ADABIYOTLAR TAHLILI. Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan
chambarchas bog'liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 1, ISSUE 7, 2023. OCTOBER
ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869
260
oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik
madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga
ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka
tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida
ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning
muhim omilidir. Bunda o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va
ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib
borilsagina, o‘quvchilaming dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga
xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi,
titul varag'i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy
mazmunini aniqlashga o‘rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Sinfdan
tashqari o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchida badiiy kitoblami o‘qishga
havas uyg'otish, o‘qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o‘rgatish,
bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda
tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish,
ularning
bog'lanishli nutqini o‘stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan
tashqari o‘qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
METODOLOGIYA. STO‘ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil
o‘qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun
topshiriqlar berish, qiziqarli mashq ttnrlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni,
taqrizlarni, yozuvchi haqida to‘plangan ma’lumotlarni o‘qitish, „Tezaytish
„Topishmoqlar topish“, „Ifodali o‘qish“, „Maqollar aytish musobaqasi“, „Ertak
to‘qish“, „Bilimdonlar anjumani” kabi ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan
mavzular bo‘yicha savol-javoblar uyushtirish, o‘yin tarzidagi ish turlaridan
foydalanish zarur. O‘qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazish, „Kitob haftoligi“
tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara
beradi.
STO‘ sinfda o‘qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o‘qish
STO‘ uchun zarur bo‘lgan o‘qish malakalarini shakllantiradi, o‘quvchilaming
o‘qigan asarini tushunishga o‘rgatadi, lug'atini boyitadi. STO‘ qiziqarli va o‘ziga
jalb etadigan faoliyat bo‘lib, bolalaming bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun
material beradi. Sinfda o‘qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o‘qish
|