|
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish
|
bet | 4/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 246,78 Kb. | | #240996 |
Bog'liq Yer osti suvlaridan unumli foydalanish11231231231231-jadval
Suvning mamlakat hududi bo‘yicha taqsimlanishidagi notekislik uning mavsumiy tebranishlari tufayli kuchayib boradi. Suv balansi va uning yil, fasllari bo‘yicha taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanish xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz ko‘pchilik daryolari uchun asosiy manba tog‘lardagi qordir. Bunday rayonlarda asosiy suv oqimi bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Amudaryo va Sirdardaryo uchun asosiy suv manbai muzliklar hisoblanadi, suvning katta qismi yoz faslida oqadi. Daryo suvlarining yil fasllari bo‘ylab noqulay taqsimlanishi suv resurslaridan foydalanishni qiyinlashtiradi va xo‘jalik balanslarida tanglikni vujudga keltiradi. Chuchuk suv tanqisligi suv resurslarning asosiy qismi ekinlarni sug‘orishga ketadigan qurg‘oqchil mintaqada ayniqsa keskin seziladi. Suv tanqisligini qisqartirish, ta’minotini yaxshilash maqsadida Orol dengizi havzasida qator suv omborlari va bir qancha yirik kanallar qurildi. Bularga suv sig‘imi 20 mlrd. m3 keladigan Norin daryosiga qurilgan Toktagul suv ombori, har biri 2 mlrd. m3 suv sig‘diradigan Andijon va Chorvoq suv omborlari, 4 mlrd m3 hajmiga ega Qayraqqum suv ombori, 3,75 mlrd m3 suv sig‘diradigan «Chordora» suv ombori Sirdaryo havzasida, 10 mlrd. m3 hajmiga ega bo‘lgan Amudaryo havzasidagi Nurak va Tuyamuyun suv omborlari, 2 mlrd. m3 suv sig‘imiga ega bo‘lgan
Talimorjan suv omborining qurilishi butun Orol dengizi havzasida tashkil topadigan suv tanqisligini birmuncha yumshatilishiga olib keladi. Mamlakat viloyatlarida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida bir qancha yirik kanallar qurildi. Bular jumlasiga «katta Farg‘ona», «katta Andijon», «katta Namangan» kanallari Farg‘ona vodiysida, «Janubiy Mirzacho‘l» kanali Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, «Parkent» va «Toshkent» kanallari Chirchiq daryosi vohasida
qurildi. Amudaryo vohasida «Qarshi magistral» kanali, Amu–zang Amubuxoro kanali, Qoraqum va boshqa qator kanallar qurildi. Bularning hammasi qishloq xo‘jaligini, energetikani, sanoat va halq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida mavjud suv zahiralarini tartibga solish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni
yo‘lga qo‘yishiga qaramasdan tarmoqlarni suv bilan ta’minlashni uddasidan chiqa olmayapti. Shuning uchun ham sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi taraqqiyotining yuksak sur’atlar bilan rivojlanishining ichki rayonlarning iqtisodiy rivojlanishiga jalb etilishi yer usti suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta taqsimlashni yaxshi yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Buning uchun esa suv xo‘jaligi tadbirlarini hal etishda kompleks yondoshuv zarur bo‘ladi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish nafaqat daryolar, havzalari
bo‘yicha balkim viloyatlar bo‘yicha ham ko‘rib chiqilishi kerak. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lgan suv resurslari moddiy tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo‘jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi. Suv resurslarning vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning mintaqa ko‘lamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo‘jaliga kompleksining asosiy vazifasidir. Mantaqa suv resurslardan kompleks foydalanish tarmoqlaridan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvdan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Deyarli, barcha yirik havzalarda suv xo‘jaligini rivojlantirish xolatini va istiqbollarini xarakterlovchi suv xo‘jaligi sxemalari mavjuddir. Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo‘lib, suv resurslari umumiy mintaqalari bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy qismi daryolar suviga to‘g‘ri keladi. Daryolar suvining o‘rtacha ko‘p yillik kattaligi yiliga 126 mlrd m3 ni tashkil etadiki, bu kishi boshiga yiliga 17 ming m3 suv to‘g‘ri keladi. Suvlarning ko‘pgina resurslari yirik tog‘ muzliklari va yer osti havzalaridadir. Chuchuk va kam mineralli yer osti suvlarining ishlatiladigan resurslari 65 km3 dir. Lekin suv resurslari Orol dengizi hududida juda notekis taqsimlangan. Ularning 80% ga yaqini hozircha kam o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligi tabiiy yog‘inlar hisobiga rivojlana oladigan tog‘li sharqiy rayonlarga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda aholi sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning 80% joylashgan g‘arbiy va janubiy rayonlargi suv resurslarining 12%
igina to‘g‘ri keladi. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligini intensivlash darajasining yuksalishi, aholi sonining o‘sishi bilan chuchuk suv iste’moli yil sayin oshib bormoqda. 1950 yilda umumiy suv olish mamlakat bo‘yicha 40 km3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 yilda 50 km3 ni. 1970 yilda 55 km3 ni, 1980 yilda 57 km3 ni, 1985 yilda 60 km3 ni, va 2002 yilda esa 56 km3 ni tashkil etdi. Suv sarfi jadal sur’atlarda ko‘payib bormoqda, 50 yil ichida u 1,5 marta o‘sdi. Yaqin kelajakda suvga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi. Viloyatlar bo‘yicha aholi jon boshiga va qishloq xo‘jalik yerlari birligiga hisoblaganda suv resurslari bilan ta’minlanganlik. Suvning hudud jihatdan taqsimlanishidagi tengsizlik uning mavsumiy va yilliktebranishlari tufayli kuchayib bormoqda. Suv balansi va uning yil fasllari bo‘yicha taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanishi xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz ko‘pchilik daryolarini suv bilan ta’minlanishning asosiy manbai qor ko‘rinishidagi yog‘inlardir. Bunday rayonlarda asosiy suv oqimi bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Muzliklardan suv bilan ta’minlanadigan daryolar havzalarida suvning katta qismi yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Daryo suvining yil fasllari bo‘yicha bunday tengsizligi suv resurslaridan foydalanishni qiyinlashtiradi va suv xo‘jaligi balanslarida tanglikni vujudga keltiradi. Chuchuk suv tankisligi suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishga ketadigan qurg‘oqchilik mintaqasida ayniqsa keskin seziladi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanishda tubdan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, ko‘pdan ko‘p yirik gidrouzellar qurildi, ulkan suv omborlari va katta kanallar
barpo etiladi. Suv resurslarini qayta taqsimlash maqsadida g‘oyat ko‘p suv oqiziladigan Qarshi magmstral kanali, Amu-Buxoro, katta Farg‘ona, katta Andijon, katta Namangan, Do‘stlik, Janubiy Mirzacho‘l va boshqa ko‘plab kanallar qurildi.
Orol dengizi havzasida jami sig‘imi 72 km3 ni tashkil etadigan 105 yaqin suv omborlari barpo etildi. Ular orasida daryolarning kafolatlangan suv oqimini 20-25% oshirish imkonini beradigan 52 km3 foydali umumiy hajmli 10 dan ko‘prok yirik suv omborlari bor. Bularning hammasi energetikani rivojlantirishga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi, tartibga solingan suvlar mintaqasini ko‘paytirdi va ulardan foydalanishni puxta yo‘lga qo‘ydi. Biroq sanoat va qishloq xo‘jaligi taraqqiyotining yuksak sur’atlari, yangi rayonlarning iqtisodiy rivojlanishga jalb etilishi yer usti suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta taqsimlashni talab qilmoqda. Daryo suvlarini qayta taqsimlashning hozirgi darajasi halq xo‘jaligining barcha ehtiyojlarini qondirmayotir. O‘rta Osiyo respublikalarida, Qozog‘istonda katta suv tanqisligi kuzatilmoqda. Suv resurslaridan halq xo‘jaligining ko‘p sohalarida boshqa ko‘p maqsadlar uchun ham foydalaniladi, shuning uchun suv xo‘jaligi tadbirlarini hal etishda kompleks yondashuv hisobga olinadi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish iqtisodiy region yoki daryo havzasiga nisbatan
qarab chiqiladi. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lgan suv resurslari moddiy va tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo‘jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi. Suv resurslarining vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha region ko‘llamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo‘jaligi kompleksi (VXK)ning asosiy vazifasidir. Region suv resurslaridan kompleks foydalanish tarmoqlardan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvlardan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Deyarli barcha yirik havzalarda suv xo‘jaligi sxemalari mavjuddir. Suv bilan ta’minlash, sug‘orish gidroenergetika, kemalar qatnovi, baliq xo‘jaligi va boshqalar suv xo‘jaligi kompleksining asosiy qismlaridir. Suv bilan ta’minlash–bu, suvni iste’molchilarga yetkazib berishdir. Region ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi, mehnat resurslarining mavjudligi va joylashishi suv ta’minoti bilan bog‘liq bo‘ladi. Suv bilan ta’minlash suvning sifatiga suv xo‘jaligi
kompleksining boshqa turlariga bo‘lganidan ko‘ra yuqoriroq talablar qo‘yadi. Suv ta’minotining quyidagi turlari farq qilinadi: kommunal, sanoat, qishloq xo‘jalik, temir yo‘l va hokazo suv ta’minoti. Har qaysi suv ta’minoti turi o‘z xususiyatlariga egadir. Uy-joy qurilishining katta ko‘lamlari kommunal va suv sporti inshootlarining barpo etish aholi punktlarini suv bilan ta’minlash manbalari quvvatini keskin oshirishni talab etadi. Hozirgi vaqtda kommunal maishiy xo‘jalik olinayotgan jami suvning 6% idan ko‘prog‘ini iste’mol qilmoqda.
Suvning talay qismidan sanoatda foydalaniladi. 1 tonna po‘lat ishlab chiqarish uchun mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 350 m3 suv iste’mol qilinadi. Temir qotishmalari zavodlaridagi suv iste’moli 1 tonna mahsulot hisobida qariyib 800 m3 ni tashkil etadi. 1 tonna ipak tayyorlash uchun 1200 m3 suv 1 tonna kapron tola ishlab chiqarish uchun esa 2500 m3 suv kerak bo‘ladi. 1998 yilda olinadigan butun suvning 25% i sanoat suv ta’minotiga sarflanadi. Qishloq xo‘jaligi mamlakatimizdagi barcha suv iste’molchilari orasida alohida o‘rin tutadi. Iste’mol qilinadigan chuchuk suvning 50 km3 uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p suv sug‘orishga ketadi. Ham umumiy, ham ulushli suv iste’moli sug‘orishning asosiy
xususiyatidir. Sug‘orishga har yili 45-50 km3 suv yoki olinadigan butun suvning 80% idan ko‘prog‘i ketadi. Bunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari hissasiga mamlakatda iste’mol qilinadigan sug‘orish suvining 18%, Toshkent viloyati hissasiga 6,2%, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hissasiga 10,5%, Zarafshon vodiysi viloyatlari hissasiga 17,0%, quyi Amudaryo viloyatlari hissasiga 25,5%, Qashqadaryo, Surxondaryoga 19,5% to‘g‘ri keladi. Kelajakda qishloq xo‘jaligi uchun suv olish tahminan 1,2 baravar ko‘payadi. Olinadigan butun suvning 70% dan ko‘prog‘i qaytmas tarzda iste’mol qilinadi. Bunda sug‘orishda suvni qaytmas tarzda iste’mol qilishga olinadigan suvning 85% iga yaqini sarf bo‘ladi, vaxolanki kommunal xo‘jalikda 16% i sanoatda esa 9% i sarf bo‘ladi. Toza suvning ko‘p qismi ifloslangan suvlarga qo‘shishga va ular iflosligi darajasini yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan kontsentratsiyagacha pasaytirishga sarflanadi. Yer ustida oqadigan suvlardan foydalanish bilan birga yer osti suvlariga ham katta e’tibor beriladi. Yer osti suvlaridan foydalanish hisobiga suv chiqariladigan o‘tloqlar
shuningdek sug‘oriladigan yerlar maydonlarini kengaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda yer osti suvlari bilan sug‘oriladigan yer maydonlari jami sug‘oriladigan yerlar maydonnining 0,5% ini tashkil etadi. Suv xo‘jaligi kompleksining asosiy qismlari suv resurslariga turlicha talablar qo‘yadi. Suv gidroenergetika uchun energiya manbai bo‘lishi mumkin. Bu energiya esa sun’iy ravishda qurilgan yoki tabiiy suv tushirgichda hosil qilinishi mumkin. Suv transporti uchun suvdan foydalanishdagi asosiy narsa-novigatsiya davrida zarur chuqurlikni ta’minlashdir. Baliq xo‘jaligida baliqni takror ishlab chiqarish va urchitish uchun xovuzlargina emas, balki ko‘p xollarda daryolar suv oqimining muayyan rejimi ham kerak bo‘ladi. Baliqni tabiiy qayta ishlab chiqarish uchun har yili bahor toshqinlari zarur. Suv muammosi uchta yo‘l bilan hal qilinadi. Birinchidan, daryo suvini to‘la tartibga solish kerak. Daryo suvi suv omborlari qurish yo‘li bilan tartibga solinadi. Suv omborlari qurish ko‘p maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu qurilish suv ta’minotini yo‘lga qo‘yishi daryolar suvini tartibga solishi, energiya resurslaridan foydalanishni ta’minlashi, sug‘orish va suv chiqarishni rivojlantirish, transport magistrallarini yaratilishi, baliq xo‘jaligini rivojlantirish va hamda suv toshqinlari oldini olish kerak. Ikkinchidan, bu qurilish suv havzalari o‘rtasida suvni qayta taqsimlash yo‘li bilan suv resurslari haddan ziyod bo‘lgan rayonlardan ularning anchagina qismini suv xo‘jalik rayonlarga olib borish imkonini beradi. Suv resurslarini xudud bo‘yicha qayta taqsimlash ishlari mamlakatimizda ko‘p vaqtdan buyon o‘tkazib kelinadi. Hozirgi vaqtda Amudaryo suvining bir qismi Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlariga yetkazib berilmoqda. Kelgusida bu kanallar Qizilqum ichiga kirib boraveradi. Uchinchidan har bir havza ichida suvni tejab sarflashga qaratilgan suv xo‘jaligi va tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlarga suv xo‘jaligi tizimlarini qayta tuzish, oqova suvlardan takroran foydalanish, yangi texnikani, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan suv iste’molchilari o‘rtasida bozor munosabatlarini joriy qilish kiradi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini ancha oshiradi. Bu holda suv xo‘jaligi tadbirlariga tor idoraviy yondashuvga chek qo‘yiladi, ularning halq xo‘jalik ahamiyati to‘la hisobga olinadi, suvlarni ifloslanish va tugab qolishdan
saqlash bo‘yicha talablarga albatta rioya qilinadi.
|
| |