Yer osti suvlaridan unumli foydalanish




Download 246,78 Kb.
bet7/9
Sana18.05.2024
Hajmi246,78 Kb.
#240996
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123

2 -Jadval
Masalan Amudaryoni boshqarish boshqarmasi va Sirdaryoni boshqarish boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston va viloyatlar inspektsiyasi. Suv manbalarini ifloslanishdan muhofaza qilish muammosi hozirgi vaqtda uch yo‘nalishda hal qilinmoqda. Birinchidan, suvlarni tozalash ishlari qo‘llamini kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun tozalash va boshqa suv muhofazasi inshootlarini qurish sur’atlarining tozalanmagan oqova suvlar tashlab yuborilishi o‘sishining sur’atlaridan orkada qolishiga barxam berish kerak. Ikkinchidan, oqova suvlardan sug‘orma dehqonchilikda foydalanish kengayib bormoqda. Shaharlar maishiy oqova suvlaridan foydalanish uchun sug‘orishning dehqonchilik maydonlari deb atalgan maxsus sug‘orish tizimlari qurilmoqda, tuproq va o‘stiriladigan ekinlar yordamida oqova suvlarning tabiiy bioximik to‘la tozalanishi sodir bo‘ladi. Bunday dalalarda
sanitariya gigiyena muxofazalariga ko‘ra asosan texnika va ozuqa ekinlari o‘stiriladi. Oqova suvlari bilan sug‘orishning muayyan maqulligi bor. Bunda tuproq oqova suvlarni tozalabgina qolmay, balki hosildorlikni ham oshiradi. Tuproqqa nam bilan birga zarur ozuqa moddalari–azot, fosfor, kaliy va mikromoddalar kiradi. Bu moddalar oqova suvlarda yetarli miqdorda hamda o‘simliklar uchun qulay shaklda mavjuddir. Bu narsa qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va barqaror hosil olinishini ta’minlaydi. Kelajakda oqova suvlar bilan sug‘oriladigan maydonlarni yirik shaharlar va sanoat markazlari atrofida ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda. Bu chuchuk suvlarni tejashning qo‘shimcha manbai, suv havzalari ifloslanishiga qarshi ishonchli kurash vositasi va qishloq xo‘jalik mahsuloti ishlab chiqarishni ko‘paytirishning muhim omili xizmatini o‘taydi. Uchinchidan, sanoat korxonalarida suvdan yopiq sikl bo‘yicha qayta-qayta foydalanishga qaratilgan texnologik jarayonlar mutasil takomillashtirilmoqda. Ishlab chiqarishga suv bilan ta’minlashning yopiq tizimlarini joriy qilishga sanoatning ximiya, metallurgiya neftni qayta ishlash va boshqa tarmoqlarida katta ahamiyat berilmoqda. Suv
ta’minotining yopiq jarayonlariga o‘tish suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish muammosini ancha to‘liq hal etish imkonini beradi. Suv resurslarini ifloslanish va tugab qolishdan saqlash ulardan halq xo‘jaligining barcha
tarmoqlarida oqilona foydalanish kompleks dasturining tarkibiy qismidir. Yer resurslaridan samarali foydalanish o‘z navbatida suv resurslaridan ham oqilona foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Chunki o‘simlik dunyosini suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni issiq o‘lka hisoblangan bizning respublikamizda yaqqol ko‘rish mumkin. Shuning uchun suvni tejash, undan oqilona foydalanish qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunida suvning davlat mulki ekanligi, umumiy boylik hisoblanilishi, suvdan oqilona foydalanish lozimligi va u davlat tomonidan qo‘riqlanishi ta’kidlab o‘tilgan. Yana shu qonunda respublikaning yagona davlat suv fondi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlaridan, yer osti suvlari va muzliklardan iboratligi ko‘rsatib o‘tilgan. Mamlakatimizga qardosh Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalaridan Sirdaryo, Amudaryo va Zarafshon kabi daryolar oqib keladi. Ulardan, Orol dengizi va Haydarko‘l kabi ko‘l suvlaridan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi. Shunday qilib, suvning ahamiyatini va uni tejash kerakligini quyidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlash mumkin. Agarda tuproq tarkibidagi namlik 65-80 foiz bo‘lsa, yerdan hosil olish mumkinligi ilmiy tadqiqotlar natijasidan ma’lum. Masalan, 1 s g‘alla (bug‘doy, roj, arpa, tariq)ni olish uchun 30-40 tonna, kartoshka uchun – 18-20 tonna, sholi uchun – 135-140 tonna va paxta uchun – 800-1000 tonna suv zarurdir. Suv o‘simlik uchun fotosintez vazifasini o‘taydi. Ushbu jadvalda qishloq xo‘jalik ekinlarining o‘rtacha sug‘orish soni va normalari ko‘rsatilgan. Belgilangan suv resurslarini nobud etgan korxonalar jarima to‘laydilar. Yuqorida qayd etilgan qonunning 47- «qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish» moddasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: «Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish ishlari jamoat xo‘jaliklari, boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalari hamda dehqon xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yerlarida qulay suv rejimi vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi. Suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish suvdan me’yorlar bo‘yicha foydalanishning belgilangan yo‘siniga rioya etgan holda suvdan umumiy foydalanish tartibida ham, maxsus foydalanish tartibida ham amalga oshiriladi. Suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasini sug‘orish, suv chiqarish, zax qochirish tarmoqlaridan foydalanuvchi organlar belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar». Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanishni rejalashtirish moddasida, sug‘orish, suv chiqarish va sug‘orish - suv chiqarish tarmoqlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridagi suvlardan foydalanish ishlari suvdan foydalanishning ichki xo‘jalik va umumiy tizimi rejalariga asosan yillik amaldagi suv bilan ta’minlanganlik hisobga olingan holda amalga oshirilishi, ikki tomonlama ishlovchi zax qochirish tarmoqlarida suvdan foydalanish meliorasiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish ichki xo‘jalik va umumiy tizimi rejalari asosida amalga oshirilishi, suvdan foydalanuvchi jamoa xo‘jaliklari, boshqa korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalar tomonidan tuzilgan xo‘jalik ichki suvdan foydalanish reja¬lari o‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi suv obyektlaridan foydalanish boshqarmalari bilan muvofiqlashtirilib, tumanlarning hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanishi lozimligi ta’kidlangan. Yana, suvdan foydalanish umumiy tizimi rejalarini: tuman ahamiyatidagi tizimlar bo‘yicha-tumanlarning hokimiyat organlari; viloyat, respublika ahamiyatiga ega tizimlar bo‘yicha tegishli ravishda viloyat, respublika qishloq va suv xo‘jaligi organlari tasdiqlashlari bayon etilgan. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan va lalmikor dehqonchilikga bo‘linadi. Sug‘oriladigan zonalarda yuqorida aytilganidek, suv manbalaridan keladigan suvlardan foydalanilgan holatda dehqonchilik amalga oshiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda suvdan foydalanishnig o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, ular qonunda quyidagicha belgilab qo‘yilgan: «Sug‘orilgan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshoatlari, meliorasiya shahobchalari barpo etilganligi ana shunday yerlarning o‘ziga xos xususiyatidir. Yerdan foydalanish mulkchilikning qaysi shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar, suv fondi yerlaridan, sug‘oriladigan yerlar doirasidagi xo‘jaliklararo kanallar va inshoatlardan, yer osti suvi chiqargichlari yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida foydalaniladi va ular davlat mulki hisoblanib, ularni xususiylashtirish mumkin emas. Daryolar, magistral kanallar, kollektorlar, suv omborlari va boshqa suv havzalarining sohilbo‘yi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichlari sanitariya muhofaza tegralarining I va II poyaslari tabiatni muxofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Sug‘oriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish suvlaridan limit bo‘yicha foydalanishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Suv olish va uning hisob-kitobini qilish ro‘yxatdan o‘tkazilgan suv manbalaridan (xo‘jalik kanallarining bosh inshoatlaridan, quduqlardan, nasos stansiyalari va boshqa suv olish inshoatlaridan) suv ajratish joylarida tuman suv xo‘jaligi organi bilan tuzilgan shartnomaga binoan amalga oshiriladi.
Suv manbalari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlaridan foydalanuvchi qishloq va suv xo‘ja¬ligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlari yer solig‘idan ozod qilinadilar» Lalmikor dehqonchilikda esa ekinlar uchun kerak bo‘lgan namlik yil davomida yog‘adigan yog‘in miqdoriga bog‘liq. Ba’zi mualliflarning hisoblashlaricha, yil davomida yog‘adigan yog‘inlar miqdori o‘rtacha 500 mm. (zonalar bo‘yicha 300-720 mm.)ni tashkil etib, ularning 2/3 ga yaqini (300 mm.) bug‘lanib ketadi. Qolgan 1/3 ga yaqini esa tuproq orqali o‘simlikka o‘tadi. Yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimizda suv zahirasi juda kam. Andijon qishloq xo‘jaligi institutining olimlarining yozishicha, bir davrlarda Amudaryoning suv o‘tkazish qobiliyati 41 kub qilometrga, Sirdaryoniki esa 27,5 kub qilometrga teng edi. Hozirgi paytda har ikkala daryoning suvi keskin kamaygan va mamlakatda 58 kub qilometr miqdorida suv zahirasi bo‘lib, bu mavjud oborotdagi qishloq xo‘jalik yerlarinin 16-17 foizini sug‘orishga yetishi hisoblab chiqilgan. Yer osti suvlaridan foydalanish evaziga suv miqdori 60 kub km ni tashkil etishi hisoblangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kub km chuchuk suvdan 113 ming tonna paxta, 116 ming tonna poliz va sabzavot, 41 ming tonna meva va uzum, 7 ming tonna sut, 400 tonna pilla olishda foydalanish mumkin. Suvdan foydalanishda, eng avvalo, suvga bo‘lgan talabni aniqlash muhimdir. Buning uchun har bir ekin turi bo‘yicha yil mobaynida 1 gektar yer uchun qancha suv zarurligi aniqlanib, uni umumiy ekin maydoniga ko‘paytirish yo‘li bilan topiladi. Suvdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: 1 so‘mlik xarajatlar hisobiga olingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining, sof daromad (foyda) ning o‘sishi va shuningdek, 1 kub metr foydalanilgan suv hisobiga olingan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining, mehnat unumdorligining va sof daromad (foyda) ning o‘sishi hisoblanadi. Suvdan o‘simlikning talabidan kelib chiqqan holda rejali va me’yorda foydalanish yer resurslaridan foydalanishning va bir butun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga olib keladi. Shuning uchun mamlakatimizda suvdan tejab va unumli foydalanish uchun undan foydalanuvchilar oldiga katta vazifalar qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida yuqorida qayd etilgan qonunning 50 – moddasida, ya’ni «Suv obyektlaridan qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanuvchilarning vazifalari» moddasida o‘z aksini topgan:
«Suvdan qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanuvchilar: Suvdan foydalanishning belgilangan limitlari, rejalari, qoidalari, me’yorlari va rejimlariga rioya etishlari, tik drenajni inobatga olgan holda foyda¬lanishning barcha turlari uchun ishlatilayotgan suvni hisobga olib borishlari; Ichki xo‘jalik sug‘orish, suv chiqarish va kollektor-drenaj tarmog‘i hamda undagi inshoatlarni va suv chiqarish quduqlarini texnika jihatidan ishga yaroqli holda saqlashlari; Meliorasiya qilingan yerlarni kompleks rekonst¬ruksiya qilishlari va qishloq xo‘jalik ekinlari hamda o‘simliklarni sug‘orish, shuningdek yaylovlarga suv chiqarishning maqbul rejimini saqlashlari; Suvni tejaydigan texnologiyalar va ilg‘or texnika¬ni joriy etish orqali sug‘orishning uslub hamda usullarini takomillashtirishlari; Qishloq, xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv monitoringa asosida salbiy jarayonlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etishlari; BElgilab olingan aniq maqsadlarga muvofiq, foydalanilayotgan suvlarning samaradorligini oshirishlari shart.
Xo‘jaliklararo meliorasiya tarmoqlarini ishga yaroqli holda saqlab turish uchun suvdan foydalanuvchilar qonunlarda belgilangan tartibda irrigasiya-me-liorasiya ishlarini bajarishga jalb etiladilar».

Download 246,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 246,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer osti suvlaridan unumli foydalanish

Download 246,78 Kb.