham ta’limiy o‘yinlar
samarador bo‘ladi. Xususan, “O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar” mavzusini o‘rganishda
“O‘zakni top” o‘yini qo‘llanilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
O‘yin tartibi: Doskaga ikki ustunda o‘zakdosh so‘zlar yozilgan bo‘lib, ikki
guruhda tizilgan o‘quvchilar musobaqa tarzida birin-kеtin o‘zaklarni bеlgilaydilar.
Shartni oldin bajargan guruh ragʻbatlantiriladi.
O‘yin uchun so‘zlar:
Gulchi ishchi
Ishla guldon
“Tartibga sol” o‘yini.
O‘yin tartibi: Doskaga o‘zak va o‘zakdosh so‘zlar yozilgan bo‘ladi.
O‘quvchilar shu so‘zlarning ichidan o‘zak va o‘zakdosh so‘zlarni topib o‘zakni bir
ustunga, o‘zakdosh so‘zlarni ikkinchi ustunga tartib bilan yozib chiqadilar. Shartni
to‘gʻri bajargan guruh ragatlantiriladi.
O‘yin uchun so‘zlar: sinf, bosh, gul, do‘st, …
Namuna: o‘zak o‘zakdosh s o‘zlar
sinf sinfdosh
“So‘z yasovchi qo‘shimchalar” mavzusi o‘rganilganda esa quyidagi ta’limiy
o‘yinlardan foydalanish mumkin.
“So‘z yasa” o‘yini
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
|
| |