“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
244 
Beruniy 160 dan ortiq aasrlar yaratagan bo‘lsa ham, hozirda bizga uning faqat 30 
dan ortiq asari ma’lum. Qolgan asrlari yo bizgacha yetib kelmagan yoki ularning 
ayrimlari jahon kutubxonalarida saqlanmoqda. Ularni dunyo kutubxonalari hamda 
shaxsiy kutubxonalardan izlashni davom ettirish zarur. Chunki Beruniyning har bir 
asari biz uchun qimmatbaho va tengi yo‘q meros sanaladi.
Beruniyning o‘zi “Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm tarqatishga
qaratilgandir va men buni o‘zim uchun eng ulug‘ baxt deb bilaman”, - deya 
ta’kidlaydi va bu so‘zlari tom ma’noda biz uchun ham chorlov bo‘ladi desak, 
mubolag‘a bo‘lmaydi. U haqda Krachovskiy shunday deydi: “Beruniy… qiziqqan 
sohalarni sanab chiqishdan ko‘ra, qiziqmagan sohalarini sanab chiqish osonroq”.
Olimning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida “Mineralogiya” asari alohida 
o‘rin tutadi. Ushbu asar 30 dan ziyod qimmatbaho toshlar va minerallarning 
nomlari, ulardagi fizik va kimyoviy xossalarni aniqlash, eritib sinab ko‘rish, 
konlarda mavjud bo‘lgan deyarli hamma qimmatbaho toshlar va turli xil ma’danlar 
va ularning qotishmalari haqidagi ilmiy ma’lumotlarni o‘zida jamlagan. Ushbu 
asardan bugungi kunda konchilik uchun ma’lumotlar manbasi sifatida samarali 
foydalanish mumkin. Mazkur asarda nafaqat mineral moddalar va ularning 
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan, balki butun tabiat, insoniyat, sezgilar, 
insonlarning ehtiyojlari, Ollohning buyuk va sharafliligi to‘g‘risida ham 
mulohazalar keltirilib o‘tilgan. Ushbu asrda oltin va kumushni olim shunday 
ta’riflaydiki, Olloh oltinni yaratib, uni keraksiz moddalardan tozlashni ham 
insonlarga o‘rgatgan, qizdirib, tozalangan sof oltinning narxi qanchalik yuqori 
bo‘lsa, qalbi pok, nohaqliklardan yiroq insonning ham qadri xalq o‘rtasida shunday 
bo‘lishi haqida aytadi. Yana insonlarni hayvonlardan ajratib turuvchi yagona narsa 
bu – aql ekanligi ta’kidlab o‘tilgan. “Inson ega bo‘lgan sari unga yanada ko‘proq 
ega bo‘lishga intiladigan narsa chin lazzat bag‘ishlaydi. Ilgari bilmaganini bilganida, 
inson jonining holati shunday bo‘ladi”
7
. Beruniy o‘z asarlarida borliqdagi jonsiz 
narsalar bilan insonlarni, ulardagi his-tuyg‘ularni shu qadar uyg‘unlashtirganki, 
uning mahoratiga til ojiz, bu bilan Beruniyning yana bir yangi qirrasi kashf etildi.
Beruniyning shunday o‘ziga xos jihati aniqlandiki, agar u o‘z asarlarida boshqa 
olimlarning 
asarlaridagi 
ma`lumotlardan 
foydalanadigan 
bo‘lsa, 
bu 
7
Abu Rayhon Beruniy. Qimmatbaho javohirlar haqida bilimlar kitobi. – Toshkent: “O`zbekiston milliy 
ensiklopediyasi”, 2017.



Download 44,19 Mb.
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish