|
I. Bob. Yer osti resurslarining roli va ulardan xalq xo‘jaligida kompleks foydalanish
|
bet | 3/9 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 246,78 Kb. | | #240996 |
Bog'liq Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123I. Bob. Yer osti resurslarining roli va ulardan xalq xo‘jaligida kompleks foydalanish
1.1. Markaziy Osiyo davlatlari suv zahiralari
Suvning mamlakat hududi bo’yicha taqsimlanishidagi notekislik uning mavsumiy tebranishlari tufayli kuchayib boradi. Suv balansi va uning yil, fasllari bo’yicha taqsimlanishiga daryolarning suv bilan ta’minlanish xarakteri katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimiz ko’pchilik daryolari uchun asosiy manba tog’lardagi qordir. Bunday rayonlarda asosiy suv oqimi bahor fasliga to’g’ri keladi. Amudaryo va Sirdardaryo uchun asosiy suv manbai muzliklar hisoblanadi, suvning katta qismi yoz faslida oqadi. Daryo suvlarining yil fasllari bo’ylab noqulay taqsimlanishi suv resurslaridan foydalanishni qiyinlashtiradi va xo’jalik balanslarida tanglikni vujudga keltiradi. Chuchuk suv tanqisligi suv resurslarning asosiy qismi ekinlarni sug’orishga ketadigan qurg’oqchil mintaqada ayniqsa keskin seziladi. Suv tanqisligini qisqartirish, ta’minotini yaxshilash maqsadida Orol dengizi havzasida qator suv omborlari va bir qancha yirik kanallar qurildi. Bularga suv sig’imi 20 mlrd. m3 keladigan Norin daryosiga qurilgan Toktagul suv ombori, har biri 2 mlrd. m3 suv sig’diradigan Andijon va Chorvoq suv omborlari, 4 mlrd m3 hajmiga ega Qayraqqum suv ombori, 3,75 mlrd m3 suv sig’diradigan «Chordora» suv ombori Sirdaryo havzasida, 10 mlrd. m3 hajmiga ega bo’lgan Amudaryo havzasidagi Nurak va Tuyamuyun suv omborlari, 2 mlrd. m3 suv sig’imiga ega bo’lgan Talimorjan suv omborining qurilishi butun Orol dengizi havzasida tashkil topadigan suv tanqisligini birmuncha yumshatilishiga olib keladi. Mamlakat viloyatlarida suv ta’minotini yaxshilash maqsadida bir qancha yirik kanallar qurildi. Bular jumlasiga «katta Farg’ona», «katta Andijon», «katta Namangan» kanallari Farg’ona vodiysida, «Janubiy Mirzacho’l» kanali Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida, «Parkent» va «Toshkent» kanallari Chirchiq daryosi vohasida qurildi.Amudaryo vohasida «Qarshi magistral» kanali, Amu–zang Amubuxoro kanali, Qoraqum va boshqa qator kanallar qurildi. Bularning hammasi qishloq xo’jaligini, energetikani, sanoat va halq xo’jaligining hamma tarmoqlarida mavjud suv zahiralarini tartibga solish va ulardan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yishiga qaramasdan tarmoqlarni suv bilan ta’minlashni uddasidan chiqa olmayapti.
Suv resurslaridan kompleks foydalanish Suv resurslaridan kompleks foydalanish nafaqat daryolar, havzalari bo’yicha balkim viloyatlar bo’yicha ham ko’rib chiqilishi kerak. Bunda tabiiy muhitning tarkibiy qismi bo’lgan suv resurslari moddiy tabiiy resurslarni oqilona ixtisoslashtirish hamda ulardan samarali foydalanish asosida halq xo’jalik tarmoqlarini hudud jihatdan tashkil etishni shartlaydi.Suv resurslarning vujudga kelayotgan tanqisligi sharoitida suvga bo’lgan ehtiyojni qondirishning mintaqa ko’lamidagi tavsiyalarni ishlab chiqish suv xo’jaliga kompleksining asosiy vazifasidir. Mantaqa suv resurslardan kompleks foydalanish tarmoqlaridan har birida suvni asosli tarzda taqsimlash maqsadida tuzilgan suvdan oqilona foydalanishning yagona tarmoqlararo sxemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Deyarli, barcha yirik havzalarda suv xo’jaligini rivojlantirish xolatini va istiqbollarini xarakterlovchi suv xo’jaligi sxemalari mavjuddir.Orol dengizi suv havzasi chuchuk suvlarning katta zahiralariga ega bo’lib, suv resurslari umumiy mintaqalari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Suv resurslarining asosiy qismi daryolar suviga to’g’ri keladi.
Markaziy Osiyo davlatlari suv zahiralarining 70-80% Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarini tog‘li o‘lkalari hududlarida joylashgandir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyo davlatlarining Orol dengiz havzasiga qarashli qismida 8 mln. gektar atrofida yer sug‘oriladi. Huddi shu hududda bir yilda ichimlikka va sug‘orish uchun yaroqli 126 mlrd. m3 suv paydo bo‘ladi. Bu hududda paydo bo‘ladigan suvning hajmi har bir gektar sug‘oriladigan yer hisobiga 15750 m3 dan to‘g‘ri keladi. Agarda bir gektar yerga paxta ekib, undan o‘rtacha 25-30 sentner hosil olinadigan bo‘lsa, bir gektar yerni sug‘orish uchun manbadan olinadigan suvning hajmi kamida 10 ming m3 ni tashkil qiladi. Bundan kelib chiqib hulosa qilinadigan
bo‘lsa bu xududlarda juda ko‘p suv sarf qilish evaziga dehqonchilik qilinadi, masalan, O‘zbekiston Respublikasida bir yilda o‘rtacha 60 mlrd. m3 suv iste’mol qilinadi, shundan 50 mlrd. m3 sug‘orma dehqonchilik uchun sarflanadi. Har bir gektar sug‘oriladigan yerga o‘rtacha 11-12 ming m3 suv sarflanadi. O‘zbekistonning o‘z hududida tashkil bo‘ladigan suvning umumiy hajmi 8-10 mlrd. m3 dan oshmaydi, ya’ni, har bir gektar sug‘oriladigan yer hisobiga tahminan 1000 m3 suv barpo bo‘ladi. Bundan kelib chiqib hulosa qiladigan bo‘lsak–O‘zbekiston yarim sahro va sahro mintaqasida joylashganligi sababli o‘z hududida suv tanqisligi o‘ta kuchli hisoblanadi. Demak, mamlakatimizda iste’mol qilinadigan suvning 80% dan ko‘prog‘i Qirg‘iziston va Tojikiston hududidan oqib keladi. Mamlakatimiz hududida suv bilan ta’minlashganlik darajasini quyidagi 1-jadval yordamida ko‘rish mumkin.
|
| |