“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
33
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning mustaqil ishlarini
samarali tashkil qilish
Shermetova Nargiza- UrDU Boshlangʻich ta’lim metodikasi kefedrasi
oʻqituvchisi
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlangʻich sinf ona tili darslarida
oʻquvchilarning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish masalasi haqida fikr
yuritiladi.
Kalit soʻzlar: boshlangʻich ta’lim,
ona tili darslari, mustaqil ish, oʻquv
topshiriqlari, oʻquv materiali, пrammatik topshiriqli diktant, dars samaradorligi.
Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос эффективной
организации самостоятельной работы учащихся на
уроках родного языка в
начальных классах.
Ключевые слова: начальное образование, уроки родного языка,
самостоятельная работа,
учебные задачи, учебный материал, диктант с
грамматическими заданиями, эффективность урока.
Abstract. This article discusses the issue of effective organization of students'
independent work in primary-grade native language classes.
Key words: primary education, native language lessons, independent work,
educational tasks,
educational material, dictation with grammar tasks, lesson
efficiency.
Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda
muhim ijtimoiy talablardan
biri boʻlib kelgan, bugungi globallshuv davrida bu masalaning dolzarbligi yanada
ortib bormoqda. Binobarin, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida,
yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash
ta’lim oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi.
Axborotlar jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda
zamonaviy ta’limning asosiy vazifalardan biri atrof-olam voqea-hodisalarini ta’lim
jarayoni orqali mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon
boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish
yoʻlidan borar ekan, bunda yosh avlodning erkin, ijodiy va mustaqil fkrli boʻlishi