Research science and innovation house




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/352
Sana23.01.2024
Hajmi44,19 Mb.
#143802
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352
Bog'liq
46-44-PB

Kalit soʻzlar. Astragalus dasyanthus L, kiyikpanja, kimyoviy tarkib, vitamin, 
makro- va mikroelementlar. 
 
COMPOSITION OF ASTRAGALUS DASYANTHUS AND ITS USE 
IN MEDICINE 
 
Muxtorova Shaxzodaxon Madaminjon qizi 
Doktoral student of Kokand State Pedagogical Institute 
Xoʻjayev Vaxobjon Umarovich 
Professor of Kokand State Pedagogical Institute, Doctor of chemical sciences 
 
Abstract. This article provides information on the morphological
characteristics, chemical composition and beneficial properties of Astragalus 
dasyanthus L. 
Keywords. Astragalus dasyanthus l, chemical composition, vitamins, macro- 
and microelements. 
Yurtimizda dorivorlik xususiyatiga ega hamda qadimdan xalq tabobatida 
qoʻllanib kelinadigan oʻsimliklar talaygina. Bunday oʻsimliklar sirasiga 
Dukkakdoshlar-Fabaceae oilasiga mansub Astragalus dasyanthus l-kiyikpanja misol 
boʻladi. Fabaceae oilasi 500 turkumga oid 12000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. 
Oʻzbekistonda 57 turkumga mansub 500 ga yaqin tur oʻsadi. Oila vakillariga bir, 
ikki va koʻp yillik oʻtlar, yarim buta, buta, daraxtlar kiradi. Gul formulasi 


 
 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN 
UZBEKISTAN” JURNALI 
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER 
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 
248 
quyidagicha Gk
(5)
Gt
1+2+(2)
Ch
(9)+1
U

tuzilishga ega boʻlib, gulqoʻrgʻoni murakkab, 
kosachasi bir-biri bilan yarmigacha qoʻshilgan 5 ta kosachabargdan tashkil topgan. 
Gultojbargi 5 ta 3 xil shakldagi tojbargdan iborat kapalak shaklida boʻladi. 
Changchilari 10 dona boʻlib, 9 tasining iplari bir-biri bilan qoʻshilib ketgan, 
urugʻchilarining soni 1 ta. 
Astragalus turkumi oilaning eng yirik turkumi boʻlib 3300 ga yaqin turni oʻz 
ichiga oladi. Oʻrta Osiyoda 500 dan ortiq hamda Oʻzbekistonda 250 turi oʻsadi 
[1,2,3]. Oʻzbekiston, Armaniston, Ozarbayjonning janubidagi togʻli hududlarda 
uchraydi [4]. Asosan, qir va tepaliklarda, dalalarda, yongʻoqzorlar chekkasida 
oʻsadi. Fargʻona viloyatida Astragalus rubellus, Astragalus auratus, Astragalus 
borissianus, Astragalus dianthoides, Astragalus austroferganicus kabi turlari mavjud 
[5].
Kiyikpanjaning boʻyi 14-40 sm, shoxlari mallarang paxmoq, 12-14 juft 
nashtarsimon murakkab bargga ega hamda ular poya va shoxlarda ketma-ket 
joylashadi. Uning toʻpgullari sariq rangli, mevasi tuxumsimon, pishganda 
ochilmaydigan dukkak. Uning yer ustki qismi, ildizi ishlatiladi. Gullari may-iyun 
oylarida gullaydi, gullash davrida oʻrib olinadi. Uzunligi 15-20 mm boʻlib, 
zigomorf. Ildizining uzunligi 40 sm, u bakteriyalar yordamida atmosferadagi azotni 
oʻzlashtiradi [6]. 
Kiyikpanja tarkibida temir, natriy, kalsiy, magniy, fosfor, kremniy, marganes, 
selen kabi makro va mikroelementlar, A, B, C, E vitaminlari, organik kislotalar, 
flavanoidlar, steroidlar, efir moylari mavjud. Poyasi va shoxlaridan tragakant
( anzirat, anzarut) nomli yelim ajralib chiqib tarkibida 60 % bassorin, 8-10 % arabin, 
uglevodlar saqlaydi [7]. Moddalar almashinuvida, qandli diabetda, revmatizmni 
davolashda foydalaniladi. 
Qadimda Ibn Sino kiyikpanjadan koʻz kasalliklarida, nafas yoʻllari, oʻpka 
xastaliklarida foydalangan. Ukraina va Xitoy xalq tabobatida siydik haydovchi 
vosita sifatida, qandli diabetda, teridagi mayda yara va toshmalarni davolashda, asab 
kasalliklarida, boʻgʻim ogʻriqlarida, ildizidan meʼda-ichak xastaliklarida foydalanib 
kelingan. Bundan tashqari zamonaviy tibbiyotda tinchlantiruvchi, qon tomirlarini 
kengaytiruvchi sifatida, yurak ishemik kasalliklarida, tish va milk kasalliklarida, 
gipertoniyada qon bosimini normallashtirishda, aterosklerozda ishlatiladi. 
Yelimidan moddalar almashinuvida, qandli diabetda, revmatizmni davolashda 
foydalaniladi [6,8].



Download 44,19 Mb.
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   352




Download 44,19 Mb.
Pdf ko'rish