Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va O‘zbekistondagi ilg‘orlar tajribalari




Download 246,78 Kb.
bet8/9
Sana18.05.2024
Hajmi246,78 Kb.
#240996
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123

2.2. Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va O‘zbekistondagi ilg‘orlar tajribalari.
Prezident Sh.M.Mirziyovning Konstitutsiyaning 24 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzalarida va shu asosida yilni “Xalq bilan muloqat va inson manfaatlari” deb atash bo‘yicha tashabbuslari xalq dilidagi, ongi shuuridagi voqyea bo‘ldi. Xalq qabulxonalari mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qilinajak ishlar mamalakatimiz taraqqiyotini, xalqning moddiy farovonligini va madaniy darajasini o‘stirishga yo‘naltirish imkonini beradi.Mamlakatimizda “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ishlab chiqilib qabul qilindi. Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifalardan kelib chiqqan holda ta’sirchan harakatlarni amalga oshirmoq shu kunning dolzarb masalasidir. Iqtisodiy tahlil natijasida faqatgina erishilgan yutuqlarga ijobiy baho berish bilan chegaralanmasdan, qishloq xo‘jaligi korxonalari samaradorlik darajasini oshirish yo‘llari va imkoniyatlari ham aniq va ravshan ko‘rsatib berilishi zarur. Shunday qilib, yuqorida qayd qilinganlardan iqtisodiy tahlilning vazifalarini quyidagicha ifoda qilish mumkin:
■ qishloq xo‘jaligi va undan foydalanish dinamikasini o‘rganish;
■ ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash;
■ xizmat ko‘rsatish hajmini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, ishlarni strategik reja asosida tashkil etish;
■ iqtisodiy tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish foydalanmasdan qolgan ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Investisiya dasturi to‘g‘risidagi” PQ-704-sonli qarori asosida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan Hukumat kafolati bilan Investisiya dasturiga kiritilgan 14 ta loyiha bo‘yicha 76,02 mln. AQSh dollarini o‘zlashtirilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 77,34 mln. AQSh dollaridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi. O‘tgan yilga (44,9 mln. AQSh doll.) nisbatan o‘sish 172,2 foizni tashkil etdi. Mazkur loyihalar Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, OPEK halqaro taraqqiyot Jamg‘armasi va XXRsi Eksimbanki krediti hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat ulushi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda.
Jumladan, Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 74,55 mln AQSh dollarini tashkil etgan 1 ta, Osiyo Taraqqiyot Banki mablag‘lari ishtirokida jami qiymati 300,78 mln. AQSh dollarini tashkil eatadigan 4 ta, XXRsi Eksimbanki kredit mablag‘i ishtirokida umumiy qiymati 93,2 mln. AQSh dollarini tashkil etgan 7 ta va OPEK halqaro taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘lari ishtirokida Loyihaning umumiy qiymati 18,48 mln.AQSh dollarini tashkil etgan 1 ta loyiha amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil Investisiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-704-sonli qaroriga asosan vazirlikka joriy yilda irrigasiya qurilishini olib borish uchun 21,0 mlrd so‘m kapital mablag‘lar limiti ajratilgan. Jami ajratilgan 21 mlrd so‘m kapital qo‘yilmalar limiti irrigasiya qurilishi obyektlari bo‘yicha vazirlikning Ilmiy-texnik kengashi yig‘ilishida taqsimlanib, belgilangan tartibda tasdiqlandi. Ajratilgan kapital qo‘yilmalar limitidan 2,1 mlrd.so‘mi 2017 yilning besh foizli qafolat muddati bo‘yicha kreditor qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirildi, shundan 1,88 mlrd.so‘m Rezaksoy suv ombori qurilishi bo‘yicha ushlama, 2019 yil uchun loyiha ishlarini joriy yilda olib borish uchun 1,05 mlrd.so‘m yo‘naltirildi. Irrigasiya qurilishi obyektlardan 16 tasida belgilangan tartibda tender savdolari orqali pudrat tashkilotlari aniqlandi. 17,4 mlrd.so‘m kapital qo‘yilmalar asosan suv omborlar, nasos stansiyalar, kanallar, gidrotexnik inshootlar va boshqa irrigasiya qurilishi obyektlariga yo‘naltirildi, shu jumladan Namangan viloyatidagi Rezaksoy suv ombori qurilishining ikkinchi navbatini, Jizzax viloyatidagi Arnasoy, Farg‘ona viloyatidagi Markaziy-Farg‘ona suv omborlarini loyihalashtirib, qurilish ishlariga yo‘naltirildi hamda ularga qo‘shimcha mablag‘ ajratilib joriy yilga belgilangan hajmlar bajarildi. Dasturda quyidagi yirik obyektlarda qurilish ishlari davom ettirildi, sug‘oriladigan yerlarga kafolatli suv yetkazib berish uchun kanallarni qurish va tiklash bo‘yicha - Qoraqalpoqiston Respublikasida “Bo‘ston”, Andijon viloyatida “Andijonsoy”, Namangan viloyatida “Podshoota” va boshqa kanallarda, Namangan viloyatida Jidalisoy, Jizzax viloyatida Oqbuloq, Samarqand viloyatida Akchobsoy va Kamongoron suv omborlar va boshqa suv ta’minotini oshirishga qaratilgan suv omborlarda qurilish ishlari olib borildi. 27,9 mlrd.so‘m yoki rejaga nisbatan 111 foiz kapital mablag‘ o‘zlashtirildi, shu jumladan qurilish montaj ishlari 23,1 mlrd.so‘mga (109%) bajarildi. Qishloq xo‘jaligida suvning samaradorligini oshirishga qaratilgan investision loyihalar: • Respublika suv xo‘jaligi infrastrukturasini moderinizasiya qilish maqsadida 20 dan ortiq yirik investision umumiy qiymati 1 mlrd. AQSh dollardan ko‘p bo‘lgan loyihalar amalga oshirilmoqda. • O‘zbekiston Respublikasi drenaj loyihasi - umumiy qiymati 59,88 mln. AQSh dollari, 2010 yilda 5,63 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi; • Amu-Zang mashina kanalini qayta tiklash loyihasi - umumiy qiymati 73.2 mln. AQSh dollari, 2010 yilda 4,5 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi; • OPEK halqaro taraqqiyot Jamg‘armasi mablag‘lari ishtirokida “Buxoro viloyati “Quyi-Mozor” nasos stansiyasini qayta tiklash loyihasi” umumiy qiymati 18,47 mln AQSh dollari 2010 yilda 7,920 mln.AQSh dollari miqdorida o‘zlashtrildi; • Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari yerlarining meliorativ xolatini yaxshilash loyixasi - umumiy qiymati 60.2mln. AQSh dollari, 2010 yilda 5,04 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi. • Osiyo Taraqqiyot Banki mablag‘lari ishtirokida “Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish ” loyixasi umumiy qiymati 144,05 mln. AQSh dollari, 2010 yilda 5,9 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi; • Andijon viloyatidagi Gulbaxor-1K nasos stansiyasining qayta ta’mirlash loyixasi. Umumiy qiymati 5.76 mln. AQSh dollari, 2017 yilda 5.76 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi; • Buxoro viloyatidagi “Quyi-Mozor” nasos stansiyasini qayta tiklash loyihasi - umumiy qiymati 12.0 mln. AQSh dollari, 2010 yilda 0,27 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi; Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash (2- faza) loyihasi - umumiy qiymati 67,96 mln. AQSh dollari, 2010 yilda 7.30 mln. AQSh dollari o‘zlashtirildi


Xulosa
Suv resurslari mamlakatimiz qishloq xo‘jaliging qon-tomiri sifatida doimiy almashtirib bo‘lmas resurs bo‘lib kelgan. Doimiy olib borib kelinayotgan islohotlar ham cuv resurslarini qamrab olgan. Shuning natijasi sifatida qishloq xo‘jaligida suv resusrlarini boshqarish va u bilan ta’minlash borasida hududiy tamoyildan havza taomyiliga o‘tildi. Bu islohotlar natijasida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, suvdan foydalanuvchilar uyushmasi kabi tashkilotlar yuzaga keldi. Ular davlat tomonidan suv xo‘jaligiga ajratilayotgan pul mablag‘larining yetishmasligi, suv resurslarining yildan-yilga taqchilligi oshib borayotganligi, cuv isrofgarchiligini ko‘payib borayotganligi sabab yuzaga keldi. Hozirgi kunda suv resurslari bilan ta’minlash muammosi yanada kuchayib borayotganligi uchun mazkur mavzuni o‘rgandik O‘zbekiston Respublikasi har yili o‘rtacha 60 mlrd m3 suv iste’mol qiladi. Shundan 50 mlrd m3 sug‘orma dehqonchilik uchun sarflanadi. Har bir gektar sug‘oriladigan maydonga 11- 12 ming m3 dan to‘g‘ri keladi. Viloyatlar bo‘yicha suv taqsimoti har bir gektar hisobiga 9 ming m3 (Jizzax viloyatida)dan 18,5 ming m3 (Xorazm viloyati)gacha farq qiladi. Har 11-13 yilda
bir marta ro‘y beradigan suv tanqisligini oldini olish maqsadida Sirdaryo va Amudaryo suvlarini tartibga solish uchun ko‘plab yirik suv omborlari barpo etilgan. Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligi sug‘orish tizimining foydalanish ish koeffitsiyenti, suvdan foydalanish koeffitsiyenti va sug‘oruv suvining unumdorligi va har bir m3 suv hisobiga olingan foydaning miqdori bilan o‘lchanadi. Suv manbalarini ifloslanishidan muxofaza qilish muammosi hozirgi kunda o‘ta dolzarb hisoblanadi. Bu muammoni yechish 3 yo‘nalishda hal qilinmoqda: 1. Suvlarni tozalash ishlari ko‘lami kengaytirilmoqda. 2. Oqova suvidan dehqonchilikda foydalanish kengayib bormoqda. 3. Sanoat korxonalarida suvdan yopiq sikl bo‘yicha qayta-qayta foydalanishga qaratilgan tadbirlar qo‘llanilmoqda.
Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lgan suv resurslari moddiy tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo‘jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi. Suv resurslarning vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning mintaqa ko‘lamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo‘jaliga kompleksining asosiy vazifasidir. Mantaqa suv resurslardan kompleks foydalanish tarmoqlaridan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvdan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Deyarli, barcha yirik havzalarda suv xo‘jaligini rivojlantirish xolatini va istiqbollarini xarakterlovchi suv xo‘jaligi sxemalari mavjuddir. Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo‘lib, suv resurslari umumiy mintaqalari bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy qismi daryolar suviga to‘g‘ri keladi. Daryolar suvining o‘rtacha ko‘p yillik kattaligi yiliga 126 mlrd m3 ni tashkil etadiki, bu kishi boshiga yiliga 17 ming m3 suv to‘g‘ri keladi. Suvlarning ko‘pgina resurslari yirik tog‘ muzliklari va yer osti havzalaridadir. Chuchuk va kam mineralli yer osti suvlarining ishlatiladigan resurslari 65 km3 dir. Lekin suv resurslari Orol dengizi hududida juda notekis taqsimlangan. Ularning 80% ga yaqini hozircha kam o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligi tabiiy yog‘inlar hisobiga rivojlana oladigan tog‘li sharqiy rayonlarga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda aholi sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning 80% joylashgan g‘arbiy va janubiy rayonlargi suv resurslarining 12%
igina to‘g‘ri keladi. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligini intensivlash darajasining yuksalishi, aholi sonining o‘sishi bilan chuchuk suv iste’moli yil sayin oshib bormoqda. 1950 yilda umumiy suv olish mamlakat bo‘yicha 40 km3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 yilda 50 km3 ni. 1970 yilda 55 km3 ni, 1980 yilda 57 km3 ni, 1985 yilda 60 km3 ni, va 2002 yilda esa 56 km3 ni tashkil etdi. Suv sarfi jadal sur’atlarda ko‘payib bormoqda, 50 yil ichida u 1,5 marta o‘sdi.



Download 246,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 246,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va O‘zbekistondagi ilg‘orlar tajribalari

Download 246,78 Kb.