|
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN Pdf ko'rish
|
bet | 221/352 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 44,19 Mb. | | #143802 |
Bog'liq 46-44-PB
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
251
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga hos iqtisodiy faoliyatdir. Boshqacha
aytganda, u muayyan iqtisodiy natijaga erishish maqsadida tovarlar va ximzmatlarni
loyihalash, ishlab chiqarish hamda ayirboshlashni tashkil etish bo‘yicha
mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maqsadli iqtisodiy faoliyatidir.
“O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g’risida”gi qonunda tadbirkorlikka
quyidagicha ta’rif berilgan “tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining foyda olish
maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar
doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir”.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi.
Birinchidan, tadbirkorlikning subyekti kam bo‘lishi mumkin? O‘zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasi va “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik
to‘g’risida”gi qonunga muvofiq balog’at yoshiga yetgan har bir fuqaro o‘z mulki
asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o‘zi ixtiyor etgan, qonunga zid
bo‘lmagan faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi tartibda tadbirkorlikning yana bir tomoni, mazmuni
ifoda etilgan bo‘lib, u mazmunan boy, juda xilma-xil ko‘rinishga ega. Tadbirkorlikni
tanlash uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyati jihatdan faqatgina jamiyat va
davlat hudud va mahalla ahamiyatiga molik ish bo‘lmasdan, oila va shaxs
manfaatiga ham molik ishdir. Shuning uchun bu faoliyat erkin tanlanadigan, qonun
doirasida mustaqil amalga oshiriladigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga xos ravishda tadbirkorlikning uch
guruhini alohida ko‘rsatish mumkin:
yangi tovar yoki xizmatni loyihalashni tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi
bilan intellektual mulk egalari – innovasiya tadbirkorlari shug’ullanadi, ular yangi
tovar va xizmatlarni loyihalash, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish,
ularni ishlab chiqarishga joriy etish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib boruvchi
tadbirkordir;
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar;
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan
shug’ullanuvchi tadbirkorlar. Uchinchidan, tadbirkorlikning ta’rifida uning ma’lum
maqsadga bo‘ysinishi qayd etilgan.
Maqsad jihatdan tadbirkorlikning ikki turini:
a) foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;
|
| |