|
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish
|
bet | 2/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 246,78 Kb. | | #240996 |
Bog'liq Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123ADABIYOTLAR TAHLILI
Bularning hammasi qishloq xo‘jaligini, energetikani, sanoat va halq xo‘jaligining hamma tarmoqlarida mavjud suv zahiralarini tartibga solish va ulardan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘yishiga qaramasdan tarmoqlarni suv bilan ta’minlashni uddasidan chiqa olmayapti. Shuning uchun ham sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi taraqqiyotining yuksak sur’atlar bilan rivojlanishining ichki rayonlarning iqtisodiy rivojlanishiga jalb etilishi yer usti suv zahiralaridan ancha oqilona foydalanish va ularni qayta taqsimlashni yaxshi yo‘lga qo‘yilishini talab etadi. Buning uchun esa suv xo‘jaligi tadbirlarini hal etishda kompleks yondoshuv zarur bo‘ladi. Suv resurslaridan kompleks foydalanish nafaqat daryolar, havzalari
bo‘yicha balkim viloyatlar bo‘yicha ham ko‘rib chiqilishi kerak. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo‘lgan suv resurslari moddiy tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo‘jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi. Suv resurslarning vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga bo‘lgan ehtiyojni qondirishning mintaqa ko‘lamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo‘jaliga kompleksining asosiy vazifasidir. Mantaqa suv resurslardan kompleks foydalanish tarmoqlaridan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvdan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Deyarli, barcha yirik havzalarda suv xo‘jaligini rivojlantirish xolatini va istiqbollarini xarakterlovchi suv xo‘jaligi sxemalari mavjuddir. Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo‘lib, suv resurslari umumiy mintaqalari bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy qismi daryolar suviga to‘g‘ri keladi. Daryolar suvining o‘rtacha ko‘p yillik kattaligi yiliga 126 mlrd m3 ni tashkil etadiki, bu kishi boshiga yiliga 17 ming m3 suv to‘g‘ri keladi. Suvlarning ko‘pgina resurslari yirik tog‘ muzliklari va yer osti havzalaridadir. Chuchuk va kam mineralli yer osti suvlarining ishlatiladigan resurslari 65 km3 dir. Lekin suv resurslari Orol dengizi hududida juda notekis taqsimlangan. Ularning 80% ga yaqini hozircha kam o‘zlashtirilgan va qishloq xo‘jaligi tabiiy yog‘inlar hisobiga rivojlana oladigan tog‘li sharqiy rayonlarga to‘g‘ri keladi. Ayni vaqtda aholi sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning 80% joylashgan g‘arbiy va janubiy rayonlargi suv resurslarining 12% igina to‘g‘ri keladi. Sanoatning rivojlanishi, qishloq xo‘jaligini intensivlash darajasining yuksalishi, aholi sonining o‘sishi bilan chuchuk suv iste’moli yil sayin oshib bormoqda. 1950 yilda umumiy suv olish mamlakat bo‘yicha 40 km3 ni tashkil etgan bo‘lsa, 1960 yilda 50 km3 ni. 1970 yilda 55 km3 ni, 1980 yilda 57 km3 ni, 1985 yilda 60 km3 ni, va 2002 yilda esa 56 km3 ni tashkil etdi. Suv sarfi jadal sur’atlarda ko‘payib bormoqda, 50 yil ichida u 1,5 marta o‘sdi. Yaqin kelajakda suvga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshadi. Viloyatlar bo‘yicha aholi jon boshiga va qishloq xo‘jalik yerlari birligiga hisoblaganda suv resurslari bilan ta’minlanganlik. Suvning hudud jihatdan taqsimlanishidagi tengsizlik uning mavsumiy va yilliktebranishlari tufayli kuchayib bormoqda. Suv balansi va uning yil fasllari bo‘yicha taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanishi xarakteri katta ta’sir ko‘rsatadi.
|
| |