|
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH Pdf ko'rish
|
bet | 220/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PBKICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH
ORQALI BANDLIKNI TA’MINLASH
Shirinova Shaxnoza Abdinabiyevna
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti, Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash borasidagi qilinayotgan ishlar va
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar haqida keltirilgan.
Annotation. This article provides the work that is being done and the tasks
that need to be carried out to ensure the employment of the population through the
development of small businesses and entrepreneurship in our country.
Kalit so‘zlar: tadbirkor, xususiy, rivojlanish, malaka, bandlik, biznes
Aholi bandligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik respublikamizda yangi ish joylarini
yaratishning asosiy yunalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda aholini ish bilan
ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng
muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish
va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirish,
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha keng
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston hukumati, jumladan,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyat hokimiyatlari
tomonidan amalga oshirilayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash,
xususiy
tadbirkorlikni
davlat
tomonidan
rag‘batlantirilishi,
mamlakatimiz qishloqlarida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi ijtimoiy
infrastrukturani vujudga keltirish dasturlari ishchi kuchining to‘liq va samarali
bandligini ta’minlashga qaratilgan.
Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida tadbirkorlikni
rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir.
|
| |