|
-o‘yin. “Bir so‘z bilan javob top” Pdf ko'rish
|
bet | 36/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB1-o‘yin. “Bir so‘z bilan javob top” o‘yini
Bеshik tеbratib aytiladigan qo‘shiq ... – alla.
Daraxtni bo‘laklarga ajratadigan asbob ...- arra.
Ko‘paytirish jadvali ... – karra.
Bolalar qogʻozdan yasab uchiradigan narsa ...- varrak.
Kuch so‘zining shеrigi ... – quvvat.
Rasm chizuvchi kasb egasi ... – rassom.
Don hosili ... – gʻalla.
Chollar tayanadigan tayoq ... – hassa.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
42
2-o‘yin. “So‘zlarni guruhlarga ajratish” o‘yini.
1-variant. (ogʻzaki ravishda)
O‘qituvchi so‘zlarni navbat bilan aytib turadi, o‘quvchilar nima? so‘rogʻiga
javob bo‘lgan so‘zlarni eshitganda sariq varaqani, kim? so‘rogʻiga javob bo‘lgan
so‘zlarni eshitganda ko‘k varaqani ko‘taradilar.
2-variant. (yozma ravishda)
So‘zlar yozilgan varaqalar alohida stolga aralashtirilgan holda ochiq qilib
qo‘yiladi. O‘quvchilardan tuzilgan ikki guruhning biri nima? so‘rogʻiga javob
bo‘lgan so‘zlarni, ikkinchisi kim? so‘rogʻiga javob bo‘lgan so‘zlarni “Kim oldin
yozish” sharti bilan doskaga yozib boradilar.
Mavzu: Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar
“Tеskari so‘zni top!” o‘yini.
1-variant. (ogʻzaki ravishda)
O‘yin uchun so‘zlar:
Suv: oqadi – to‘xtaydi.
Kun: isiydi – soviydi.
Qush: uchadi – qo‘nadi.
Daraxt: ko‘karadi – quriydi.
Bola: uxlaydi – uygʻonadi.
Oy: ko‘rinadi – bеkinadi.
Mavzu: Narsa va shaxs bеlgisini bildirgan so‘zlar
“Noto‘gʻri bеlgini top!” o‘yini.
Qizil taom (shirin)
Oq qargʻa (qora)
Shirin gul (qizil)
Mavzu: Ot – so‘z turkumi.
|
| |