|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 222/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
252
b) sosial samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, shu avlod tarbiyasi, sog’liqni
saqlash va hokazo) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkor mehnatining mazmuni qanday, u nima bilan shug’ullanadi? Bu
xususida quyidagilarni alohida qayd etish mumkin.
1. Tadbirkorlar mehnat tijorat tavakkalchiligi bilan bog’langan, yangicha
tijorat g’oyalarini o‘ylab topish va ularni joriy etish usullarini isbotlashga qaratilgan
ijodiy mehnatdir. Tavakkalchilik tadbirkorlikning asosiy xususiyatlaridan biridir.
2. Tadbirkorlar mehnat resurslari – moliyaviy mablag’lar, xom-ashyo va
jixozlar, kadrlar va ma’lumotlar uzluksiz ravishda qidirish, faoliyatga jalb etish
choralarini qurishga qaratilgan mehnatdir.
3. Tadbirkorlik mehnat resurslaridan tejamkorlik asosida oqilona foydalanib
ishlab chiqarish vaxizmat ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan tashkilotchilik
mehnatdir.
Tadbirkorlikka shaxs ihtiyorlari va qobiliyatlarining o‘ziga xos hayotiy
ifodasi sifatida qarashi mumkin. U insondan tadbirkorlik faoliyati uchun zarur
bo‘lgan sifatlarni, kishi tabiatining alohida ko‘rinishlarini, xususiyatlarini talab
etadi. Odatda tadbirkorlar uchun eng zarur sifatlarga quyidagilarni kiritishadi:
1. Shug’ullanayotgan sohasi bo‘yicha ilmiy bo‘limlarga egaligi ularni doimo
chuqurlashtirishga harakat qilish;
2. Tavakkalchilikka asoslangan murakkab qarorni sharoit va pirovard
ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib qabul qilish bo‘yicha tashabbuskorlik qobiliyati;
3. Iqtisodiy jarayonlarni chuqur fikray olish, iqtisodiy voqyealarni va ular
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni obyektiv baholash, asosiy masalani ikkinchi darajali
masalalardan farqlash, jarayonlarning kelajagini chamalay olish va turli variantdagi
qarorlarni solishtira olish qobiliyati;
4. Qonunlarga itoatkorligi. Hukumat tomonidan chiqarilgan qonun va
tartiblarga qat’iy bo‘ysinish, uning kundalik faoliyatida ularga rioya qilishning
yuqori namunasini ko‘rsatish, bu muhim ishda boshqalarga ibrat bo‘lish;
5. Innovasiyachilikning faolligi, ya’ni mahsulotni, texnologiyani, ishlab
chiqarishni yangilash va boshqalarni takomillashtirish, qiyinchiliklarni yengish
qobiliyati;
6. Maqsad sari intiluvchanlik, mashaqqatli mehnatga yutqazishga, boy
berishga, u yoki bu masalalardan cheklanishga tayyor turish, o‘z tanlagan yo‘lida
qattiq turish qobiliyati;
|
| |