• II Bob. Yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari……………………………………….……19
  • Xulosa………………………………………………………………….…………30 Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..….….……32 Kirish Mavzuning dolzarbligi
  • Mavzuning o‘rganilganlik darajasi
  • Kurs ishining maqsadi va vazifalari
  • Kurs ishining obyekti va predmeti
  • Kurs ishining tuzilishi va hajmi
  • Yer osti suvlaridan unumli foydalanish




    Download 246,78 Kb.
    bet1/9
    Sana18.05.2024
    Hajmi246,78 Kb.
    #240996
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123


    YER OSTI SUVLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH

    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………….……..3
    I Bob. Yer osti resurslarining roli va ulardan xalq xo‘jaligida kompleks foydalanish………………………………………………………………….…….7
    1.1. Markaziy Osiyo davlatlari suv zahiralari………………………………..……7
    1.2. Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi………………………………………………………………..…….15
    II Bob. Yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari……………………………………….……19
    2.1. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi…………………………...……19
    2.2. Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va O‘zbekistondagi ilg‘orlar tajribalari. ……………………………………………..26
    Xulosa………………………………………………………………….…………30
    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………..….….……32
    Kirish
    Mavzuning dolzarbligi: Shavkat Mirziyoyev - aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to‘la oqlash, unga munosib bo‘lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday sharaf barchangizga nasib etsin. Qishloq va suv xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish va ularning iqtisodiyotini talab va taklif qonunlarining amal qilishi asosida rivojlantirish, ko‘p jihatdan kadrlar tayyorlashning muvaffaqiyatli hal etilishiga bog‘liq. Bu muammolarni hal etishda suv xo‘jaligi iqtisodiyoti fanini talabalar tamonidan chuqur o‘rganishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur fanni o‘qitish jarayonida talabalarga qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, ularni bosqichma–bosqich bozor munosabatlariga o‘tkazish, ishlab chiqarish faoliyatining biznes rejasini tuzish,
    loyiha smeta xujjatlarini tuzish, meliorativ tadbirlar o‘tkazish, ularning iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va boshqa dolzarb muammolarni o‘rgatadi. Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti fani bo‘lajak mutaxassislarning professional faoliyatida zarur bo‘ladigan tegishli bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mazkur fan talabalarga belgilangan bilimlarni beradi, ularning ijodiy faolliyati va qobiliyatlarini rivojlantiradi, iqtisodiy qonunlarni, printsiplarni, texnika va texnologiyalarni mukammal o‘rganib olish uchun zarur bilimlar bilan qurollantiradi. Mazkur fanni o‘rganish uchun «iqtisodiy nazariya asoslari», qishloq xo‘jaligi melioratsiyasi, sug‘orish tizimlaridan foydalanish, Yer va Suv resurslaridan kompleks foydalanish, qishloq xo‘jalik iqtisodi, statistika, tarmoqni boshqarish, buxgalteriya hisobi va moliyalashtirish fanlarini ham o‘rganish zarur. O‘quv jarayonini tashkil qilishda kompyuter yordamida tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va uning samaradorligini aniqlash bo‘yicha hisob kitoblar bajariladi. Bundan tashqari o‘quv jarayonida mavzular bo‘yicha maxsus jadvallar va plakatlardan, o‘quv videofilm va kinofilmlardan foydalaniladi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti fanining ahamiyati, maqsadi, vazifalari, yer va suv resurslarning joylashishi, ulardan foydalanishining hozirgi kundagi ahvoli, ulardan foydalanishni yaxshilash yo‘llari yoritilgan. Suv xo‘jaligi iqtisodiyoti fanining predmeti bo‘lib, ushbu tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan maqsadga muvofiq tadbirlar va uning rivojlanishida ishtirok etadigan iqtisodiy qonuniyatlar hisoblanadi, fanning mazmuni esa uning oldiga qo‘yilgan, yechilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalardan iboratdir. Kurs ishining obyekti va predmeti: Suv xo‘jaligida loyhalashtirish ishlari muhim masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib tarmoqda quriladigan ob’ektlarni loyhalashtirishning iqtisodiy asoslari bayon qilingan. Kurs ishining nazariy-uslubiy asoslari Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining Orol dengiz havzasiga qarashli qismida 8 mln. gektar atrofida yer sug‘oriladi. Huddi shu hududda bir yilda ichimlikka va sug‘orish uchun yaroqli 126 mlrd. m3 suv paydo bo‘ladi. Bu hududda paydo bo‘ladigan suvning hajmi har bir gektar sug‘oriladigan yer hisobiga 15750 m3 dan to‘g‘ri keladi. Agarda bir gektar yerga paxta ekib, undan o‘rtacha 25-30 sentner hosil olinadigan bo‘lsa, bir gektar yerni sug‘orish uchun manbadan olinadigan suvning hajmi kamida 10 ming m3 ni tashkil qiladi. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, to‘rt ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.



    Download 246,78 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 246,78 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yer osti suvlaridan unumli foydalanish

    Download 246,78 Kb.