|
II Bob. Yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari
|
bet | 6/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 246,78 Kb. | | #240996 |
Bog'liq Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123II Bob. Yer osti suvlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish samaradorligini oshirish tadbirlari
2.1. Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi.
Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun ularning qaysi yo'llar bilan sarflanishini bilish zarur. Davlat Gidrologiya instituti ma'lumotlariga ko'ra o'tgan asrning 70 yillarida daryo oqimining tabiiy sarflanishi Sirdaryo va Amudaryo havzalarida mos ravishda yiliga o'rtacha 1,7 va 3,3 km3 ni tashkil etgan. Y.N.Minaevaning aniqlashicha, hisobga olinmagan xar hil omillar tasiridagi yo'qotish DGI ma'lumotiga ko'ra 70-yillarda Sirdaryo va Amudaryo havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km3 va 15,5 km3 ga teng bo'lgan. Ko'rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi juda kattadir. Asosiy qism. Ekin turidan biri hisoblangan paxta maydonini har gektarini sug'orish uchun bir mavsumda o'rtacha 8-10 ming m3 suv me'yor sifatida qabul qilinishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini ko'ramiz. Qoradaryo, Norin, Oqbo'yra, Aravon, Maylisoy, bundan tashqari sug'orish uchun kovlangan tik quduqlar va buloqlar Farg'ona vodiy Andijon viloyatining suv manbalari hisoblanadi. Sug'orish manbalariga ekin ekiladigan maydonlaridan Qoradaryoga - 62.0 foiz maydon; Norin daryoga - 29.0 foiz maydon; Oqbo'yra daryoga - 3,0-foiz maydon; Aravonsoyga - 2,8 foiz maydon; Maylisoyga - 3,2 foiz bog'langan. Andijon suv ombori qurilishi natijasida sug'oriladigan yerlarning suv ta'minoti salmoqli darajada yaxshilandi biroq, sug'orma suvga bo'lgan ehtiyojni to'liq qoplash masalasi kun tartibidan olinmadi. Katta daryolar suvlari ma'danlashganlik darajasi, shimirilish sabablari, yer osti suvlarining tarkibi hamda sug'orishga yaroqligi o'rganildi.
Qoradaryoning sersuv davri (mart-avgust)da suvining ma'danlashganligi 0,3...0,4 g/l teng bo'lib, tarkibi bo'yicha u gidrokarbonatkalsiylikdir. Suvi oz davrida ma'danlashganligi birmunchaga (0,5...0,6 gacha) ortadi, suvining tarkibi sulfat - gidrokarbonat - natriy - kalsiyga almashadi.
Halq xo‘jaligi iqtisodiyotining tez o‘sishi va shahar qurilishining rivojlanishi bilan suvga ehtiyoj ko‘payadi. Bu esa suvdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishning ahamiyatini oshiradi. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligining industrial negizga o‘tkazilishi va kommunal–maishiy xo‘jalikning o‘sishi ishlatilgan suvlar hajmi ko‘payishiga olib keladi. Ishlatilgan suvlarni ajratish suv muhitini ifloslanishining asosiy sababidir. Xovuzlar kislorod mintaqasini ancha yomonlashtiradigan ko‘k-yashil suv o‘tlarining rivojlanishi natijasida suv omborlaridagi suvlar sifati yomonlashmoqda. Daryolarga iliq suvlarni oqizish va qishloq xo‘jalik yerlari o‘g‘itlari qoldiqlarini tashlash, ko‘k-yashil suv o‘tlari o‘sishi sabablaridan biridir. Qishloq xo‘jaligini ximizatsiyalash suv manbalarining zaharli ximikat va o‘g‘itlar bilan bevosita ifloslanishga olib keladi. Bu ximikat va o‘g‘itlar daryolarga tuproq yer osti va sug‘orish tizimlarining drenaj suvlari bilan birga tushadi. Bu narsa sug‘orma sholikorlik tizimlarida ko‘proq uchraydi. Xovuzlarning oqova suvlar bilan ifloslanishi halq xo‘jaligiga katta zarar keltiradi. Xukumatimiz suv resurslari muhofazasi bo‘yicha bir qancha choralar belgilaganlar. 1996 yilda Vazirlar Mahkamasi «mamlakat suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ular muhofazasini kuchaytirish choralari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. 1997 yilda Suv muammolari instituti tuziladi. 1996 yilda O‘zbekiston Oliy Majlisi suv to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi. Davlat bu qonun bilan suv resurslari umum halq boyligi va ulardan oqilona foydalanish hamda ularni ifloslanishdan muhofaza qilish–davlat ahamiyatiga ega ish ekanligini yana bir bor tasdiqladi. Qonunda aholining xo‘jalikning–ichish ehtiyojlari birinchi galda qondirilishi printsipi ta’kidlangan. Bu har qanday xo‘jalik faoliyati axolini toza suv bilan me’yor ta’minlashga to‘siq bo‘lmasligi kerakligini bildirdi. Suv to‘g‘risidagi qonunlar asoslarida markaziy muammolardan biri bo‘lgan suv resurslari muhofazasi juda muhim o‘rin tutadi. Xovuzlar ifloslanishi oldini oladigan tozalash inshootlariga ega bo‘lmagan ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish qonun yo‘li bilan ta’qiqlanadi. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni tartibga solib turuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlikning suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari yuzasidan beradigan ko‘rsatmalari idoraviy tobeliklaridan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot hamda muassasalar uchun majburiydir. Suvlarni tartibga solish va muhofaza qilishni nazorat qilish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida davlat suv nazorat inspektsiyasi tuzilgan. Ular faoliyati mintaqasiga havzalarga yaqin iqtisodiy rayonlar bilan birga bir yoki bir nechta daryoning havzasi kiradi.
|
| |