Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi




Download 246,78 Kb.
bet5/9
Sana18.05.2024
Hajmi246,78 Kb.
#240996
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yer osti suvlaridan unumli foydalanish1123123123123

1.2. Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi
Yer qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy vositasi sifatida suv bilan birgalikda amal qiladi. Suv esa qishloq xo‘jalik mahsuloti hosil bo‘ladigan muqarrar omildir. Yer optimal namga ega bo‘lgandagina unumdor bo‘ladi va yuqori hosil olinishini ta’minlaydi. Hosil yetishtirish uchun qaytmas tarzda sarflanadigan juda ko‘p suv kerak bo‘ladi. O‘simlik o‘sishi davrida har bir gektar maydon tuprog‘idan minglab tonna suv atmosferaga chiqariladi. Mahsulot hosil bo‘lishi uchun yuzlab kubometr suv o‘simliklar orqali o‘tib, bug‘lanishi kerak. Masalan 1 tonna kartoshka hosili yetishtirishda, suvga ehtiyoj 1500 m3 ni, kuzgi bug‘doy yetishtirishda–600 m3 ni paxta yetishtirishda 3000 m3 ni, sholi yetishtirishda 13500 m3 ni tashkil etadi. Madaniy o‘simliklar me’yorda rivojlanishi uchun tuproqning o‘sish davridagi namligi 70-75% ni tashkil qilish kerak. Hududning katta qismida esa bundan anchagina pastdir. Tuproq namligining kamligi yoki ortiqchaligi qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi darajasiga salbiy ta’sir etadi. Tuproq suv rejimini tuproq aktiv qatlamida namlik aktiv balanslarini hosil qilish va uni butun o‘sish davrida saqlab turishga qaratilgan melioratsiya tadbirlari yordamidagina tartibga solib turish mumkin. Tuproq suv rejimining to‘la tartibga solinadigan turini texnologik jihatdan mukammal sug‘orish tizimlarigina ta’minlay oladi. Qishloq xo‘jaligida sug‘oruv suvidan foydalanish yerdan foydalanish bilan uzviy bog‘liqdir. Suvning iste’mol qiymati sug‘orma dehqonchilikning pirovard natijalari hisobga olingan holdagina ko‘rib chiqilishi mumkin. Ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan suvning qiymati ishlab chiqarish jarayonidan ajratilsa yo‘qoladi. Sug‘orish manbalaridan olingan sug‘oruv suvi o‘z xususiyatiga egadir. Bu suv belgilangan muddatda va kerakli miqdorda muayyan uchastkaga yuborilishi kerak. Bu shartlarni bajarmaslik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘oruv suvidan foydalanish samaradorligini oshirish davlat ahamiyatiga molik vazifa hisoblanadi. Suv resurslaridan samarali foydalanishning mohiyati kam xarajatlar bilan sug‘oruv suvi burligiga eng ko‘p mahsulot olishdadir. Bunga turli xil texnologik, tashkiliy va iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan erishiladi. Sug‘orma dehqonchilikda suvdan foydalanish samaradorligini quyidagi ko‘rsatkichlar xarakterlab beradi. - sug‘orish tizimining foydali ishlashi koeffitsiyenti - sug‘orish tizimida suvdan foydalanish koeffitsiyenti - sug‘oruv suvining unumdorligi
Qishloq xo‘jaligida suvning ko‘pgina qismi qaytmas tarzda sarflanishi qayd qilib o‘tildi. Suvning qaytmas tarzda iste’mol qilinishi sabablaridan biri uning irrigatsiya tizimlarida shimilishi va bug‘lanishi natijasida yo‘qotilishidir. Bu yo‘qotilishlar iste’mol qilinadigan hamma suvning 20-25%ni, goho esa 40% ni tashkil etadi. Suvning yo‘qotilishi sug‘orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyenti (KPD)da aks etadiki bu maydonga oqib boradigan suvning (Wn-t) muayyan davr (dekada, oy, o‘sish davri) ichida sug‘orish manbalaridan (Wbr) olingan suv miqdoriga nisbatidir. KPDs Wnt/Wbr Suv olish hajmi bilanberilgan suv o‘rtasidagi farq shimilishi va bug‘lanishga ketgan yo‘qotishlarni tashkil etadi. [(1-KPD)*100] ifodasi bo‘yicha tizimdagi suv yo‘qotishlar foizi aniqlanadi. Sug‘orish tizimi foydali ishlashi koeffitsiyentiga xo‘jaliklararo shaxobcha (KPD m.x.) va xo‘jalik ichidagi shaxobcha (KPDvx) kiradi va bu ifoda quyidagicha aniqlanadi. КPD КPDmх *КPDvх Foydali ishlash koeffitsiyenti sug‘orish tizimining texnika darajasi, tuproq xarakteri, relef va hokazolarga bog‘liq bo‘ladi. U har bir tizim uchun yil davomida o‘zagarib turadi.Bunda u yerli o‘zanlarda kanallari bo‘lgan va gidrotexnik ishnootlar bilan kam jihozlangan sug‘orish tizimlarida ancha ko‘p tebranib turadi. Respublika viloyatlari bo‘yicha sug‘orish tizimlari xo‘jaliklararo shaxobchasining haqiqatdagi k.p.d. si ko‘rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.

Suvning anchagina qismi xo‘jaliklararo shaxobcha va kanallarida yo‘qoladi. Umuman mamlakat bo‘yicha xo‘jaliklararo va xo‘jaliklar ichidagi shaxobchada sug‘orish manbalaridan olingan butun suv hajmining 40% dan ko‘prog‘i yo‘qoladi. Shuning uchun sug‘orish tizimlar ifoydali ishlash koeffitsiyentining o‘sishi suv tejashining muhim rezervidir. Suvning shaxobchada yo‘qolishi katta moddiy zarar keltiradi. Namning bevosita yo‘qolishidan tashqari, uning shimilib ketishi yer osti suvlari ko‘tarilishiga, tuproqlarni sho‘r bosishiga, sug‘oriladigan yerlar melioratsiya holati yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari bu suvlarni sug‘oriladigan uchastkalardan chetga oqizib yuborish uchun ko‘p mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Suvning dalalarda yo‘qotilishi ham sodir bo‘lib turadi: bunda suvning ma’lum qismi ildizlar o‘sadigan qatlamdan pastga shimilib, yer osti suvlariga qo‘shiladi, shuningdek maydonlar sirtidan bug‘lanib ketadi. Suvning umumiy yo‘qolishlari tizim suvlaridan foydalanish (KIVS)ni koeffitsiyentida aks etadi. Bu koeffitsiyent o‘simliklarning maydonlardagi suvni foydali iste’mol qilishining sug‘orish manbalaridan olingan suv miqdoriga nisbatidir. KIVS Ye•F Wbr bunda: Ye–qishloq xo‘jalik ekinlarining muayyan vaqt ichida foydali suv iste’mol qilishi, m3 ga F – sug‘oriladigan maydonga Wbr – sug‘orish manbaidan olingan suv miqdori, m3 Tizimdagi suvdan foydalanish koeffitsiyenti o‘simliklar hosil yaratish uchun sug‘orish manbaidan olingan suvning qanchasini iste’mol qilishini, [(1-KIVs)•100)] ifodasi tizim va daladagi suv sarfining umumiy foizini ko‘rsatadi. Sug‘oruv suvining umumiy yo‘qolishlari sug‘orish tizimlaridagi svdan ularni texnika jihatdan ishlatishni yaxshilash hisobiga oqilona ishlatish rezervlari mavjudligini ko‘rsatadi. Sug‘oruv suvidan foydalanish unumdorligining ko‘rsatkichi suvdan foydalanish samaradorligining umumlashuvchi ko‘rsatkichidir. Sug‘oruv suvidan foydalanish unumdorligi (POV) ko‘rsatkichi esa tabiiy yoki qiymat ko‘rinishida (AVP) ishlab chiqarilgan mahsulotning sug‘orish manbai (Wbr) dan olingan suvning umumiy hajmiga nisbati sifatida aniqlanadi. POV AVP Wbr Suv tanqis bo‘lgan qurg‘oqchilik rayonlarida yer maydoni gektaridan emas, balki 1 m3 suv hisobiga eng ko‘p mahsulot olish vazifasi qo‘yiladi. Sug‘oruv suvi unumdorligining ko‘rsatkichi sintetik ko‘rsatkichdir. U tuproqning mahsulot ishlab chiqarish hajmida ifodalanadigan iqtisodiy unumdorligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik faoliyati va sug‘orish tizimlarini ishlatish darajasini xarakterlab beradi. Sug‘oruv suvidan oqilona foydalanish muammosi hozirgi vaqtda favqulotda ahamiyat kasb etmoqda. Sug‘orish texnikasini takomillashtirish va mavjud tizimlarni rekonstruktsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Sug‘orish tizimlarining texnika darajasini oshirish (tizimlarini gidrotexnika va suv o‘lchagich inshootlari bilan jihozlash, kanallarga shimilishga qarshi qoplamalar o‘rnatish, yopiq truboprovodlar qurish, sug‘orishning ilg‘or
usullarini qo‘llash) yer va suvdan foydalanishni yaxshilashga yordam beradi.


Download 246,78 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 246,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi

Download 246,78 Kb.